Subektiv baho formalarida pressupozitsiya


Download 17.04 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi17.04 Kb.
#1028862
  1   2
Bog'liq
Pulatova Umriniso Mustaqil ish


Kognitiv, pragmatik tilshunoslik masalalari


SUBEKTIV BAHO FORMALARIDA PRESSUPOZITSIYA

Pulatova Umriniso Umar qizi


Samarqand davlat universiteti 1–kurs magistranti
maxsuddenovvvsardorrr@gmail.com


Annotatsiya: Maqolada o’zbek tilida ayrim subektiv baho formalarining pragmatik vazifa bajara olishi, pressupozitsiyaga ishora qilishi va gaplarni semantik murrakkablashtirishi misollar yordamida batafsil tushuntirilgan.
Kalit so’zlar: Subektiv baho, pressupozitsiya, affiks, ottenka, kontekst, konstruksiya.

O’zbek tilshunosligida til birliklarini pragmatik yo’nalishda tadqiq etish muammosiga ilk bor o’tgan asrning 80-yillarida e’tibor qaratildi va bu sohada ayrim fikr-mulohazalar bildirildi.1 Keyingi yillarda o’zbek va umumiy tilshunoslik doirasida pragmalingvistikaning nazariy masalalari, o’rganish obekti va predmeti


masalasiga munosabat bildirildi2, o’zbek tilidagi ayrim til birliklarining pragmatik xususiyatlarini o’rganishga oid tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Hozirgi kunda o’zbek tilshunosligida subektiv baho formalarining semantik, stilistik xususiyatlari, sintaktik imkoniyatlari, sinonimiyasi kabi masalalar maxsus o’rganilgan. Ammo, subektiv baho formalarining gapda pragmatik vazifa bajarishi, jumladan, presuppozitsiyaga ishora qilishi va gapni semantik jihatdan murakkablashtirishi masalasi alohida tadqiqot obyekti bo’lgan emas. Bu holat o’zbek tilshunosligida subektiv baho formalarining pragmatik vazifasini aniqlash muammosini o’rtaga qo’yadi. Til birliklarini pragmatik yo’nalishda tadqiq etish esa asar yoki matn mohiyatida o’quvchiga bevosita ko’zga tashlanmaydigan, faqat nutqda yuzaga chiquvchi ichki imkoniyatlarini aniqlashga yo’l ochdi. Natijada til birliklarining nutqiy vaziyat bilan bog’liq holda reallashuvchi pragmatik vazifalarini aniqlash muammosi yuzaga keldi. Subektiv baho formalarining pragmatik xususiyatlarini o‘rganishda esa asosan sifatlarda va ot so'z turkumiga oid ayrim subektiv baho ifodalovchi so'zlarda yuzaga chiquvchi presuppozitsiya hodisasini o‘rganish talab etiladi. Bilamizki, subektiv baho formalari asosan ot va sifatlarga qo’shilib kelib, so’zlovchining obektiv borliqqa, tasvirlanayotgan predmetga nisbatan yoki o’z nutqiga o’zi tomonidan beriladigan ijobiy yoki salbiy munosabatini ifodalaydi. Hozirgi o’zbek tili grammatikalarida subektiv baho formalari nomi bilan, asosan, ot so’z turkumi tarkibidagi erkalash va kichraytirish qo’shimchalari, shuningdek, sifat so’z turkumi tarkibidagi modal munosabatni ifodalovchi so’zlar o’rganilib kelinmoqda. Masalan, bolagina, qizcha, onajon, yaxshi-yomon, chiroyli-xunuk, odobli-odobsiz v.h.k. Shuningdek, B.O’rinboevning aytishicha murojaatda qo’llanuvchi bolam, bo’tam, arslonim, bekam, jonim, oyim, chirog’im, qo’zim kabi so’zlarga qo’shilgan egalik affikslari so’zlovchining asosiy stilistik maqsadi, ya’ni egalik ma’nosiga xususiy ottenka kiritish bilan nutqning emotsional-ekspressiv qiymatini oshiradi.3 Yuqorida keltirilganlardan tashqari R.Qo’ng’urovning qayd etishicha, ba’zan maxsus subektiv baho affikslaridan boshqa affikslar ham kontekstda o’zi qo’shilib kelgan negiz bilan bog’liq ravishda so’zlovchining obektga bo’lgan modal munosabatini bildirishi mumkin.4 Bunga misol tariqasida badiiy adabiyotlarda keltiriladigan g’uncha, qo’zi, bulbul, chiroq, jon so’zlarini ko’rsatgan. Gapda ba’zan aynan shu so’zlarni qo’llash orqali esa pressupozitsiya hodisasi yuz berishi mumkin. Presuppozitsiya gapning vaziyat, kontekst hamda so‘zlovchi va tinglovchilarning oldindan ma’lum bo‘lgan umumiy bilimlari kabi elementlarni o‘z ichiga oluvchi hodisadir.5 Ma’lumki, presuppozitsiya til birligining nutqiy vaziyat, matn, til egalarining nutq obyekti haqidagi umumiy bilimlari bilan bog’liq xususiyatlarini yashirin yo’l bilan namoyish etuvchi lingvistik hodisa bo’lib, subektiv baho formalarida muayyan tashqi va ichki omillar ta’sirida yuzaga chiqadi. “Presuppozitsiya gapda ishtirok etayotgan bo’laklar orqali ifodalangan ma’no emas, balki zohiriy ma’no ostidagi qo’shimcha-botiniy ma’no”, degan edi U.Rahimov “O’zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon qilingan “Tagma’no va presuppozitsiya ” maqolasida. Ko’pincha pressupozitsiya hodisasi ayrim sifat so’z turkumiga oid subektiv baho ifodalovchi so’zlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Quyida shunday so’zlarga misollar keltiramiz.
Lekin kampirni ranjitish yo’q-shart shu. O’g’li tufayli ko’ngli yarim o’zi. Ammo-lekin, tilla kampir-da. (E. Azam “Ko’k eshik”) Tilla leksemasi gapda ko’chma ma’noda bo’lib, ijobiy bo’yoqdorlikni kuchaytirish ma’nosida qo’llangan. Sifat so’z turkumiga oid so’z. Bunda kampirning yaxshiligi, ochiq ko’ngilligi, boshqa kampirlardan juda xushmuomala va mehribon ekanligi bilan ajralib turishi kabi presuppozitsiyani ifodalagan.
Kecha kinoteatrda dahshat kino ko‘rdim. (So‘zlashuvdan) Aslida, dahshat leksemasi salbiy bo‘yoqdorlikni kuchaytirish ma’nosida ishlatiladi. Qo‘rqinchli, xavfli so‘zlari bilan sinonimiyani hosil qiladi. Ammo, bu yerda dahshat leksemasi orqali ma’noli va qiziqarli kino ko‘rilganligi ta’kidlanmoqda. Dahshat leksemasini qo‘llash esa kinoning o‘ta qiziqarli bo‘lganini kuchli tarzda ifodalash uchun xizmat qilmoqda.
Ot so’z turkumiga oid subektiv baho ifodalovchi ayrim so’zlarda ham pressupozitsiya hodisasini kuzatishimiz mumkin. Bo’stonimning guli ! Ochilmay so’ngan g’uncham ! Sen o’lguncha men o’lsam bo’lmasmu ? (O. Yoqubov “Ulug’bek xazinasi”) Ushbu gapda esa
Download 17.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling