Reja: Olmoshning ma’no turlari


Download 36.37 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi36.37 Kb.
#1377601
  1   2   3   4
Bog'liq
OLMOSH, OLMOSHNING MA’NO TURLARI


OLMOSH, OLMOSHNING MA’NO TURLARI
REJA:

  1. Olmoshning ma’no turlari

  2. Olmoshning tuzulishiga ko’ra turlari.


Olmosh (lotincha: pronomen) — ot, sifat, son oʻrnida qoʻllanuvchi mustaqil soʻz turkumi. Olmoshlarning asosiy maʼnosi va qaysi soʻz turkumi oʻrnida qoʻllanishi matnda oydinlashadi. Olmoshlarning maʼnosi noaniq va umumiy boʻladi. Maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, Olmosh umumlashgan predmet (Olmosh - ot: men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima), umumlashgan belgi (Olmosh - sifat: bu, shu, oʻsha, qaysi, allaqanday, hech qanday), umumlashgan miqdor (Olmosh - son: qancha, necha, shuncha, oʻshancha) bildi-ruvchi Olmoshlarga boʻlinadi. Olmoshlar noaniqligi, soʻz yasalishining yoʻqligi bilan boshqa soʻz turkumlaridan farqlanadi. Olmoshlar maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi: kishilik Olmoshlari — mensen, u, biz , ular boʻlib, shaxslar oʻrnida ishlatiladi, oʻzlik Olmosh — oʻz soʻzidan iborat boʻlib, predmet maʼnosini kuchaytirib, taʼkidlab koʻrsatadi; koʻrsatish Olmosh — bu, shu, oʻsha, u, ana, mana kabilar predmet va uning belgilarini koʻrsatadi; soʻroq Olmosh — kim? nima? qancha? qanday kabilar predmet, belgi va miqdor haqida soʻroqni bil-diradi; belgilash-jamlash Olmosh — hamma, bari, baʼzan, har nima, har qanday kabilar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi; boʻlishsizlik Olmosh — hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabilar inkor maʼnosini bildiradi.

Olmosh turlari
Olmosh ma’no va grammatik xususiyatlariga ko’ra yetti turga bo’linadi:
1. Kishilik olmoshlari: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari egalik affiksini olmaydi. Ba’zan III shaxs kishilik olmoshi otlashib, egalik affiksini olishi mumkin: Unisi 10 ga kirdi.
2. O’zlik olmoshi: o’zlik olmoshi egalik affiksini olib, har uchala shaxs kishilik olmoshini ko’rsata oladi. O’zlik olmoshi kelishiklar bilan turlanishi uchun avval egalik affiksini qabul qiladi: O’zimning o’zingni, o’zining. O’zlik olmoshi aniqlovchi, kesim, to’ldiruvchi vazifasida keladi.
3. Ko’rsatish olmoshlari: bu, shu, o’sha, mana shu, mana bu, ana shu, ushbu, ana u. Ko’rsatish olmoshlari shaxs, narsa buyum yoki ularning belgisini ko’rsatish, ta’kidlash uchun xizmat qiladi. Ko’rsatish olmoshi asosan, aniqlovchi, kesim vazifasida keladi.
4. So’roq olmoshlari: kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, qachon?, qaysi?, qancha?, necha?, qaer?, nega?, qalay?. So’roq olmoshlari shaxsga (kim?), narsa buyumga (nima?), belgiga (qanday?, qanaqa?, qaysi?), miqdorga (necha?, qancha?), vaqtga (qachon?), maqsad va sababga (nega?, nimaga?), o’ringa (qani?) munosabat bildiradi.
Badiiy asarlarda nechuk, ne, na so’roq olmoshlari ishlatiladi.
So’roq olmoshlari kelishik, egalik affikslari bilan turlana oladi.
5. Belgilash-jamlash olmoshlari: har kim, har, har nima, har qanday, har qaysi, har bir; hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi. Belgilash olmoshlari gapda ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo’lib keladi.
6. Bo’lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech qanday, hech nima, hech qaysi. Bu olmoshlar ot, sifat, son kabi so’z turkumlari anglatgan ma’no haqidagi inkorni bildiradi. Ma’no jihatdan belgilash olmoshlariga zid. Bo’lishsizlik olmoshi ot vazifasida keladi.
7. Gumon olmoshlari: allakim, allaqanday, allaqaysi, kimdir, nimadir, allanimaallaqachon, allaqanaqa. Gumon olmoshlari predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildirib, ularga umumiy va taxminli ishora qiladi. Gumon olmoshlari ot, sifat xarakterida bo’ladi.
Belgilash, bo’lishsizlik, gumon olmoshlari sodda yoki qo’shma holda bo’ladi.

Fe’l
Ish-harakatni bildirgan so’zlar turkumi fe’l deyiladi. Fe’l quyidagi xususiyatlarga ega.


Fe’l tuslanadi. Fe’l turkumidagi so’zlarning shaxs-son qo’shimchalarini olib o’zgarishi tuslanish deyiladi. Shaxs-son qo’shimchalari tuslovchi qo’shimchalar deyiladi. Tuslanish fe’lning mayl, zamon va shaxs-son formalarini olib o’zgarishidir.

Shaxs-son tushunchasi (kategoriyasi)



Shaxs-son tushunchasi fe’l anglatgan harakat-holatning bajaruvchiga bo’lgan munosabatini ifodalaydi. I shaxs-so’zlovchi;
II shaxs-tinglovchi, III shaxs-nutq jarayonida ishtirok etmayotgan shaxs.
I shaxs: bordim bordik, boryapmiz
II shaxs: bording, boryapsan bordingizboryapsiz


III shaxs: bordi, boryapti bordilar, boryapti(lar)
Gap ichida ot, sifat, son, ravish, ba’zan so`z birikmasi va gap o`rnida qo`llana oladigan, aniq lug`aviy ma’noga ega bo`lmagan so`z turkumi olmoshdeb ataladi: 1) ot o`rnida: Karim juda quvondi, chunki u o`z orzusiga erishgan edi. 2) sifat o`rnida: Kechagi kitobingni berib tur, men shu kitobdan misollar olmoqchiman. 3) son o`rnida: Menda ikkita qalam bor, senda nechta bor? 4) ravish o`rnida: Men bugun ketaman, sen qachon ketasan? 5) so`z birikmasi o`rnida: Yomon so`z bosh qozig`idir, shunday so`zni gapirmagan ma’qul. 6) gap o`rnida: Sen mehnat qilishni yoqtirmaysan, bu esa insondagi eng yomon xislatdir. Olmoshlar turlanadi, gapda ko`pincha ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi va undalma bo`lib keladi: Hammakeldi. Bizni tabriklang. SHu kitobni bering. Hoy sen, beri kel!
Olmoshlar gapda so`zlarni o`rinsiz takrorlashdan qutqaradi, fikrni ixcham, qisqa qilib ifodalashga yordam beradi. Olmoshlar quyidagi grammatik xususiyatlariga ega: 1) so`z yasalish xususiyati yo`q (lekin olmoshlar asosida ot, fe’l, ravish, sifat yasalishi mumkin: o`zlik, sensirama, o`zicha, menbop); 2) juftlanib, boshqa so`z turkumi vazifasida keladi: o`sha-o`sha, shu-shu (ravish);3) olmoshlar otlarga xos so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarni olishi mumkin: unga, shunisi; 4) olmosh hech vaqt o`zidan oldin aniqlovchi olmaydi. Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko`ra quyidagi turlarga bo`lsa bo`ladi: 1)ot toifasidagi olmoshlar. Bular otlarning so`roqlariga javob bo`ladi, otlarga o`xshab so`z o`zgartuvchi qo`shimchalarni qabul qiladi va gapda ot bajargan vazifalarni bajaradi. 2) sifat toifasidagi olmoshlar. Bular sifatlarga o`xshab sifatlovchi-aniqlovchi, kesim va hol vazi-falarini bajaradi, otlashish xususiyatiga ega. 3) son toifasidagi olmoshlar. Bular miqdorni ifodalash uchun qo`llanadi va gapda sifatlovchi-aniqlovchi, kesim, ba’zan hol vazifalarini bajaradi.



Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling