Boshqa turkumga oid so`zlarning olmoshga ko`chishi
Quyidagi turkumlarga tegishli ayrim so`zlar olmoshga ko`chadi: 1) ot: odam, kishi, inson, narsa, ish; 2) sifat: ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi; 3) son: bir. Umuman olganda, bir, har, hech so`zlari bilan keladigan ko`pgina so`zlar olmoshga ko`chishi mumkin: hech narsa, bir narsa, har erda.
Eski o`zbek tilida men olmoshi o`rnida kamina(hozir ham ishlatiladi),faqir, kaminai kamtarin, qulingiz, bandai ojizingizkabi so`zlar qo`llangan (25; 28).
Olmoshlarning tuzilish turlari
1. Sodda olmoshlar barcha olmoshlar guruhida mavjud: men, shu, o`z, kim, hamma, hech, birov.
2. Qo`shma olmoshlar faqat ko`rsatish, belgilash, bo`lishsizlik olmoshlari guruhida mavjud: ana shu, har kim, hech nima.
3. Juft olmoshlar faqat kishilik, ko`rsatish olmoshlari guruhida bor: sizu biz, u-bu.
4. Takroriy olmoshlar ko`rsatish, o`zlik, so`roq, belgilash olmoshlariga tegishlidir: shu-shu, o`z-o`zini, kim-kim, barcha-barchasi.
399-MASHQ. 166 –BET.
Siz nimalarni orzu qilib yashayapsiz ? 2. Bu orzu sizda qanday paydo bo’ldi ? 3. Orzuyingizning ushalishi uchun nima qilmoqchisiz ? 4. Siz hozir qaysi fanlarni qunt bilan o’rganyasiz ?
Olmoshlar: siz , bu , siz .
342-MASHQ. 143-BET.
1.Biz bugun bobomiz Alisher Navoiy nomisiz o’zbek madaniyatini tasavvur qilolmaymiz . 2. Siz o’zbek tilining benihoya boy , go’zal ,nazokatli til ekanini bilishingiz kerak . 3. Men hayotda juda ko’p narsalarni o’rgandim.
OLMOSHLAR: biz, siz, men.
Do'stlaringiz bilan baham: |