Limfa tizimi
Download 231.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Limfa sistemasi. Limfa suyuqligi va limfa tizimi vazifasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Limfa tizimi Limfa tizimi yurak
Limfa sistemasi. Limfa suyuqligi va limfa tizimi vazifasi Reja: 1. Limfa tizimi 2. Limfa poyalari va yo‘llari 3. Tananing ayrim sohalari limfa tomirlari va tugunlari 1. Limfa tizimi Limfa tizimi yurak-qon tomirlar tizimining bir qismi bo‘lib, u orqali limfa hosil o‘lgan joydan vena tizimiga oqib boradi. Limfa rangsiz suyuqlik bo‘lib, tarkibi plazmaga o‘xshash oq-sillarning kolloid eritmalari, hujayra elementlari (limfositlar, eozinofil lar) bilan birga to‘qimada modda almashinuvida hosil bo‘lgan har xil yot moddalar, mikroorganizmlar, o‘lik hujayralar-dan iborat bo‘ladi. Limfa tizimi tarmoqlangan tomirlar va ular-ning yo‘nalishida joylash gan limfa tugunlaridan iborat. Limfa ti-zimi organizmda quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) to‘qima suyuq-ligi tarkibi va hajmining doimiyligini ta’minlaydi; 2) to‘qima suyuqligi, limfoid elementlar va qon o‘rtasidagi gumoral aloqani ta’minlaydi; 3) ichakda parchalanib hosil bo‘lgan oziqa moddalar-ni (yog‘lar) ichaklardan venalarga olib boradi; 4) seroz bo‘shliq-lardan suyuq liklarni so‘rilishini; 5) organizm ga tushgan mikroor-ganizmlarni zararsizlantirish (himoya, baryer vazifa); 6) limfosit-larni ishlab (limfopoez) qonga chiqarish; 7) immunokompetent hujayralar (T va В limfositlar) va mak rofaglar ishlab chiqarish. Bu hujayralar organizmning mikrob larga va ba’zi moddalarga qarshi faoliyatini kuchaytirib, beradi (immun faoliyati). Yuqoridagi vazifalarni bajaruvchi limfa tizimi tarkibiga: 1. Limfani o‘tkazuvchi yo‘llar: limfakapillyar tomirlar, limfa to-mirlari, poyalari va yo‘Ilari kiradi. 2. Limfositlar rivojlanadigan joylar: suyak iligi, ayrisimon bez, ichki a’zolar shilliq pardalardagi limfoid hosilalar, murtaklar, ta-loq va limfa tuguni kiradi. Limfa tizimining boshlang‘ich qismi limfa kapillyarlaridir. Ular qon tomir kapillyarlariga nisbatan keng (200 mkm gacha va ko‘p) va tekis emas. Limfa kapillyarlari bosh va orqa miya, ularning par-dalarida, tog‘aylar, ko‘zning shox pardasi va gavhari, ichki quloq, teri va shilliq pardalar epiteliysi, taloq parenximasi, suyak iligida bo‘lmaydi. Ular o‘zaro birikib, limfokapillyar to‘rlarini hosil qiladi. Limfa kapillyarlarning devori bir qavat endoteliy hujayralaridan tuzilgan. Ular o‘zaro qo‘shilib, limfa tomirla-rini hosil qiladi. Limfa tomirlari ichida klapanlari bo‘lib, limfani bir yo‘nalishda o‘tkazadi. Klapanlar joy lashgan joylarda limfa to-mirlar toraygan bo‘ladi. (176-rasm) Limfa tomirlari joylashishiga qarab a’zo ichi va a’zo sirti tomirlariga bo‘linadi. A’zo ichi limfa tomirlari a’zolar devorida chigallar hosil qiladi. A’zo sirti limfa tomirlari a’zolardan regionar limfa tugunlari-ga qarab yo‘nalib, olib keluvchi to mirlarni hosil qiladi. Bu tomir-lar 2–4 bo‘ladi. Ular limfa tugunini qavariq tomoniga kelib, kap-sulani teshib o‘tadi va lim fa tugunining limfoid to‘qimasiga quyi-ladi. Limfa tuguni darvozasi dan chiqqan 1–2 olib ketuvchi to-mirlar keyingi limfa tugunlariga y oki lim fa poyalariga yo‘naladi. A’zo sirti limfa tomirlari joylashishiga qarab chuqur (qon tomir va nervlar bilan yo‘naluvchi) va yuza (teri osti venalari va nervla-ri bilan yo‘naluvchi) guruhlarga bo‘linadi. Tananing harakatchan sohalarida limfa tomirlari limfani beto‘xtov oqishini ta’minlov-chi aylanma limfa yo‘llarini hosil qiladi. Download 231.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling