Limfa tizimi


Download 231.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.04.2023
Hajmi231.69 Kb.
#1392193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Limfa sistemasi. Limfa suyuqligi va limfa tizimi vazifasi

Ko‘krak qafasi. Ko‘krak qafasida ham parietal va visse-ral lim fa 
tugunlari va tomirlari tafovut qilinadi. Ko‘krak qafa-sining ol dingi 
devorini ichki yuzasida to‘sh suyagining o‘ng va chap tomonida joy 
lashgan to‘sh atrofidagi tugunlariga ko‘krak qafa sining oldingi devori, 
plevra, perikarddan, shuningdek, past-ki qorin usti va ustki diafragma 


limfa tugunlari, sut bezlaridan kelayot gan limfa tomirlari quyiladi. O‘ng 
to‘sh atrofidagi tugun-lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari o‘ng 
bo‘yinturuq poyasiga yoki paravenoz limfa tugunlariga, chap to‘sh 
atrofida-gi tugun lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari esa aorta 
oldi lim fa tugun lariga, shuningdek, ko‘krak limfa yo‘li va chap 
bo‘yinturuq poyalariga quyiladi. 
Qovurg‘alararo oraliqning umurtqa pog‘onasi yaqinida joy-lash gan 
qovurg‘alar orasidagi tugunlarga ko‘krak qafasining or-qa devori limfa 
tomirlari yo‘naladi. Ulardan chiqqan olib ketuv-chi limfa tomirlari ko‘krak 
limfa yo‘liga, ustki tugunlardan esa bo‘yinning chuqur lateral tugunlariga 
quyiladi. Diafragmaning ust ki tugunlariga diafragma, perikard, plev ra va 
jigarning dia-fragma yuzasidan kelayotgan limfa tomirlari quyiladi. 
Ulardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari to‘sh atrofidagi, orqa ko‘ks 
oralig‘i, past ki traxeya va bronxlarning pastki, bronx va o‘pka tu-gunlariga 
quyiladi. 
Ko‘krak qafasining visseral tugunlaridan yuqorigi kavak vena va aorta 
ravog‘ining oldingi yuzasida joylashgan oldingi ko‘ks ora-lig‘i limfa 
tugunlariga yurak, perikard, ayrisimon bez limfa tomir-lari va bronx va 
o‘pka, traxeya va bronxlar tugunlaridan olib ke-luvchi limfa tomirlari 
quyiladi. Oldingi ko‘ks oralig‘i limfa tugun-laridan chiqqan olib ketuvchi 
limfa tomirlari o‘ng va chap vena burchaklariga yo‘naladi. 
Ko‘krak aortasi va qizilo‘ngachning yonida joylashgan qizil-o‘ngach 
limfa tugunlariga orqa ko‘ks oralig‘i a’zolaridan kela-yotgan limfa 
tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ke-tuvchi limfa tomirlari 
ko‘krak limfa yo‘liga quyiladi. O‘pka dar-vozasi sohasida joylashgan bronx 


va o‘pka tugunlarga o‘pka lim-fa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan 
olib ketuvchi lim-fa tomirlari traxeya va bronxlarning ustki va pastki 
tugunlarga yo‘naladi. 
Traxeya va bronxlarning pastki limfa tugunlari kekirdakning bosh 
bronxlarga bo‘lingan joyida joylashsa, o‘ng va chap traxeya va 
bronxlarning ustki tugunlari kekirdakning atrofida joylasha-di. Bu guruh 
tugunlarga bronx va o‘pka hamda boshqa visseral tugunlardan keluvchi 
limfa tomirlari quyiladi. O‘ng traxeya va bronxlar ning ustki tugunlardan 
chiqqan olib ketuvchi limfa to-mirlari o‘ng bronx va ko‘ks oralig‘i 
poyasini hosil qiladi. Chap traxeya va bronx larning ustki tugunlarining 
olib ketuvchi limfa tomirlari ko‘krak lim fa yo‘liga quyiladi. 

Download 231.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling