Limfa tizimi
Download 231.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Limfa sistemasi. Limfa suyuqligi va limfa tizimi vazifasi
Qo‘lning limfa tomirlari yuza va chuqur guruhlarga bo‘linadi. Uning
yuza limfa tomirlari teri osti venalarining yonida joylashib, lateral va medial guruhlarga bo‘linadi. Lateral guruh limfa tomir-lari I–III barmoq, kaft, bilak va yelkaning lateral tomoni terisi va teri osti yog‘ kletchatkasidan boshlanib, qo‘lning lateral teri os-ti venasi yonida yo‘naladi va qo‘ltiq osti limfa tugunlariga quyi-ladi. Medial guruh limfa tomirlari qisman III va IV–V barmoq-lar, kaft, bilak va yelkaning medial tomoni terisi va teri osti yog‘ kletchatkasidan boshlanib, qo‘lning medial teri osti venasi bilan yo‘nalib, tirsak va qo‘ltiq osti lim fa tugunlariga quyiladi. Chuqur limfa tomirlar mushaklar, bo‘g‘imlar va suyaklardan bosh lanib, chuqur arteriya va venalar bo‘ylab yo‘naladi. Qo‘lda limfa tugunlari ikki: tirsak chuqurchasi va qo‘ltiq os-ti sohasida joylashadi. Tirsak limfa tugunlari tirsak chuqurcha-sida y uza medial teri osti venasi yonida yuzaki tugunlar fassiya-ning ustida va chuqur tugunlar fassiyaning ostida qon tomir-lar yonida joylashadi. Bu tugunlardan chiqqan limfa tomirla-ri qo‘ltiq osti tugunlariga yo‘naladi. Qo‘ltiq osti limfa tugunlari qo‘ltiq osti chuqurchasi yog‘ to‘qimasida oltita: lateral, medial, kurak osti, pastki, markaziy, cho‘qqi guruhlariga bo‘linib joyla- shadi. Qo‘ltiq osti limfa tugunlariga qo‘lning yuza va chuqur lim fa tomir lari, ko‘krak qafasining oldingi, yon, orqa devori va sut bezi limfa tomirlari kelib quyiladi. Sut bezidan limfa tomirlar asosan qo‘ltiq ostining medial guruh tugunlariga quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi lim fa tomirlari o‘mrov os-ti poyasini hosil qiladi. Chap o‘mrov osti poyasi ko‘krak limfa yo‘liga, o‘ngi esa o‘ng limfa yo‘liga quyiladi. Download 231.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling