Limfa tizimi


Download 231.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi231.69 Kb.
#1392193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Limfa sistemasi. Limfa suyuqligi va limfa tizimi vazifasi

Limfa tuguni a’zo va to‘qimalardan limfa poyalari va lim-fa 
yo‘llariga kelayotgan limfa tomirlari yo‘lida joylashadi. Limfa tugunlari, 
odat da, ikki va undan ko‘p holatda guruh bo‘lib joy-lashadi. Lim fa 
tugunlari (177-rasm) oval, yumaloq, loviyasimon, bo‘laklarga bo‘lingan 


shakllarda uchraydi. Ularning uzunligi 10– 20 mm bo‘lib, umumiy og‘irligi 
500–1000 g yoki tana og‘irligi-ning 1 %ini tashkil qiladi. Limfa tugunining 
botiq tomonida darvozasi bo‘lib, unga arteriya va nervlar kiradi, vena va 
olib ketuv-chi limfa tomirlari chiqadi. Tugunning qavariq tomonidan esa 
olib keluvchi limfa tomirlari kiradi. Limfa tugunini o‘ragan bi-riktiruvchi 
to‘qimali kapsuladan uning darvozasi sohasida tugun ichiga to‘siqlar kirib, 
uni bo‘laklarga bo‘ladi. Limfa tuguni pa-renximasi po‘stloq va mag‘iz 
moddalarga bo‘linadi. Po‘stloq qis-mi kapsulaga yaqin joylashib
tugunning periferik qismini egal-laydi. Unda o‘lchamlari 0,5–1 mm 
bo‘lgan lim foid tugunchalar bo‘lib, ularda B-limfositlar to‘plangan. 
Limfoid tugunchalardan ichkarida mag‘iz qismi chegarasida joylashgan 
limfoid to‘qima qatlami timusga bog‘liq bo‘lgan parakortikal zona deyilib, 
unda T-limfositlar bo‘ladi. Mag‘iz qismi po‘stloq qismining ichki 
chekkasidan limfa tuguni darvozasigacha cho‘zilgan limfoid to‘qima 
zanjiridan iborat. Limfa tuguni qon ishlab chiqarish da, organizmning 
himoya reaksiyalarida va lim-fa oqimini boshqarish da ishtirok etadi. Limfa 
tugunlari tananing ayrim qismlarida yuza va chuqur guruh bo‘lib 
joylashadi. Tana bo‘shliqlarida esa tugunlar bo‘shliqlar devorida 
joylashgan parie-tal va a’zolar oldida joylashgan visseral guruhlarga 
bo‘linadi. 


2. Limfa poyalari va yo‘llari 
Limfa tana qismlaridan limfa tugunlari orqali o‘tib, limfa poya lari va 
yo‘llariga yig‘iladi. Limfa poyalari va limfa yo‘llari yi rik limfa tomirlari 
bo‘lib, tananing ayrim sohalaridan limfani vena burchagiga yoki venalarga 
olib boradi. Odam tanasida juft: o‘ng va chap bo‘yinturuq, o‘mrov osti, 
bronx va ko‘ks orali g‘i hamda bel limfa poyalari; toq ichak tutqichi limfa 
poyasi tafo-vut qilinadi. Bu poyalarning qo‘shilishidan ko‘krak va o‘ng 
lim-fa yo‘llari hosil bo‘ladi. 

Download 231.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling