Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan gigienik talablar. Akademik litsey,kasb-hunar kollejlariga dars jarayonlariga qo’yiladigan gigenik talablar
Download 55.56 Kb.
|
Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan
Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan gigienik talablar. Akademik litsey,kasb-hunar kollejlariga dars jarayonlariga qo’yiladigan gigenik talablar. Reja: Sinf jihozlariga qo’yiladigan talablar Sinf xonalari, iformatika xonalari va jihozlariga Qo’yilgan gigienik talablar. O’quvchining dars xonasi yoki dars tayyorlaydigan burchagiga bo’lgan gigienik talablar. Kitoblarga, o’quv qurollariga qo’yiladigan gigienik talablar O’quvchilarning mehnat ta’limi gigienasi Kirish Ta’lim-tarbiyaning, mehnat ta’limining samarali bo’lishida sinf xonalari, laboratoriyaningjihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo’yi, yoshi, tana proportsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bo’lishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi partadir. Parta bir yoki ikki o’rinli bo’lib, har birining suyanchig’i, o’tirg’ichi va yozuv stoli kabi qismlari bo’ladi. Suyanchiq bola umurtqa pog’onasining bel egriligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig’i gorizontal bo’yicha kursi suyanchig’igascha bo’lgan masofa o’quvshi gavdasining diametridan 3- 5 sm masofa qolishi kerak. Masofa musbat, manfiy va nol bo’lishi mumkin. Suyanchiq oralig’i oshib ketsa, o’quvshi bukilib o’tiradi, kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti o’tirg’ichdan 3-5 sm o’tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15-20° qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko’rinishni engillashtiradi. O’quvshilarni partaga o’tkazishda bo’yini parta raqamiga moslash zarur. Bo’yi eng past bola 110 sm, novchasi 179-180 sm bo’ladi. Barsna o’quvshilar 7 ta bo’y guruhiga bo’linadi. Parta rahamlari ham 6 dan 12 gacha. A.F.Listov bolani bo’yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formularni tavsiya qiladi, ya’ni bola bo’yining oldingi rahami o’nligidan 5 ni ayrilsa, shu bola o’tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo’yi 148 sm, 14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoldi. Demak, 148 sm li bo’la 9 nomerli partada o’tirishi kerak. Hozirgi vaqtda ko’p maktablarda yangi nomerli partalar qo’llaniladi. Bular A,B,V,G,D deb belgilanadi. Har bir partaning suyanchig’i shu partada o’tirishi mumkin bo’lgan bolaning bo’yi, parta nomeri yoki rangli shartli belgi qo’yilgan bo’ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli belgisi sariq, B-qizil, V-ko’k, G-yashil va P-oq rangda bo’ladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsienti 35% dan 50% gacha bo’lgan ranglarda bo’yash tavsiya etiladi. Parta, stol, stullar och kulrang, och yashil yoki boshqa ochroq rangga bo’yash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldinga, balandlari orqaga qo’yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm, ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60 sm, oxirgi parta bilan devor orasidagi niasofa 50 sm, oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m qilib joylashtiriladi. O’quvshilarni partaga o’tkazishda bo’yidan tashqari sog’lig’i, ko’rish va eshitish organlarining xususiyatlari ham e’tiborga olinadi. Yaqindan ko’radigan bolsa, garchi bo’yi baland bo’lsa ham oldingi partaga o’tkazilishi kerak. Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo’lishi kerak. Uning o’lchami sinf sathiga bog’liq bo’lib, uzunligi 175 sm dan 300-350 sm gacha, eni 110-120 sm bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinflarda sinf doskasi pol sathidan 85 sm yuqori sinflarda 90 sm baland o’rnatiladi. Doska jigar rang, to’q yashil rangga bo’yaladi. Doskada bor, latta qo’yish uchun tarnovcha bo’lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga lyuminestsentlampa o’rnatiladi. O’quvshining ish stoli va stuli birinshi parta yoki o’rtadagi parta oldiga qo’yiladi. Download 55.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling