Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan gigienik talablar. Akademik litsey,kasb-hunar kollejlariga dars jarayonlariga qo’yiladigan gigenik talablar


Download 55.56 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1545256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan

Dars gigienasi
O’quvchilar o’quv ishining asosiy shakli dars bo’lib, u turlicha olib borilishi mumkin. O’quvshilar aqliy mehnat qobiliyatining rivojlanishi, darslarni o’zlashtirishlari, salomatliklari darslarni gigienik jihatdan qay darajada ratsional tashkil qilinishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Darsni to’g’ri tashkil qilishda birinchi navbatda uning davomiyliligi, tarkibi (tuzilishi va mazmuni), dars o’tilgan joydagi (sinfdagi) asosiy gjgienik talablarga rioya qilish nazarda tutiladi.
Dars oavomiyligining o’quvshilar organizmiga ta’sirini o’rganishga bag’ishlab olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, bolalar bosh miya po’stloq hujayralari faoliyatining susayishi boshqarish sinflarda dars boshlangandan 10-15 minutdan keyin, IV-VIII sinflarda 12-20 rninut o’lgandan keyin, IX-XI sinflarda esa 25-30 minut o’tgandan keyin seziladi. Darslar hamma sinflarda 45 rninut davomida o’tadi.
Fiziologik va gigienistlar birinchi sinf o’quvshilari uchun darsning davomiyligi 30-35 minutdan oshmasligi kerak deyishmoqda.
Belgilangan 45 minutlik darsning 25-30 minutida o’quvshining aktivligi sezilarli darajada pasayib, diqqati tarqoqlashadi, berilgan vazifani xato bajarish foizi ortadi. Tajribali o’qituvchilar yuqoridagi dalilni hisobga olib, bolaning diqqatini o’z vaqtida boshqa mashg’ulotlarni bajarishga - o’qishga, rasm solishga jalb qilishadi yoki fizkultura minutlari o’tkaziladi.
Birinchi sinf o’quvshilari ushun o’qish va yozish davrining davomiyligi 7-10 minutdan oshmasligi, 4-sinf o’quvshilari uchun esa bu davr 17-20 minut bo’lishi kerak.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, boshlang’ich sinflarda kun tartibini tuzishning eng maqsadga muvofiq shakli o’qitishning boshlang’ish yilida, birinchi yarim yillikda 3 tadan dars o’tilganda, ularning davomiyligi 30 minutdan, ikkinchi yarim yiliikda 4 tadan dars o’tilganda 35 minutdan iborat bo’lishi hisoblanadi.
Shunday qilib, darslarning davomiyligini va sonini asta-sekinlik bilan oshirib borish tavsiya qilinadi. Bunda bog’chadagi tarbiya’ning maktabda boshlang’ish tarbiya bilan o’zaro bog’lanishi va muvofiq bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
Maktabda boladagi harakat tartibini cheklab qo’ymaslik kerak. Ular ochiq havoda ko’proq, bo’lishlari, serharakat o’yinlar bilan ko’proq mashg’ul bo’lishlari asab sistemasini toliqtiruvshi sabablarga barham beradi.
Maktabda o’quvchilarning ovqatlanishini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Har kuni bitta o’qituvchi o’quvshilarning ovqatlanishidan oldin qo’l yuvishi, to’g’ri o’tirishi, ovqatni shoshilmasdan yaxshilab chaynashi va boshqalarni kuzatib borishi kerak. Darsdan so’ng o’quvchilarni turli sabablar bilan olib qolaverish ularning asabiga yomon ta’sir qiladi, ularga dushanba kuni topshiriq bermaslik, shanba kuniga beriladigan uy vazifasi boshqa kunlarga nisbatan kam bo’lishi kerak.
Kuni uzaytilrilgan, maktablarda o’quvchilar darsdan so’ng ovqatlanib, sof havoda dam oladilar va berilgan topshiriqlarni, sinfdan tashqari ishlarni, uy vazifalarini bajaradilar.
Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni o’quvchilarning qiziqishi, yoshiga xos xususiyatlari va qobiliyatiga qarab taqsimlashi kerak. Ko’pincha jamoat ishlari to’g’ri taqsimlanmaydi, birorta aktiv o’quvshiga bir nechta jamoat ishi topshiriladi, boshqa birovlari umuman jamoat ishiga jalb etilmaydi. Jamoat ishlari 1-5 sinf o’quvshilar uchun 3-4 sinf, 6-11 sinf o’quvchilari uchun 4-5 soatni tashkil etishi kerak.

Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling