Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan gigienik talablar. Akademik litsey,kasb-hunar kollejlariga dars jarayonlariga qo’yiladigan gigenik talablar
Download 55.56 Kb.
|
Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan
Imtihonlar gigienasi. Imtihonlar o’quvshilar eng charchagan vaqtda boshlanadi, shuning uchun bu davrda ular kun tartibiga qat’iy amal qilishi kerak. Imtihonlar oldidan esa vaqtni tejash maqsadida sinfdan tashqari mashg’ulotlar, majlislar sonini kamaytirish, kun tartibini to’g’ri tuzishga yordam berish zarur.
Imtihonga tayyorgarlik ko’rayotganda har 45 minutda 10 minut tanaffus qilish, mashg’ulotlar orasida fizkultura va sport bilan shug’ullanib turish lozim Bir xil predmetlarni ikki darsdan ketma-ket yoki bir-biriga o’xshash predmetlarni ketma- ket o’tish (fizikadan keyin matematika, tarixdan keyin geografiya va boshqalar), og’ir darslarning bir kunda yig’ilib qolishi gjgienik jihatdan noo’rin hisoblanadi. Ayrim hollarda ona tili va adabiyotdan insho yozilgan kuni matematika va mehnatdan ham yozma ish yozishga ruxsat etiladi. Dars jadvalini tuzishda har xil predmetlarni almashtirib o’tnishiga e’tibor beriladi. Shunday qilinganda o’quvshining faoliyati bir turdan ikkinchisiga o’tadi. Natijada miya yarim sharlari po’stlog’idagi funktsional hujayraning ishchanlik qobiliyati tiklanadi, ikkinchi signal sistemasini ko’proq ishlatishga to’g’ri keladi. Xulosa Ishga ko’nikish davrida birinchi darsga o’rtacha murakkablikdagi predmetlar, ikkinchi va uchinchi darslarga, ya’ni optimal ishchanlik davriga qiyin predmetlarni, oxirgi darslarga esa, engil predmetlarni kiritish kerak. Shuningdek, kuchli aqliy mehnat talab qiladigan darsni asosan organizmning ikkinshi signal sistemasini zo’riqtiradigan darslarni birinchi signal sistemasi ishtirokida va jismoniy harakatlar bilan bajariladigan darslar (jismoniy tarbiya, rasm, mehnat) bilan almashtirish zarur.Aqliy mehnatni ko’p, sarflash, faqat o’qitiladigan fan xususiyatlarigagina emas, balki o’quvshining yoshiga ham bog’liqdir. Masalan 1–4 sinflarda yozuv darslaridan keyin nerv sistemasining funktsional holatida ancha o’zgarishlar bo’lishi qayd qilinadi. 5 sinf o’quvshilarida esa bu o’zgarish ancha kam bo’ldi. O’quv kunining o’rta qismiga qo’yilgan ashula darsi o’quvshilarni juda charchatmaydi. Fizkultura dars 5 soatga qo’yilsa o’quvshilarning mehnat qobiliyatini saqlashga ijobiy ta’sir etadi, agar u oxirgi darsga qo’yilsa, bu holda samara bermaydi. Boshlang’ish sinflarda mehnat darsi o’quv kunining uchinchi soatida, IV-VIII va yuqori sinflarda esa to’rtinchi soatda bo’lishi o’quv kuni oxirida o’quvchilarning mehnat qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu shart-sharoitlarning hammasi har bir sinf uchun va haftaning har qaysi kuni uchun o’quv kuni tuzilishini belgilashda hisobga olinadi. Download 55.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling