Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan gigienik talablar. Akademik litsey,kasb-hunar kollejlariga dars jarayonlariga qo’yiladigan gigenik talablar


KITOBLARGA, O’QUV QUROLLARIGA QO’YILADIGAN GIGIENIK TALABLAR


Download 55.56 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1545256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan

KITOBLARGA, O’QUV QUROLLARIGA QO’YILADIGAN GIGIENIK TALABLAR
Kitoblarning tashqi ko’rinishi va boshqa yozuv qurollarining ko’zga ta’siri qog’ozning sifatiga, harflarning katta-kichikligiga, qatorlar oralig’i va boshqalarga bog’liq.
O’quvchilar uchun ajratilgan qog’oz oq rangda bo’lishi kerak. Ba’zi bir olimlar kitob uchun ajratilgan qog’oz sarg’ishroq bo’lib, qaytarish koeffitsienti 0,75 dan kam bo’lmasligi ma’qul deb hisoblashadi.
Kitob chop etish uchun mo’ljallangan qog’oz (ayniqsa alifbe uchun) harflarning ko’rinishini xiralashtirmaydigan va aniqligini kamaytirmaydigan, harf shakllari qog’ozning orqa tomoniga va keyingi varag’iga o’tmaydigan bo’lishi uchun qalinligi 0,075 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Qog’ozning satxi silliq jilosiz bo’lishi kerak. Yaltiroq qog’oz ortiqcha jilo berib, ko’zning tez charchashiga sabab bo’ladi.
Maktab o’quvchilari uchun chiqariladigan kitoblardagi harflarning shakli (harflar garniturasi) juda aniq va bir-biridan yaxshi ajraladigan, jimjimadan xoli bo’lishi kerak.Ba’zi olimlar tik tushgan har bir harf tamom bo’lishi bilan tagida kichkina gorizontal yo’nalishda chiziqcha bo’lgani ma’qul, deb hisoblaydilar. Keyingi tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, bunday chiziqlar qator bo’yicha ko’z yugurtirganda harflarni aniqlash xususiyatini kamaytiradi.
Qiyshiq shaklli harflardan tuzilgan qatorlar to’g’ri bosilganlariga nisbatan sekin o’qilishi tufayli unday qatorlar orasi kengroq qoldirilishi kerak. Alifbe harflari bir xil shaklda ko’zga tashlanadigan, o’quvchining yodida qoladigan bo’lishi kerak. Harflarning vertikal chizig’i gorizontal chiziqlariga nisbatan 2-3 marta katta bo’lishi kerak, harflar orasidagi masofa esa harflar yo’g’onligidan kattaroq bo’lgani ma’qul.
Endi o’qishga kirgan bolalarga tavsiya qilinadigan kitoblardagi harflarning balandligi shunday bo’lishi kerakki, unda har bir harf ko’z to’r pardasida yoysimon shaklda 5 mm joyni egallashi kerak, bunday shakl harflarning balandligi 6-8 mm bo’lganda ifodalanadi. O’qish o’zlashtirilgani sari harflarning balandligi kamayib boradi.
Harflarni bosmaxonada terishda qatorlarning uzunligi, qog’oz varaqlarining balandligi, varaq chekkasi kengligi, harflarning zichligi, qatorlar, so’zlar va harflar orasidagi bo’shlik muhim gigienik tadbirlar qatoriga kiradi.
Ba’zi tekshirishlarga ko’ra, ko’z aylanma harakat qilmasdan 27 — 46 mm uzunlikda bo’lgan qatorlarni ko’ra oladi, qatorlarning uzunligi 75 — 80 mm bo’lganda ko’z aylanishida ishtirok etadigan mushaklar zo’riqib ishlaydi. Qatorlar uzunligi bundan ham cho’zilganda qatorlarni o’qish vaqtida bo’yin mushaklari ham ishtirok etadi. Ko’z harakatini tezlatuvchi mushaklarning eng qulay faoliyati qatorlarning uzunligi 106 — 110 mm bo’lganda kuzatiladi. Bunday uzunlikdagi qatorlarni o’qishda oldinma-ketin ko’zni harakatlantiruvchi mushakliap bilan bo’yin mushaklari qatnashadi, o’qiganda ko’z oralig’i bilan qatorlar o’rtasigacha bo’lgan uzunlik katta bo’lmaydi, shuning uchun ham ko’zning akkomodatsion faoliyatiga uncha salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Varaq chetlari, tepasidagi bo’shliq 18 — 20 mm, tagidagi bo’shliq 25 — 30 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Qatorlar va so’zlar orasi oraliqning katta bo’lishi, ko’p yorug’lik qaytarib katta farq (kontrast) hosil qilgani uchun harflarni oson ajratishga yordam beradi, bu esa o’z navbatida o’qishni osonlashtiradi. Qatorlar orasidagi bo’shliq interlinyaj deb ataladi. Interlinyaj harfdan ikki barobar katta bo’lishi, lekin harflarning xususiyatiga qapab o’zgarishi mumkin, shunga qaramay, 3 mm dan kam bo’lmasligi tavsiya qilinadi. So’zlar va harflar orasidagi bo’shliq approsh deb ataladi. So’zlar orasidagi approshsh harflar balandligidan kam bo’lmasligi kerak, ya’ni 2 mm, alifbeda esa bu ko’rsatkich 3 mm dan kam bo’lmasligi.kerak. Xapflap orasidagi approsh — 0,5 — 1 mm a teng.
Yuqorida keltirilgan kitoblarga qo’yilgan gigienik talablar o’quvchilar uchun chiqarilgan diafilmlarga ham taalluqlidir. Shunisi ham borki, ba’zan diafilmlar ancha xira yorug’likda ko’riladi. Kitoblarning tashqi bezagi ko’zi yaxshi ko’rmaydigan (ko’rish o’tkirligi 0,05 dan - 2 gacha) bo’lgan o’quvchilar uchun muhim gigienik ahamiyatga ega. Bunday o’quvchilarning ko’rish xususiyatini hisobga olgan holda katta harflardan terilgan kitoblar tavsiya etiladi.
Daftarlar uchun chiqariladigan qog’ozlarga qo’yiladigan gigienik talablar kitob qog’ozlariga qo’yilgan talablardan farq qilmaydi. Yozishni o’rganishning boshlang’ich davrlarida qator chiziqlar aniqligi ko’zni toliqtirmaydigan bo’lishiga ahamiyat berish lozim, bunda sekin-asta harflar shaklini ifodalash va to’g’ri chiziq bo’yicha yo’nalish rivojlana boradi. 65 vertikal qiyshiq chiziqli daftarga yozish harflarni to’g’ri ifodalash imkonini beradi. Daftarlarning hajmi boshlang’ich sinflarda 12 varaqdan oshmasligi kerak.
Tibbiy hamda pedagogik kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, boshlang’ich sinflarda avtoruchkada yozganda panja mushaklarining charchashi o’quvchilar ruchkasida yozgandan ko’p emas, bundan tashqari, husnixat yaxshi va ravon yoziladi.
Uzunligi 140 — 150 mm dan kam bo’lgan ruchkalar boshlang’ich sinf o’quvchilari qo’l mushaklarining deyarli tez charchab qolishiga sabab bo’lishi mumkin, ruchkalarning yo’g’onligi 8 — 10 mm dan oshmasligi kerak. Siyohning rangi to’q qora bo’lishi boshqa rangdagi siyohlarga nisbatan gigiena talablariga to’laroq javob beradi. Qalamning uzunligi va yo’g’onligi ruchkaning uzunligidek va yo’g’onligidek, qattiqligi esa o’rtacha grafitdan bo’lgani ma’qul. Boshlang’ich sinf bolalari ortiqcha kitob va daftarlarni ko’tarib yuradilar. Og’ir yuk bolaning qaddi-qomatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Buning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari orqaga osadigan (ranets) papkalar ko’tarishi takomillashmagan elastik umurtqa pog’onasining to’g’ri shakllanishida maqsadga muvofiq hisoblanadi.

    1. Download 55.56 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling