1-amaliy mashg'ulot. Tashqi va ichki xavo parametrlarining qurilish me'yorlari va qoidalaridan tanlash. "A" va "B" parametrlar Tosiq konstruksiyalarining issiqlik texnikaviy xisobi sanitar-gigienik talablar boyicha
Download 280 Kb.
|
1-mavzu
1-AMALIY MASHG'ULOT. Tashqi va ichki xavo parametrlarining qurilish me'yorlari va qoidalaridan tanlash. "A" va "B" parametrlar Tosiq konstruksiyalarining issiqlik texnikaviy xisobi. sanitar-gigienik talablar boyicha (issiqlik himoyalashning birinchi darajasi) issiqlik texnikaviy xisobini bajarish Bino va inshootlarni loyihalashtirish chogida yilning sovuq faslida issiqlik yoqotilishini va yilning issiq faslida issiqlik kirishini qisqartirish maqsadida: a) tashqi tosiq konstruktsiyalari eng kichik yuzaga ega bolishini, issiq va namliroq xonalarni binoning ichki devorlari tomoniga joylashuvini hisobga oluvchi hajmiy-rejaviy yechimini; b) issiqlik otkazuvchanlik koeffitsienti 0,1 Vt/(moS) dan kop bolmagan samarali issiqlik izolyatsiya ashyolaridan oqilona foydalanishni; v) yoritish teshiklari maydoni tabiiy yoritilganlik koeffitsienti meyoriy kattaligining eng kichik qiymatiga kora bolishini; g) Derazalar issiqlik otkazish koeffitsienti meyor darajasida bolgan quyoshdan ximoya qurilmalar bilan ximoyalanganda yilning sovuq faslida quyosh energiyasining xonalarga tosiqsiz kirishi taminlanishi; d) tashqi devor va tom qoplamalardagi ulama birikmalar va choklarning germetikligining ekspluatatsiyaviy ishonchliligini kozda tutish lozim. Isitishga va ventilyatsiyaga issiqlikning hamda loyihalanayotgan binoni konditsiyalash va sovutish uchun hisobiy issiqlik sarfi belgilangan normativ qiymatlarga mos bolishi kerak. Qish davrida bino va inshootlar xonalarining namlanganlik rejimi, ichki havo harorati va nisbiy namligiga bogliq holda, 1-jadval boyicha belgilanishi lozim. 1-jadval
Tosiq konstruktsiyalarining foydalanish shart-sharoitlarini xonaning namlanish rejimiga bogliq holda: quruq va normal rejimlar uchun A parametrlar boyicha, nam yoki xol rejimlar uchun esa - B parametrlar boyincha qabul qilinishi lozim. Samarali osilma issiqlik izolyatsiyasiga va orqada qoluvchi ekranli fasadga ega bolgan tashqi devorlarni loyihalashda (shamollatiluvchi fasadga ega bolgan devorlar) quyidagi tavsiyalariga rioya qilinishni lozim: a) zichligi 100 kg/m3 dan kam bolmagan, masalan bazalt tolasi yoki boshqa yonmaydigan ashyolardan iborat plitalar kabi qattiq samarali issiq izolyatsiya ashyolaridan foydalanish; b) issiq izolyatsiya va fasad qoplamasini mahkamlash uchun zanglamaydigan elementlar, ankerlar, dyubellar qollash; v) issiq izolyatsiyaning havo qatlami tarafidagi yuzasini kataklari 4x4 mm dan kop bolmagan shisha tor yoki shisha mato bilan berkitish lozim; g) issiqlik izolyatsiyasi va fasad ekrani orasidagi havo qatlamining qalinligi ortacha 60 mm, ammo kamida 45 va 80 mm dan oshmasligi kerak; d) fasad ekrani umumiy maydoni devor maydonining shu jumladan deraza yuzasi, 20 m2ga 0,75 m2 hisobida aniqladigan choklar ochiq qolishi kerak (zichlovchi ashyo bilan toldarish kerak emas); e) fasad ekrani sifatida plitkali koshindan foydalanilganda gorizontal choklar zichlovchi ashyolar bilan toldirilishi lozim emas; j) havo qatlami gorizontal kesimi yuzasiga ekvivalent bolgan pastki (ustki) shamollatish teshigi tsokol (karniz) bilan orinlashtirishini bartaraf etish vazifasini otashi kerak. Ishlab chiqiladigan loyhalarda energetik pasportlarda foydalanish uchun loyixalangan obektning issiqlik energetik parametrlarini 1a* ilovadagi shakl boyicha hisobiy qiymatlarini jadvalda berilishi kerak. 1a*-son Ilova Download 280 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling