7 – laboratoriya mashg`uloti Fermentlarning yuqori temperatura ta’sirida inaktivatsiyasi
Download 5.72 Kb.
|
7. ferment temp
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
7 – laboratoriya mashg`uloti Fermentlarning yuqori temperatura ta’sirida inaktivatsiyasi Fermentlar oqsil tabiatli moddalar bo’lganligi sababli, ular haroratga juda ta’sirchan bo’ladi. Fermentlar uchun optimal harorat 37-38°C ni tashkil qiladi. Haroratning oz miqdorda ko’tarilishi, (40-45°C gacha) fermentlarning aktivligini oshiradi. Lekin keyingi qizdirish, ya’ni 50°C dan yuqori bo’lgan harorat, fermentning aktivligini yo’qolishiga sabab bo’ladi. Buning sababi, fermentning oqsil qismi yuqori haroratda denaturatsiyaga uchrashidir. Past haroratda esa ferment o’z aktivligini yo’qotmaydi, lekin shu haroratda aktivligi kamayishi mumkin. Agar harorat ferment uchun optimal holgacha ko’tarilsa, fermentning aktivligi yana tiklanadi. Reaktivlar: a) 5 marta suyultirilgan so’lak, b) 1% li kraxmal, v) yodning kaliy yodiddagi eritmasi (Lyugol eritmasi), g) Trommer reaksiyasi uchun kerak bo’lgan reaktivlar: 5% li o’yuvchi natriy, 5% li mis sulfat (tajriba probirkalariga avval o’yuvchi natriy qo’shiladi, so’ngra tomchilatib mis sulfatdan solinadi va past olovda qaynaguncha qizdiriladi). Ishning bajarilishi: 2 ta probirkaga 1 ml dan suyultirilgan so’lak solinadi. Ulardan bittasi past olovda 2-3 daqiqa davomida qaynatib olinadi. Shundan so’ng har ikkala probirkaga 1 ml dan kraxmal eritmasidan solib, 10 daqiqa 38°C li termostatga qo’yiladi. Keyin har ikkala probirkadagi suyuqlik ikkiga bo’linib, Trommer va Lyugol reaksiyalari o’tkaziladi. Shuni aytish kerakki, qaynatilgan so’lakli probirkada kraxmalning fermentativ gidrolizi bo’lmaydi. Download 5.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling