Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan gigienik talablar. Akademik litsey,kasb-hunar kollejlariga dars jarayonlariga qo’yiladigan gigenik talablar


Download 55.56 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1545256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan

Oquvchilarning mehnat ta’limi gigienasi


Yosh avlodni jismonan baquvvat va odob axloqli qilib tarbiyalashda ishlab shiqarish ta’limi muhim ahamiyatga ega. Maktablarda barcha sinflarda mehnat darslari o’tilishi kerak. Mehnat ta’limi bolalar va o’smirlar organizmining yoshiga xos xilsusiyatlari, gigiena talablari asosida to’g’ri tashkil etilganda, bolalar sog’ligini mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini yaxshilaydi. Mehnat darslari o’quv kuni o’rtasiga qo’yilsa ish unumli bo’ladi. Mehnat darsio’quvchilarning yoshiga, sog’ligiga mos, xavfsiz bo’lishi, ish vaqtini belgilash kerak. Revmatizm, yurak etishmovchiligi, qandli diabeti bor bolalar mehnat darslaridan ozod qilinadi. Boshlang’ish sinf o’quvshilarida mehnat darslari maxsus jihozlangan xonada o’tiladi. Asboblar (chizqish, qaychi, pichoq) va boshqalar maxsus shkafda saqlanishi kerak. Sanitar burchagida 70 sm balandlikda qo’l yuvadigan yuvinish, sovun, sochiq turishi kerak. O’quvchilarning o’tkir asboblar bilan ishlashi tavsiya etilmaydi. Aptechkada yod, paxta, bint bo’lishi zarur.
IV-VII-sinf o’quvshilarining mehnat darslari o’quv ustaxonalarida o’tkaziladi. Bu mehnat darslari 90 minut davom etishi mumkin. Mehnat turini har 20 minut almashtirib turish kerak, maktab ustaxonalarida ishlatiladigan asboblar o’quvshilar yoshiga, bo’yiga mos bo’lishi kerak. O’quvchilar ish vaqtida gavda holatini o’zgartirib turishi, o’g’irlik gavdaning o’ng va chap sohasiga bir xilda tushishi, ular ular xalat, fartuk, kiyib olishlari kerak. O’quvshilarga xavfsizlik qoidalarini o’rgatish lozim. Ustaxonalar yaxshi eritilgan va shamollatilgan bo’lib, bu erda issiq suv, yuvinish, sovun va sochiq bo’lishi shart. Aptechkada yod, novshadil spirt, valerina, ichimlik sodasi, vazelin, doka, bint, bog’lovchi paket bo’lishi zarur.
O’quvchi asbobni to’g’ri ushlashi shoshilmasdan bir maromda ishlashi kerak. O’qituvchi darsdan avval asboblarni qanday ushlashni tushuntirishi lozim. Stanokda ish boshlashdan oldin stanokni tekshirib ko’rishi, stanokda ishlash qoidalarini yaxshi bilib olishlari zarur, qizlar ro’mol o’rab olishi kerak.
Yuqori sinf o’quvshilarining mehnat darslarini maktablararo o’quv ishlab chiqarish kombinatida o’tkazish mumkin.
Mehnat mashg’ulotlari 4-6 soat davom etadi. Ish orasida 0,5 soat ovqatlanish uchun ajiratildi. Ish vaqtida har 50 minutdan so’ng 10 minut tanaffus qilinadi.
Ustaxona havosining harorati, namligi, tozaliliga alohida e’tibor berish muhimdir. Havoning isib ketishi, karbonat angidrid gazining ko’payishi bolalarning tez charchashi, ishchanlik qobiliyatining pasayishga keladi.

Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling