Farg’na jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tibbiy profilaktika ishi yo’nalishi II bosqich 321-guruh talabasi Sultonov Elbekning fizilogiya fanidan tayyorlagan mustqail ishi
Download 8.25 Kb.
|
Elbek Sultonov 321
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sultonov Elbek Xamdamali o’g’li
Farg’na jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tibbiy profilaktika ishi yo’nalishi II bosqich 321-guruh talabasi Sultonov Elbekning fizilogiya fanidan tayyorlagan mustqail ishi Hazm tizimining o’rganishni yangi usullari. Sultonov Elbek Xamdamali o’g’li V.A.Basov (1842) itlar me’dasiga fistula qo’ygan. I.P.Pavlov laboratoriyasida V.Basov fistulasi qo’yilgan itlarda ezofagotamiya usuli qo’llanilgan va ularda «yolg’on ovqatlantirish» tajribalari o’tkazilgan va toza shira yig’ib olingan. Me’dasidan me’dacha ajratib olingan itlarda ham toza shira ajratib olingan. I.Pavlov usuli bo’yicha me’dacha ajratib olish Gaydengayn usulidan innervastiyasi saqlanganligi bilan farqlanadi. Jarroxlik yo’li bilan ichakning bir qismini ajratib olish va uning bir uchi(Tiri usuli) yoki har ikkala uchi (Tiri-Velle usuli) tashqariga chiqarilib teriga tiqib qo’yiladi.So’lak va me’da osti bezlari chiqaruv yo’llarini, o’t yo’llarini tashqariga chiqarib teriga tiqib qo’yish holatlari keng qo’llaniladi. O’tkir tajribalar. O’tkir tajriba narkoz ostidagi hayvonlarda o’tkaziladi. O’tkir tajriba butun organizmda yoki ajratib olingan to’qima, a’zo yoki hujayralarda o’tkazilishi mumkin.Surunkali tajriba usullari. Bu usulda hayvon jarrohlik yo’li bilan tayyorlanadi, ayrim sohaga naychalar o’tkazish, hazm bezlarning yo’llarini tashqariga chiqarib qo’yish va x.k. Hayvonlar sog’aygandan so’ng ularda tajriba o’tkaziladi. Odamlarni mo’tadil sharoitda hazm bezlarining faoliyatini organizmni jarohatlamasdan o’rganish usullari ham yaratildi. Ovqat hazmi funksiyalarini o’rganish uchun klinikada jarohatlangan va kasal kishilar ustida olib borilayotgan kuzatishlar hamda odamlarni va hayvonlarni Rentgen nurlari bilan yoritish yo’li bilan kuzatishlarni ahamiyati katta. Hozirda ovqat hazmi polietilen kapsulaga o’ralgan uzunligi 15-20 mm, diametri 0,8 mm bo’lgan odamlar yengil yutadigan radiouzatgichlar yordamida bosim, harorat, fermentlar miqdori butun hazmlash kanalidagi pH darajasi o’rganilmoqda. Odamlarda hazm faoliyatini o’rganish. Sekretor jarayonini o’rganish.So’lak ajralishini bir necha usulda o’rganish mumkin.Og’iz chayqab yuborilgandan so’ng tupukni yig’ib olish. Bunda har xil bezlardan ajralgan aralash so’lak, ovqat qoldig’i yig’iladi va bunda so’lakning hajmini tug’ri aniqlab bo’lmaydi. Shuning uchun ham ikkinchi usul Leshli-Krasnogorskiy kapsulasi yordamida toza so’lak yig’ib olinadi. Odamlarda me’da, me’da osti bezi, ingichka ichaklar shira ajratish va o’t ajralish faoliyatini zondli va zondsiz usullarda o’rganish mumkin.Zondli usulda shira miqdorini, uning tarkibidagi elektrolitlar, fermentlar miqdorini va rN kattaligini aniqlash mumkin. Sekrestiya stimulyatorlari hazm yo’liga yoki parenteral yuboriladi. Ularning ta’sir mexanizmini bilgan holda shira ajralish o’zgarishi sababini aniqlash mumkin. Zondsiz usulda iste’mol qilingan moddalarga ta’sir kilish natijasida hosil bo’lgan moddalarni qon va siydikdagi miqdorini aniqlash. Masalan, me’dada kislota meyorda ajralayotganida indikator qonda va siydikda tezda paydo bo’ladi, aks holda indikator qon va siydikda umuman bo’lmasligi yoki sekin paydo bo’lishi mumkin.Zondsiz usulda shuningdek hazm bezlarining funkstional holatini qon va siydikdagi gidrolitik fermentlar miqdorini aniqlash orqali ham o’rganish mumkin.Qondagi gidrolizga uchramagan oziqli moddalar miqdoriga qarab ham hazm bezlarining shira ajratish holati haqida xulosa qilish mumkin. Rediotelemetrik usulda hazm yo’lidagi har xil axborotlarni (m: rN) o’rganish mumkin.Motor faoliyatni o’rganish.Chaynashni (mastikastiografiya - chaynash jarayonini yozib olish), yutishni (rentgenografik va ballonografik usullarda) o’rganish mumkin. Me’da va ichakning motor faoliyatini zondli va zondsiz usullarda o’rganish mumkin. Zondli usulda rezinali balloncha va yozib oluvchi moslama yordamida o’rganiladi. Zondsiz usulda radiotelemetrik bosimni sezuvchi radiopilyula yordamida o’rganiladi. Me’daning motor faoliyatini elektrogastrografik usulda ham o’rganish mumkin. Bunda me’daning qisqarayotgan silliq muskulidagi sekin potenstiallari qorinning oldingi devoridan yozib olinadi. Bu usuldan ingichka va yo’g’on ichaklar motor faoliyatini o’rganishda ham foydalanish mumkin. Qizilo’ngach, me’da, ichak, o’t pufagi va o’t yo’llari harakati rentgenkontrast moddadan foydalanib rentgenografik o’rganish amaliyotida keng qo’llaniladi. Hazm a’zolari motor faoliyatini oziqli moddani me’dadan ichakka evakuastiya qilish tezligini va ichakdagi harakat tezligini o’rganish orqali ham aniqlash mumkin. Download 8.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling