Limfa tizimi
Download 231.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Limfa sistemasi. Limfa suyuqligi va limfa tizimi vazifasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorin bo‘shlig‘i.
Chanoq bo‘shlig‘i. Chanoq limfa tugunlari visseral va parie-tal
guruhlarga bo‘linib joylashadi. Visseral limfa tugunlari kichik chanoq bo‘shlig‘i a’zolari yonida joylashadi. Bularga siydik qo-pi atrofidagi, bachadon atrofidagi, qin atrofidagi va to‘g‘ri ichak atrofidagi tugunlar ki radi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari umumiy yonbosh va aorta orqasidagi tugunlari-ga yo‘naladi. Chanoq ning parietal lim fa tugunlari: ichki yonbosh arteriyasi bo‘ylab 4–8 ta ichki yonbosh tugun laridir. Dumg‘aza suyagining oldingi yuzasida 2–3 ta dumg‘aza tugunlari bo‘lib, ularga chanoq devori va to‘g‘ri ichakdan limfa keladi. Bu tugun-lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari tashqi va umumiy yonbosh tugunlariga quyiladi. Tashqi yonbosh tugunlari 2–12 ta bo‘lib, tash qi yonbosh arteriyasi va venasi bo‘ylab zanjir shaklida joylashadi. Ust ki va pastki dumba arteriyalari yonida joylashgan dumba limfa tugunlariga sonning orqa yuzasi hamda dumba so-hasi va kichik chanoq devoridan keluvchi limfa tomirlari keladi. Ichki va tashqi yonbosh tugunlaridan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari umumiy yonbosh limfa tugunlariga yo‘naladi. Ulardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlar qorin aortasi va pastki kavak vena yonida joylashgan bel limfa tugunlariga quyiladi. Qorin bo‘shlig‘i. Qorin bo‘shlig‘ida ham visseral va parietal lim fa tugunlari tafovut qilinadi. Visseral limfa tugunlari qorin aortasining toq arteriyalari va ularning tarmoqlari atrofida joylas-hadi. Qorin o‘zani atrofida joylashgan tugunlarga (1–5 ta) osh-qozon, oshqozon osti bezi, taloq, buyrak va jigar limfa tugunla-ridan chiqqan olib keluvchi limfa tomirlari keladi. Bu tugunlar-dan chiqqan olib ketuv chi limfa tomirlari bel limfa tugunlariga, shuningdek, ko‘krak limfa yo‘lining boshlanish qismiga quyiladi. Oshqozonning limfa tugunlari, uning katta va kichik egriliklari bo‘ylab, arteriyalar yo‘nalishida joylashadi. Taloq limfa tugunla-riga osh qozonning tubi, chap oshqozon-charvi tugunlari va taloq kapsulasidan kelayotgan limfa tomirlari quyiladi. Oshqozon osti bezining boshi va o‘n ikki barmoq ichak devoridan keluvchi lim-fa tomirlari oshqozon osti bezi va o‘n ikki barmoq ichak tugun-lariga quyiladi. Jigar va o‘t pufagi limfa tomirlari jigar-o‘n ikki barmoq ichak boyla mi ichida umumiy jigar arteriyasi va darvoza vena-si yo‘na lishi da joylashgan jigar limfa tugunlariga quyiladi. Qorin bo‘shlig‘i visse ral limfa tugunlarining eng ko‘p sonlisi (66–404 ta) ingich ka ichak tut qichi ichida joylashgan yuqorigi tutqich tu-gunlari bo‘ lib, ularga och va yonbosh ichak limfa tomirlari quyi-ladi. Bu tu gunlardan chiq qan olib ketuv chi limfa tomirlar bel lim fa tugunlariga, goho ichak poya sini hosil qilib, ko‘krak limfa yo‘ liga quyiladi. Chambar ichak qism laridan chiquv chi limfa to- mirlari, chambar ichak arteriyalari yo‘nalishida joylashgan limfa tu gunlarga quyiladi. Qorin bo‘shlig‘ining parietal limfa tugun lari qorin bo‘shlig‘ining oldingi va orqa devor larida joylashadi. Qo-rin bo‘shlig‘ining oldingi devorida qorin devorining pastki arte-riyasi yo‘nalishida qorin devorining past ki tugunlari, uning or-qa devorida aorta va pastki kavak vena atrofida ko‘p sonli bel tu gunlari joylashgan. Ular qorin aortasi va pastki kavak venaga nisbatan joylashishiga qarab chap, o‘ng va oraliq bel tugunlari-ga bo‘linadi. Download 231.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling