Buyruq va uni rasmiylashtirish


Buyruqdan ko‘chirma berish


Download 26.23 Kb.
bet4/5
Sana05.04.2023
Hajmi26.23 Kb.
#1274184
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buyruq va uni rasmiylashtirish

5. Buyruqdan ko‘chirma berish
Buyruqlar yig‘majildini shakllantirish va saqlash
Amaliyotda, masalan, mehnat stajini (ish joyi va davri) aniqlash uchun buyruqlardan ko’chirma (nusxa) tayyorlash zarurati tug’iladi. Buyruqdan ko’chirma (nusxa) – asl buyruqdan rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan hujjat. Odatda, buyruqdan ko’chirma maxsus blankalarda yozilib, tasdiqlab beriladi. Buyruqdan ko’chirma uni tayyorlab beruvchi shaxs tomonidan izolanadi va tashkilot yoki xodimlar faoliyatiga oid ma’lumot mujassamlangan bo’lsa, aniq holat uchun zarur bo’lgan qismi yozib olinadi. Buyruqdan ko’chirmada esa buyruqning punkti yoki paragrafi ko’rsatiladi.
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar ijro davrida ijrochida saqlanadi. Ijrochi ularni saqlash uchun maxsus papkalar yuritishi kerak. Rasmiylashtirish bilan bog’liq ishlar tugallangandan so’ng buyrq maxsus delo (yig’majild)ga joylashtiriladi. Yig’majildni shakllantirishda bir qator talablarga rioya etish talab etiladi. Ularning muhimlaridan biri asosiy faoliyatga doir buyruqlarni shaxsiy tartibga doir buyruqlardan alohida-alohida shakllantirishdir.
Shaxsiy tarkibga oid buyruqlar (ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, rag’batlantirish, mehnat shartnomasini bekor qilish haqida va h.q.)ni alohida yig’majildda shakllantirish tavsiya etiladi. Yig’majild ichida har bir kalendar yil uchun buruqlar ketma-ketlikda joylashtirilishi kerak. Yig’majildga faqatgina buyruqlarning asl nusxasi joylashtiriladi. Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarni saqlash muddati 75 yilni tashkil etadi. Buyruq chiqarishga asos bo’lgan hujjatlar (buyurtmalar, ma’lumotlar, yozishmalar) alohida yig’majildda yig’ilib, 5 yil saqlanadi. Ta’til berishga oid buyruqlar ham alohida shakllantirilib, 3 yil saqlanadi.

Xulosa
Buyruqlarni qayd etish boshqa hujjatlardan alohida olib boriladi. Buyruqlarga qayd raqamlari kalendar yil davomida ketma-ket “1” dan “p” gacha – 1 yanvardan 31 dekabrgacha qo’yib boriladi. Buyruqlar raqamlarini g’ayriqonuniy o’zgartirilishini oldini olish maqsadida ularni ikki yoki uch xonali sonlar bilan yozish tavsiya etiladi. Masalan, № 01 yoki №001. Amaliyotda shaxsiy tarkib buyicha buyruqlarga raqam qo’yish bilan birga indekslardan foydalanish ham kuzatiladi, masalan “k” (kadrlar): №01 –k buyruq.
Mazmuni va rasmiylashtirish uslubi bo’yicha buyruqlar ikki guruhga – asosiy faoliyat va shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarga bo’linadi. Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat ta’tilini berish, xizmat safariga yuborish, korxona ishchilarini rag’batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash, mehnat shartnomasini bekor qilish va xodimlar bilan ishlash jarayonidagi boshqa holatlarni rasmiylashtirishda foydalaniladi hamda ishchilar uchun ish haqini hisoblab chiqishga asos bo’ladi. Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq loyihasi xodimlar bo’limi tomonidan tayyorlanadi.


Download 26.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling