Sug‘oriladigan yerlar - qishloq xo'jaligidan foydalan- ish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yer- ni sug‘orilishini ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan yerlardir.
Tadbirkorlik — mulkchilik subyektlarining amaldagi qonunlar doirasida tashabbuskorlik bilan tayyor mahsulotlami ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish natijasida daromad hamda foyda olishga qaratilgan faoliyatidir.
Tayyor mahsulot - qishloq xo‘jalik subyektlarida ishlab chiqa- rilib, sotishga, ayirboshlashga mo‘ljallaganmahsulotlar.
Tovar mahsuloti - qishloq xo‘jalik subyektlari tomonidan iste’mol talabni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mahsulot.
Tuproqning unumdorligi - tuproq tarkibida mavjud bo‘lgan turli xildagi mikro va makro elementlaming mahsulot yetishtirish maqsadida amalga oshiriladigan agro-texnik hamda texnologik tadbir yordamida mahsulot yetishtirib berish qobiliyatidir.
0‘simlikchilik yalpi mahsuloti - o‘simliklarga ishlov berish, parvarish qilish natijasida yetishtirilgan mahsulot miqdori.
Fermer xo‘jaligi - o‘ziga uzoq (30 yildan 50 yilgacha) mud- datga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt- dir.
Foydalilikni qishloq xo‘jalik subyektlari tomonidan sarflangan bafcha xarajatlar evaziga olingan sof foyda summasini ifodalaydi.
Fond bilan ta’minlanish - qishloq xo‘jalik subyektlarining bir birlikdagi yer maydoniga to‘g‘ri keladigan fondlar qiymati.
Xususiylashtirish - davlat mulkchiligiga asoslangan davlat aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini amaldagi qonun talablari asosida sotib olish nodavlat mulkiga aylantrishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |