a
5-rasm. Lotoklar va ulardagi suv sathi:
a-eleps shaklidagi; b-parabola shaklidagi.
19
rasm. Muvaqqat sug‘orish shahobchasini bo‘ylama
joylashtirish sxemasi
O'rtacha qiyalikdagi dalalarda (i=0,002-0,008) sug'orish sha-
hobchalarini bo'ylama va ko'ndalang sxemalarda joylashtiriladi.
Bunday xolatda sug'orish shahobchalarini o‘rniga yopiq sug'orish
tarmoqlaridan ham foydalanish yaxshi natija beradi. Nishabligi kat-
ta dalalarda (i>0,008) sug‘orish shahobchalari ko'ndalang holda
joylashtiriladi.
Sug‘orish shahobchari bo‘ylama joylashtirilganda suv muvaq-
qat ariqdan o‘qariqlarga va undan egatlarga taqsimlanadi, ko‘nda-
langda esa suv o‘qariqdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri egatlarga taqsimlanadi.
20
rasm. Muvaqqat sug‘orish shahobchasini ko'ndalang
joylashtirish sxemasi
Sug'orish shahobchasi ko‘ndalang ko'rinishda joylashtirilganda
o'qariqlar soni egat uzunligiga qarab belgilanadi va ulami uzunligi
sug'oriladigan dalaning eniga teng qilib olinadi.
Sug'orish shahobchalari bo'ylama sxemada joylashtirilganda
muvaqqt ariqlar orasidagi masofa 70-200 metr qilib olinadi va
uning suv sarfi 40-60 1/sek, atrofida bo‘lish kerak. Sug'orish sha-
hobchasi ko'ndalang joylashtirilganda o'qariqdagi suv sarfi 40 1/sek
va ba'zan undan ko‘p bo'lishi mumkin.
Doimiy sug'orish tarmog'idan (beton novlar, beton qoplamali
kanallar, er o‘zanli ariqlar) o‘tayotgan suvning sarfini hisoblashning
bir necha usuli mavjud bo‘lib, ulardan gidrometrik parrak (vertush-
ka) va pukak ususli keng ko‘lamda qo‘llaniladi (8-9 rasm).
21
rasM. Vertushka GR-21M ning ruzilishi
o 'zak(korpus); 2. kontakli mexanizmning aylanma qismi;
3. parragi; 4. dum tutquchi.
Sug'orish tarmog'idan o‘tayotgan suv sathini aniqlashda gidro-
metrik parrak (vertushka) bo'lmaganda pukak usulidan foydalanish
mumkin. Bu usulda yo‘l qo'yiladigan xato 7-10 foizni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |