0‘zgaruvchan tokka oid umumiy tushunchalar
Download 323.34 Kb.
|
fizika (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0‘zgaruvchan tokka oid umumiy tushunchalar
- Rezonans hodisasi
Mavzu: O`zgaruvchan tok zanjiridagi rezonans hodisalar Reja:
0‘zgaruvchan tokka oid umumiy tushunchalar Rezonans hodisasi Zanjirda R, L, C qarshiliklar ketma-ket ulangandagi rezonans (kuchlanishlar rezonansi). 0‘zgaruvchan tokka oid umumiy tushunchalar Sanoatda o‘zgaruvchan tokdan foydalaniladi. 0‘zgaruvchan tok o‘zgarmas tokka nisbatan bir qancha afzalliklarga ega.Birinchidan o`zgaruv-chan tokni ishlab chiqaradigan geniratorlarning FIK si ancha yuqori. Ikkinchidan o`zgaruvchan tok kuchlanishi transformatorlar orqali o`zgarti-rilganda tok kam isrof bo`ladi, bundan tashqari, o`zgaruvchan tok divigatellari soda tuzilg Yo‘nalishi va kattaligi ma’lum vaqt ichida o‘z-garib turadigan tokka o‘zgaruvchan tok deyiladi. Agarda uning oniy qiymati va yo'nalishi teng vaqt oralig‘ida davriy takrorlansa o'zgarsa, unda davriy o'zgaruvchan tok deyiladi. Barcha ishlab chiqariladigan mahsulotlar kabi elektr energiya-sining ham sifat ko‘rsatkichlari mavjud. 0`zga-ruvchan tokning sinusoidalligi mana shu sifatni aniqlovchi ko‘rsatkichlardan biridir. Umuman olganda, faqat sinusoidal shaklda o‘z-garadigan tokgina emas, balki boshqa shaklda, masalan, uchburchak shaklida o‘zgaradigan tok ham o‘zgaruvchan tok deyiladi. Bunda tok katta-ligi faqat davriy ravishda o‘zgarishi lozim. Hisob-lash texnikasida, radio-teleapparaturalarda arra-mon, to‘rtburchak shaklidagi o‘zgamvchan tokdan foydalaniladi: 0‘zgaruvchan tokning oniy qiymati harfi bilan ifodalanadi.
Har bir erkinlik darajasiga ega bo`lgan konservativ sistemalarda ya`ni energiya to`planish imkoniyatiga ega bo`lgan sistemada tebranish yuzaga kelishi mumkin. Tebranish chastotasi tizimning parametr-lari bilan aniqlanadi. Agar bu sestema mexanik sistema bo`lsa,tebranish kinitik va potinsial energiylar orasida , energiya almashish natijasida sodir bo'ladi. Agar bu sistema L induktivlik va C sig'imga ega bo‘lgan elektr zanjir bo‘lsa, tebranishlar magnit va elektr maydonlar orasida energiya almashishi hisobiga yuzaga keladi. Har bir sistemada, isrof borligi tufayli, energiya almashish natijasida energiyaning bir qismi yo‘qoladi. Shu sababli tebranishlar so'nuvchi bo‘ladi, ya’ni energiya almashish jarayonining har bir davrida tebranish amplitudasi kamayib boradi. Mexanik sistemada ishqalanish natijasida, elektr zanjirida qarshiliklarda issiqlik ajralib chiqishi natijasida energiya isrof bo‘ladi. Har bir sistemada tebranishlarga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar mavjuddir. 1.Xususiy va manba ta'sirida sodir bo‘lgan majburiy tebranishlarning chastotasi tenglashganda rezonans hodisasi sodir bo‘ladi. Rezonans rejimida tebranishlar amplitudasi keskin oshadi. Download 323.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling