0‘zgaruvchan tokka oid umumiy tushunchalar


Zanjirda R, L, C qarshiliklar ketma-ket ulangandagi rezonans (kuchlanishlar rezonansi


Download 323.34 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2023
Hajmi323.34 Kb.
#1113975
1   2
Bog'liq
fizika (2)

Zanjirda R, L, C qarshiliklar ketma-ket ulangandagi rezonans (kuchlanishlar rezonansi).

1. Zanjirda R, L, C qarshiliklar ketma-ket ulangandagi rezonans (kuchlanishlar rezonansi). Bunda zanjirda xususiy tebranish sodir boiadi va u zanjirning tebranish konturi deyiladi Bu zanjirda rezonans sodir boiish shartidan xususiy tebranishlar chastotasini topamiz. Om qonuniga asosan:


I=
Zanjirdagi tok, agar = bolsa, eng katta (maksimal) qiymatga ega boiadi, demak, reaktiv qarshiliklar tengligi bu zanjirda rezonans paydo bolish shartidir: ωL=

Bu munosabatdan xususiy tebranishlar chastota-sini topamiz:


= =



  • Bu formuladan ikkita xulosa chiqarish mumkin.

Birinchi xulosa. Rezonans paytida Z = R, ya'ni zanjirning umumiy qarshiligi aktiv qarshilikka teng va Ut = Uc boladi.
Ikkinchi xulosa. Konturdagi tebranishlar chastotasi induktivlik L va sig‘im C ga bog‘liq.
Rezonans rejimining asosiy hodisasi, bu rezonans paytida tebranishlar amplitudasining keskin ortishidir. Rezonans konturining ana shu xossasini xarakterlovchi kattalik kontuming aslligi deyiladi. Bu qiymat R, L, C lar ketma-ket ulangan zanjirda bir-biriga teng bo‘lgan reaktiv elementlarning kuchlanishi ( = ) va kirish (manba) kuch-lanisharining nisbati bilan aniqlanadi.
Q= = = =

Bu ifoda rezonans paytida reaktiv elementlardagi kuchlanish kirish (manba) kuchlanishidan necha marta katta bo‘lishini bildiradi. Rezonans konturi.ning aslligi konturning muhim ko`rsatkichi hisoblanadi.


Ketma-ket ulangan rezonans konturida tok va kuchlanishlarning manba chastotasiga bog‘liqlik grafigi — chastota bog‘lanish xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, chastota 0 dan ω gacha, ya’ni rezonans chastotasigacha o‘zgarguncha zanjirning umumiy qarshiligi R-j =Z bo'ladi, sig‘im qarshilik induktiv qarshilikdan katta. ω= zanjirning rezonans nuqtasidir.Bu nuqtada zanjirdagi tok maksimal qiymatga erishadi, induktiv va sig‘im kuchlanishlar esa bir-biriga teng. Rezonans nuqtasidan keyin zanjirning umumiy qarshiligi Z=R+jx bo`lib, induktiv qarshlik sig`im qarshilikdan katta.

Chastota ω=0 bo`lgandagi tok
I= (ωL- )=0
Chunki maxrajdagi sig‘im qarshilik cheksizlikka
(X= ) intiladi.
Tok nolga teng bo`lgan uchun =IR va =IU ω L ham nolga teng . Sig‘im kuchlanish esa zanjiming kirish kuchlanishiga teng bo‘ladi.

  • R, L, C qarshiliklar parallel ulanganda zanjirdagi rezonans. R, L, C elementlar zanjirda parallel ulangandagi rezonans hosil bo‘lishini aniqlaymiz. Bunday zanjirdagi rezonans toklar rezonansi deyiladi. Chunki, rezonans paytida sig‘im va induktivlikdagi toklar bir-biriga teng bo‘ladi. Bu



  • zanjir uchun Kirxgofning birinchi qonuniga binoan tenglama yozamiz:

I= + + =U*Y

Zanjirning kompleks to'la o'tkazuvchanligi:

Y= =g-j( -ωC)=g-jb

Rezonans paytida zanjirdagi tok aktiv qarshilikli tarmoqning tokiga teng bo'lishi kerak.


Demak, reaktiv o‘tkazuvchanlikning nolga teng.
( = ) bo‘lishi rezonans paydo bo'lish shartidir.

Bu munosabatdan: =ωC; = = .

Bu ketma-ket ulangan rezonans konturining xususiy chastota formulasidir.
Demak, reaktiv elementlar qanday ulanishidan qat'i nazar, rezonans rezonans konturining chastotasi L va C ga bog‘liq. Toklar rezonansida konturning aslligi (sifatliligi) quyidagi nisbatdan topiladi:
Q= = =
Bundan:
= = = C= =ρ

Yuqorida aytib o‘tilganlarga asoslanib shunday xulosaga kelish mumkin. Rezonans paytida, ya’ni xususiy va majburiy tebranishlar chastotalari tenglashganda, zanjirdagi tok va kuchlanishlar amplitudalari shu zanjirdagi reaktiv quvvat hisobiga kuchayar ekan. Agar aniq chastotali signalni (xabarni) kuchaytirmoqchi boisak, rezonans konturining aslligiga teng signal (xabar) kuchaytiriladi.


Barcha radio va televizion priyomniklarning elektromagnit to`lqinlarni qabul qilib olish prinsi- pi ana shunga asoslangan. Har bir radiostansiya o‘z chastotasiga muvofiq fazoga elektromagnit tolqin tarqatadi. Har bir radio yoki televizion priyomnikda tashqi antenna bilan ulangan tebranish konturi bor. Radiostansiyalarning elektromagnit tolqinlari shu antennani kesib o‘tganda, bu antennada har bir chastotadan induksiya EYK hosil boladi. Priyomnikning tebranish konturi qaysi radiostansiyaning chastotasiga sozlangan bolsa, o‘sha radiostansiyaning elektromagnit tolqinlari kuchaytiriladi demak, o‘sha radiostansiyani eshitamiz. Shunday qilib, tebranish konturi signalning ham ajratish, ham kuchaytirish sistemasi ishini bajaradi. Rezonans hodisalaridan texnikada juda keng foydalaniladi.

Xulosa



Men bu mustaqil ishda rezonans hodisilarni o`rganib chiqdim . Elektr zanjirida ma'lum rezonans chastotada zanjirning impedansi ketma-ket zanjirda minimal yoki parallel zanjirda maksimal bo'lganda paydo bo'larkan. Sxemalardagi rezonans televizor, uyali yoki radio aloqalari kabi simsiz aloqalarni uzatish va qabul qilish uchun ishlatilishini o`rganib oldim. Kelgusi mustaqil ishlarda ham bundan ham yaxshiroq o`rganib chiqishga harakat qilaman.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov A.S., Mirhaydarov M.M. Nazariy elektrotexnika. T., „ 0 ‘qituvchi“, 1979.


2. Rahimov G. R. Elektrotexnika. T., „ 0 ‘qituvchi“, 1966.
3. Majidov S. Elektrotexnikadan ruscha-o‘zbekcha lug‘atspravochnik. T., „ 0 ‘qituvchi“, 1985.
4. Karimov A.S., Mirhaydarov M.M. va b. Elektrotexnika va elektronika asoslari. Texnika oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun darslik. T., „ 0 ‘qituvchi“, 1995
5. Karimov A. S. va b. „Elektrotexnika va elektronika asoslari“ (Programmalashtirilgan savollar va masalalar to‘plami), T., „ 0 ‘qituvchi“, 1978.
Download 323.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling