1- amaliy ish Mavzu: Masofadan zondlash ma’lumotlarini transformatsiyalash Amaliy ishning maqsadi
Download 0.82 Mb.
|
1 amaliy ish (fotogrammetriya )
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ishni bajarish tartibi
- 1-AMALIY ISH
1- amaliy ish Mavzu: Masofadan zondlash ma’lumotlarini transformatsiyalash Amaliy ishning maqsadi. Geografik koordinatalar va proyeksiyani farqlay olish. Bir koordinata tizimidan ikkinchi koordinata tizimiga o’tishni o’rganish va ular orasidagi farqni bilish. Amaliy ishni bajarish tartibi: Transformatsiyalash deb, aerosuratlarni bir xil masshtabdagi aerosuratlarga keltirishda bajariladigan ishlarga aytiladi. Transformatsiyalashni asosiy texnik ko‘rsatkichlari bo'yicha ikki turga bo`linadi. Oriyentirlovchi nuqtalar bo'yicha transformatsiyalash va oriyentirlovchi elementlari bo'yicha transformatsiyalash. Aerofotogeodezik ishlarda aerosurat oriyentirlash nuqtalari bo'yicha transformatsiyalanadi. Oriyentirlash elementlarini aniqlash usullarini takomillashtirish aerosuratlarni oriyentirlash elementlari orqali tranformasiyalashdan yanada ko'proq foydalanishga imkon beradi Transformatsiyalash turlari. Aerosuratlarni transformatsiyalash foydalaniladigan asbob va usullarga ko'ra besh turga bo'linadi: 1.Grafik transformatsiyalash bunda oddiy chizmachilik qurollaridan foydalanib joyni grafik plani hosil qilinadi 2. Fototransformatsiyalash bunda fototransformator yordamida aerosurat transformatsiyaianadi. 3. Optik grafik transformatsiyalash bunda turli optik proektorlar yordamida joyni grafik plani hosil qilinadi. 4. Grafomexanik transformatsiyalash bunda mexanik asboblar pontograf yordamida joyni grafik plani hosil qilinadi. 5. Analitik transformatsiyalash bunda joydagi nuqtalarni koordinatalarini hisoblash orqali amalga oshiriladi. Photomod GeoCalculator dasturini yoqish. Photomod GeoCalculator quyidagi oyna chiqadi. Chap qismida WGS-84 koordinatalar tizimini tanlanadi va variant asosida berilgan koordinatalar ya’ni uzoqlik va kenglik dasturdagi Широта va 24 Долгота ustunlariga kiritiladi. Oʻng tomondagi interfeysda CK-42 koordinatalar tizimi tanlanadi, hamda Proyeksiya Gaussa-Kryugera tanlanadi. Shundan soʻng chap qismdagi interfeysda Вычислить tugmasi bosiladi va quyidagi natija hosil boʻladi: Photomod GeoCalculator daturi yordamida bir koordinatalar sistemasidan ikkinchi koordinatalar sistemasiga oʻgiriladi. Keyin yaratilgan rastr kartani AutoCAD dasturida hosil boʻlgan koordinatalar tizimiga transformatsiyalanadi. Kartalarni berilgan masshtabga keltirish. AutoCAD - bu 1982 yilda Autodesk tomonidan ishlab chiqilgan ikki va uch o'lchovli avtomatlashtirilgan loyihalashtirish va chizmachilik tuzish tizimi. Tizimning birinchi versiyasi 1982 yilda chiqarilgan. AutoCAD va unga asoslangan maxsus dasturlar mashinasozlik, qurilish, arxitektura va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi. Dastur 18 ta tilda mavjud. Mahalliylashtirish darajasi to'liq moslashishdan faqat ma'lumotnoma hujjatlarini tarjima qilishgacha o'zgaradi. Rus tilidagi versiyasi to'liq mahalliylashtirilgan, jumladan, buyruq qatori interfeysi va dasturlash qo'llanmasidan tashqari barcha hujjatlar. TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH UNIVERSITETI MUHANDISLIK QURILISH INFRASTRUKTURA FAKULTETI GEODEZIYA VA KADASTR KAFEDRASI 43-19 GEODEZIYA , KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO’NALISHI YERNI MASOFADAN ZONDLASH VA RAQAMLI FOTOGRAMMETRIYA FANIDAN 1-AMALIY ISH Bajardi: 43-19 guruh talabasi Murodullayeva D Tekshirdi: Tojiddinov A. Toshkent 2023 Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling