1 – amaliy mashg’ulot хavflarning хususiyatlarini va guruhlanishini o’rganish. Reja


Download 189.12 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi189.12 Kb.
#216922
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 – amaliy mashg’ulot хavflarning хususiyatlarini va guruhlanish-fayllar.org

2. Хavflarning guruhlanishi

Хavflarni kelib chiqish tabiatiga, sababiga, oqibatiga, zarariga, sohasiga, tuzilishiga va ta’siriga qarab quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin:

1. Kelib chiqish tabiatiga ko’ra xavflar quyidagilarga bo’linadi: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’liq), ekologik, aralash (ikkita va undan ortiq).

2. Rasmiy standart bo’yicha: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.

3. Salbiy oqibatlarning yuzaga kelish vaqtiga ko’ra xavflar impulsli va kumulyativ (inson organizmida yig’iluvchi) bo’ladi.

4. Olib keluvchi oqibatiga ko’ra: toliqish, kasallanish, jaroxatlanish, xalokat, yong’in, o’lim xavfi va boshqa.

5. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ekologik va boshqa.

6. Lokalizatsiyasi (chegaralanishi) bo’yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’liq bo’lgan xavflar.

7. Kelib chiqish soxasiga ko’ra: turmushga, sportga, yo’l - transportga, ishlab chiqarishga, urushga oid xavflarga bo’linadi.

8. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va xosila (oddiylarning ta’sirida xosil qilingan) bo’linadi.

9. Insonga ta’sir qilish xarakteriga ko’ra faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.

Energiya xisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o’zi vujudga keltirishi mumkin. Masalan, o’tkir (sanchiluvchi va kesuvchi) qo’zgalmas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar.

Хavflarning baxtsiz xodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjud.


Download 189.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling