Хavflarning хususiyatlarini va guruhlanishini o’rganish. Reja: Umumiy ma’lumotlar Хavflarning guruhlanishi
Download 298.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
1 – amaliy mashg’ulot
Reja: 1. Umumiy ma’lumotlar 2. Хavflarning guruhlanishi 3. Хavflarni guruhlashga topshiriq
Faylasuflarning fikricha, insonga berilishi kerak bo’lgan eng to’g’ri ta’rif bu “Nomo agens”dir, ya’ni harakat qiluvchi, yoki faoliyat ko’rsatuvchi odamdir. Ongli ravishda ma’lum bir maqsadga, natijaga erishish uchun qilingan har qanday hatti- harakatni faoliyat deb qarash mumkin. Bu tasdiqdan kelib chiqadiki, faoliyatni faqat insongina o’z ongi va tafakkuri mahsuli sifatida ko’rsatishi mumkin. Buning oqibati o’laroq faoliyat insonlar jamiyati mavjud bo’lishligining eng zarur shartlardan bittasi bo’lib yuzaga chiqadi. Mehnat esa faoliyatning oliy shaklidir, chunki faqat mehnat tufayligina insoniyatning barcha moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi boyliklari yaratiladi. Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, jamiyatda, madaniyatda, ishlab chikarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma’naviy jarayonlarni o’z ichiga oladi. Faoliyat jarayonining modelini umumiy xolda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin. Bular bir - biri bilan to’g’ri va qaytma (teskari) aloqada bo’ladigan inson va muhit elementlaridir (1.1 – rasm).
Inson muhit
1.1 - rasm. Faoliyat jarayoni modeli (”inson – muhit” tizimi). Qaytma aloqalar moddiy dunyoning reaktivlik xususiyatiga, ya’ni tashqi ta’sirga nisbatan qarshi ta’sir ko’rsata olish umumiy qonuniyatlariga asoslangan. «Inson - muxit» tizimi ikki
ko’ngilsiz oqibatlar yuzaga keladi. Ko’ngilsiz oqibatlarga quyidagilar kirishi mumkin: inson hayotiga xavf solish, sog’lig’iga jismoniy jihatdan zarar yetkazishlar (turli darajadagi jarohatlanishlar) sog’liqga psixofiziologik jihatdan zarar yetkazishlar, yong’inlar, portlashlar, buzilishlar (avariyalar), falokatlar (katastrofalar), muhitdagi ekologik buzilishlar va boshqalar. Bu ko’ngilsiz oqibatlarni keltirib chikaruvchi xodisa, ta’sir va boshqa jarayonlar - xavflar deb ataladi.
Хavflar uchun quyidagi belgilar xarakterlidir: hayotga taxlika solish, sog’liqqa zarar, inson a’zolari ishlashining qiyinlashishi.
1.2 - rasm. Faoliyat jarayoni modelida “xavfsizlik”ni ta’minlash muammosining yuzaga kelish bosqichlari. Potensial xavf amalga oshishi, ya’ni real xavfga aylanishi uchun “sabablar” deb ataluvchi sharoitlar zarurdir. Quyida xavf va uning oqibatini xarakterlovchi ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Yer yuzida tabiiy ofatlar soni ko’payib bormoqda, u 1990 yilda 1960 yilga nisbatan ikki marta oshdi. Butun dunyo sog’liqni saqlash jamiyatining ma’lumotlari bo’yicha dunyoda 1909 yildan 1974 yilgacha asab kasalligi bilan kasallanish 24 marta ko’paygan. Dunyoda 500 mln. ga yaqin nog’iron bo’lib, ularning xar 1/5 baxtsiz xodisa natijasida sodir bo’lgan. Mustaqil davlatlar xamdo’stligi (MDХ) davlatlarida xar yili 19 milliongacha kishi jaroxatlanadi, o’rtacha 500 ming kishi xalok bo’ladi, shundan 50-60 minggi yo’l - transport xodisasiga, 10 minggi yong’inga va 14 minggi bevosita ishlab chiqarishga to’g’ri keladi. MDХ davlatlarida xar yili 30 mingga yaqin kishi mexnat nog’ironi bo’ladi. Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra 1989 yildan boshlab jaroxatlanish darajasi mamlakatlar bo’yicha 4 foizga oshgan, ularning ayrimlarida esa bu ko’rsatgich 11-19% va undan xam yuqori bo’lmoqda. Bir yilda xar 1000 ta kishiga to’g’ri kelgan o’lim bilan tugagan baxtsiz xodisalar quyidagi 1.1 – jadvalda keltirilgan.
Bir yilda xar 1000 ta kishiga to’g’ri kelgan o’lim bilan tugagan baxtsiz xodisalar sonining taqqoslangan ko’rsatgichlari Davlatlar MDХ Garbiy Yevropa Sharkiy Yevropa Jami
11 8 12 Baxtsiz xodisadan 1,5
0,5 0,8
% 13,6
6,25 6,6
HFХning asosiy tushunchalari. Хavf – hayot-faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u xodisa, jarayon va ob’ektlarning inson sog’lig’iga to’g’ridan-to’gri yoki bilvosita ma’lum sharoitda qanday darajada zarar yetkazish qobiliyatini ko’rsatadi, ya’ni ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Taxlilning maqsadiga ko’ra xavfni xarakterlovchi belgilar soni ko’payishi yoki kamayishi mumkin. HFХ dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud bo’lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga tortuvchi, xamda faoliyatning xamma turlarini xisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir. Har qanday energiyaga, kimyoviy yoki biologik faol tashkil qiluvchilarga ega bo’lgan, hamda parametrlari inson hayot - faoliyat kechirish sharoitlariga to’g’ri kelmaydigan ko’rsatkichlarga ega bo’lgan har qanday tizim xavf tug’diradi. Хavfsizlik - bu faoliyatning shunday bir xolatiki, bunda ma’lum bir ehtimollik bilan xavflarning yuzaga kelishi bartaraf qilingan bo’ladi. Хavfsizlik bu insonlar oldiga ko’yilgan maqsaddir. HFХ esa maqsadga erishishning vositasi, yo’li va usullaridir. Хavflar taksonomiyasi tushunchasi xavflarni ma’lum bir belgisi bo’yicha klassifikatsiyalash, sinflash yoki guruhlashdir. Хavf ko’p belgilarga ega bo’lgan murakkab iyerarxik tushunchadir. bir qismi quyida keltirilgan. Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakuum, vulqon, vaxima, gaz, gerbitsid, daxshat, dard, dinamik zo’riqish, yemirilish, yomg’ir, yong’in, zo’riqish, zaxar, zilzila, ifloslanish, ichkilik, kasallik, kamchilik, Modomiki shunday ekan, faoliyat xavfsizligi soxasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda, xavflarning tabiatini chuqur aniqlashda va bilishda xavflarni taksonomiyalash muxim rol o’ynaydi
tushunchalari ro’yxatidir. Xozirgi kunda xavflar nomi bo’yicha alfavit tartibida nomenklatura qilingan. Хavflar nomenklaturasining kuyish, loy, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, pulsatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans, sogaymoq, saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, ultratovush, xujum, xavf, charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak, yadro. Aniq, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borilganda xar bir aloxida ob’ektlar uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va x.k.) xavflar nomenklaturasi tuziladi.
aniqlash uchun sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullari qo’llaniladi. Хavflarni baxolashning eng keng tarqalgan usuli “tavakkal”dir. Хavflarni identifikatsiyalash – xavflarni identifikatsiyalash deganda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni amalga oshirish uchun xavflarning zarur va yetarli bo’lgan miqdoriy (sonli), vaqtiy, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish, aniqlash va belgilash jarayoni tushuniladi. Identifikatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muxim bo’lgan xavflar nomenklaturasi, xavflarning sodir bo’lish extimolligi, fazoviy lokalizatsiyasi, ya’ni yuzaga kelish joyining koordinatalari, ko’riladigan taxminiy zarar va shunga o’xshash ko’rsatkichlar aniqlanadi. Faoliyatning potensial xavfga ega ekanligi haqida aksioma –Insoniyat tajribasi shuni ko’rsatadiki faoliyatning har qanday turida potensial xavf mavjuddir. Demak, faoliyatning hech qanday bir turida mutloq (absolyut) xavfsizlikga erishib bo’lmaydi. Bu tasdiq aksioma xarakteriga ega. Bu aksiomaning metodologik va evristik ahamiyati kattadir.
Хavflarni kelib chiqish tabiatiga, sababiga, oqibatiga, zarariga, sohasiga, tuzilishiga va ta’siriga qarab quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: 1. Kelib chiqish tabiatiga ko’ra xavflar quyidagilarga bo’linadi: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’liq), ekologik, aralash (ikkita va undan ortiq). 2. Rasmiy standart bo’yicha: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik. 3. Salbiy oqibatlarning yuzaga kelish vaqtiga ko’ra xavflar impulsli va kumulyativ (inson organizmida yig’iluvchi) bo’ladi. 4. Olib keluvchi oqibatiga ko’ra: toliqish, kasallanish, jaroxatlanish, xalokat, yong’in, o’lim xavfi va boshqa. 5. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ekologik va boshqa. 6. Lokalizatsiyasi (chegaralanishi) bo’yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’liq bo’lgan xavflar.
7. Kelib chiqish soxasiga ko’ra: turmushga, sportga, yo’l - transportga, ishlab chiqarishga, urushga oid xavflarga bo’linadi. 8. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va xosila (oddiylarning ta’sirida xosil qilingan) bo’linadi. 9. Insonga ta’sir qilish xarakteriga ko’ra faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi. Energiya xisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o’zi vujudga keltirishi mumkin. Masalan, o’tkir (sanchiluvchi va kesuvchi) qo’zgalmas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar. Хavflarning baxtsiz xodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjud.
Quyida keltirilgan voqea va hodisalarni xavflar guruxlariga tavsiflab bering. Хavflar turi: 1. Suv ombori to`g’onida zilzila oqibatida damba yorildi. 2. Kimyoviy zavodda KTZM (kuchli ta’sir etuvchi zaxarlovchi modda) tarqaldi. 3. Atom elektr stansiyasida avariya yuz berdi. 4. Ko’prikda poyezdlar avariyaga uchradi. 5. Tog’ oldi zonasida sel kelishi natijasida suv toshqini yuz berdi. 6. Kanalda avariya yuz berdi. 7. Tog’ oldi zonasida tuproq ko’chishi yuz berdi. 8. Meliorativ mashinalarni ta’mirlash korxonasida yong’in. 9. Tog’ zonasida qor ko’chishi yuz berdi. 10. Aholi yashaydigan punktda yuqumli kasallik tarqalishi.
Хavf turi Talabaning varianti 1, 11 2, 12 3, 13 4, 14 5, 15 6, 16 7, 17 8, 18 9, 19 10,20 1
X 2
X
3 X
4
X
5
X
6
X
7
X
8
X
9
X
10
BAХTSIZ HODISANI TAHLIL QILISH UCHUN “SABABLAR VA ХAVFLAR DARAХTI”NI QURISHNI O’RGANISH Reja: 1. Umumiy ma’lumotlar 2. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga namunaviy misol. 3. "Xavflar daraxti" ni tuzish 1. UMUMIY MA’LUMOTLAR Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida katta o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda. Bu o’zgarishlar bir tomondan jamiyat a’zolarining yashash va mexnat sharoitining yaxshilanishiga sabab bo’lsa ikkinchi tomondan inson hayot - faoliyatiga xavf tug’diruvchi, sog’lig’iga zarar yetkazuvchi, salbiy oqibatlarga olib keluvchi voqea- hodisalarga sabab bo’lmoqda. Respublikamizda sug’orma dexqonchilik hududlarida paxta va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarining xosildorligini oshirishda sug’orish tizimlaridan unumli foydalanish, mahalliy va mineral o’g’itlardan, qishloq xo’jalik mexanizmlari, vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Hozirda Respublikamizning qishloq xo’jalik yerlarida 61 ta suv ombori, 27 ming kilometr suv tarmoqlari, 15 ming suv o’lchagich, ko’plab suv inshootlari, qishloq xo’jalik mashinalari, uskunalari xizmat ko’rsatadi. Yuqoridagi tizimlar, mashina va mexanizmlar beto’htov, qoniqarli ishlashi ko’p jihatdan ana shu joylarda ishovchilarning o’z ishlarini puxta bilishlari, turli xil noxush oqibatlarning oldini olib bilishliklari, sog’-salomat mehnat qilishlariga bog’liq. Har qanday xavf bir yoki bir nechta sabablar tufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda zarar yetkazadi. Sababsiz real xavflar yuzaga kelmaydi. Хavflarni o’rganish quyidagicha ketma-ketlikda olib boriladi:
1-qadam. Хavfning manbaini aniqlash. 2-qadam. Хavflarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan tizim qismlarini aniqlash. 3-qadam. Tahlilga chegaralanishlar kiritish, ya’ni o’rganish talab qilinmagan xavflarni chiqarib tashlash.
daraxtini ko’rish. Uchinchi bosqich - oqibatlarni tahlil qilish. Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish ularni yuzaga keltiruvchi sabablarni aniqlashga, o’rganishga asoslangan. Yuzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o’rtasida o’zaro sabab-oqibat bog’lanishi mavjud: xavf ma’lum bir sabab oqibatidir, u sabab esa, o’z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va hokazo. Bu ketma-ketlik zanjirsimon davom etadi. Shunday qilib, sabablar va xavflar iyerarxik ravishdagi, zanjirsimon strukturalarni yoki tizimlarni (sistemalarni) hosil qiladi. Bunday bog’lanishlarning grafik ko’rinishi shoxalab ketgan daraxtni eslatadi. Unga nisbatan ob’ektlar xavfsizligining tahliliga bag’ishlangan xorijiy adabiyotlarda, shunday tushunchalar (terminlar) ishlatiladi: “sabablar daraxti”, “buzilishlar daraxti”, “xavflar daraxti” va “hodisalar daraxti”. Ko’rilayotgan daraxtlarda qoida bo’yicha sabab va xavf shoxchalari mavjud bo’ladi. Bu esa, sabab-oqibat bog’lanishlarining dialektiv xususiyatga ega ekanligini to’liq namoyon qiladi. Bu shoxchalarni bir-biridan ajratish maqsadga muvofiq emas, ba’zida aslo iloji yo’q.. Shu sababli ob’ektlarning xavfsizligini tahlil qilish jarayonida hosil bo’lgan grafik ko’rinishlarni “sabablar va xavflar daraxtlari” deb nomlash aniqroq bo’ladi. “Daraxt”larni qurish turli ko’ngilsiz hodisalarning sabablarini aniqlashda juda katta samara beradigan usul hisoblanadi. “Daraxt” shohalanishining ko’p bosqichli jarayon ekanligi, uning chegaralarini aniqlash maqsadida cheklashlar kiritishni talab qiladi. Bu cheklashlar ilmiy izlanishlarning maqsadiga muvofiq ravishda kiritiladi. Umuman, shoxalanishning chegarasi yangi shoxalar hosil qilinishining mantiqiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asosida aniqlanadi.
2. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga namunaviy misol. 2.1 – rasm. Kran - balka ilgagidan yukning tushib ketish hodisasi sabablarini aniqlash daraxti sxemasi. Bu usulda "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo`ladi.
1.
Variant bo`yicha xavf - xatar turini aniqlash. 2. Хavfning sinfini aniqlash. 3. Хavfning extimoliy ketma - ketligini yozma ravishda ifodalash. 4. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurish. 5. Хavf - xatarning oldini oluvchi chora - tadbirlarni belgilash. Topshiriqni yechish uchun ko’rsatmalar:
1. 2.1 – jadval orqali xavf - xatar turi variant bo`yicha yoki o’qituvchi topshiriqi bo`yicha aniqlanadi. 2. Хavfninig sinfini aniqlashda I - chi amaliy mashg`ulotdan foydalaniladi. 3. Хavfning to’liq tavsifi talabaning nazariy bilimlari asosida yoki o’qituvchi ko’rsatmalariga binoan yozma ravishda ifodalanadi. 4. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurish uchun birinchi, ikkinchi, uchinchi punktlardagi ma’lumotlar asosida shakliy ravishda ifodalanadi. 5. Хavf - xatar oldini oluvchi chora tadbirlar uning turiga qarab belgilanadi.
Хavf – xatarlar 1, 11
Toshqin 2, 12
Yong’in 3, 13
Portlash 4, 14
Zaxarlanish 5, 15
Avariya 6, 16
Qurilishda baxtsiz xodisa 7, 17
Elektr qurilmalarida baxtsiz xodisa 8, 18
Ta’mirlash ustaxonalarida baxtsiz xodisa 9, 19
Mexanizm bilan bog’liq baxtsiz xodisa 10, 20
Tabiiy ofatlar va shu kabilar Kran-balka ilgagidan yukning tushib ketishi Saqlagich qulfining yo`qligi Fiksator kuchining yo`qolishi Chiqish yoki kirish Trosning uzilishi Trosning zanglashi (korroziyasi) Tehnik nazoratning yo`qligi Download 298.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling