1- amaliy mashg’ulot: kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlari darsning maqsadi


Download 26.88 Kb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi26.88 Kb.
#1799246
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

Fayl atributlari deb, katalogda belgilab borilayotgan fayl nomi, turi, yozilgan sanasi va vaqtiga aytiladi. Fayl nomi, uning hajmi, oxirgi marta yozilish sanasi va vaqti, atributlari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi diskdagi maxsus joyga katalog deb aytiladi. Katalog ham fayl singari nomlanadi. Ammo, kengaytmasi ishlatilmaydi. Har bir diskda bir nechta katalog bo’lishi mumkin. Katalog ichida yana katalog joylashgan bo’lsa, u holda biri ikkinchisiga nisbatan ichki yoki tashqi katalog sifatida nomlanadi. Ixtiyoriy diskda bosh yoki tub katalog bo’lib unda boshqa barcha fayl va kataloglar bosqichma-bosqich joylashgan bo’ladi.


Joriy disk/katalog deb ayni shu vaqtda ishlanayotgan disk/katalogga aytiladi. Berilayotgan ixtiyoriy DOS buyruqlari (Faylni hosil qilish, o’chirish, izlash kabilar) aynan shu joriy disk/katalogda amalga oshiriladi. Joriy bo’lmagan disk/ katalogdagi fayl ustida ish olib borish uchun uning joylashgan joyi, ya’ni faylning to’liq nomi ko’rsatilishi lozim. Ba’zi bir hollarda, jumladan, kompyuter osilib qolganda, ya’ni klaviaturaning ixtiyoriy klavishi bosilganda ham, shaxsiy kompyuter «chiyillagan» tovush chiqarishdan nariga o’tmasa, OS qaytadan yuklanadi. Bu esa ctrl, alt va del klavishlarini birdaniga bosish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Faylning to’liq nomi deb, faylning ushbu [Disk nomi:][ /Katalog nomi /] Fayl nomi ko’rinishiga aytiladi. Demak, faylning to’liq nomi -disk nomi, fayl joylashgan kataloggacha bo’lgan yo’l, ya’ni ichma –ich joylashgan kataloglar nomi va fayl nomidan tashkil topar ekan. Masalan:
C: /pr2.txt -C: diskning joriy katalogidagi pr2.txt faylini;
User/pr1.txt -joriy katalogning User katalogidagi pr1.txt faylini bildiradi.

Niqob belgilaridan foydalanish


Ba’zan, bitta buyruq yordamida biror bir umumiylik belgisi bilan bir xil bo’lgan barcha fayllar ustida ish olib borishga to’g’ri keladi. Masalan, faqat .txt kengaytmali fayllarni yoki ma’lum bir harf bilan boshlanuvchi ixtiyoriy kengaytmali fayllarni yoki joriy katalogdagi barcha fayllarni ajratib bosmaga chiqarish, nusxa olish va o’chirish kabi amallar. Mana shunday hollarda niqob belgilari deb aytiluvchi va belgilaridan foydalaniladi. Bunda, “*” belgisi fayl nomi yoki kengaytmasidagi ixtiyoriy belgilar sonini, “?” belgisi esa faqatgina bitta belgini ifodalaydi. Masalan:



Download 26.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling