1 – amaliy mashg’ulot Maktab yoshidagi bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar
Download 0.78 Mb.
|
1 – amaliy mashg’ulot PPT
1 – amaliy mashg’ulot Maktab yoshidagi bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar.Antiqa hayvonot bog’i Ko’z oldingizda qator mavjudotlar turibdi. Ularni eslab qolish uchun bir daqiqa vaqtingiz bor. Bir daqiqadan so’ng rasmdan nigohingizni uzing va... …har bir jonivorning nomini alifbo tartibida yozib chiqing. Sanalar va voqealar Quyida odamlarning ismlari va ular bilan bog’liq sana hamda voqealar yozilgan. Bu ro’yxatni uch marta o’qib chiqing. So’ngra esa ro’yxatga qaramasdan eslab qolganlaringizni yozib chiqing. Vitya va Floraning to’yi 1976 yil 17 iyulda bo’lgan. Larisa 1987 yil 12 mayda tug’ilgan. Yulya nomzodlik dissertatsiyasini 2013 yil 21 iyunda yoqlagan. Mer 2015 yil 25 fevralda tantanali tadbir o’tkazishni rejalashtirgan. Oq Bim qora quloq Bu jonivorlarni va ularning laqablarini eslab qolish uchun 30 soniya vaqtingiz bor. Vaqt nihoyasiga yetgach, xotirangiz qanchalik kuchli ekanligini sinab ko’ring. Tarixni yozamiz Taniqli tarixiy shaxslarning ismlari va tug’ilgan yillarini eslab qolishingiz uchun 90 soniya vaqt ajratilgan. Endi esa... Tomas Edison 1847 Kardinal Rishelьe 1585 Mariya Kyuri 1867 Galiley 1564 Volьter 1694 Nikollo Paganini 1782 Sara Bernar 1844 Rabindranat Tagor 1861 …barcha ismlar va sanalarni aralashtirib tashladik. Har bir shaxsning tug’ilgan yilini aniq topishga harakat qilib ko’ring. Ro’yxatga qaramang! Gilamdagi gullar Suratga razm soling. Unga istaganingizcha tikilib turing. Hamma narsani eslab qolganingizga ishonch hosil qilganingizdan keyin esa suratdan ko’zingizni oling va quyidagi savollarga javob bering. Suratda nechta uchta gulbargli gul tasvirlangan? Nechta qora rangli gul tasvirlangan? Nechta gul beshta gulbargli, lekin boshqa qo’shimchalari yo’q? Temperamentni aniqlash testi! Har bir inson tarbiya mahsuli bo’lish bilan birgalikda, tabiat tomonidan ato etilgan tug’ma biologik xususiyatlarga ham ega. Mazkur biologik xususiyatlar fan tilida temperament deb ataladi. Temperamentga xos sifatlar keyinchalik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo’ladi. Ya’ni temperament — shaxs faoliyati va xulqining o’zgaruvchan hamda emotsional-hissiy tomonlarini aks ettiruvchi individual xususiyatlar majmuidir. Dunyodagi insonlar temperamentiga ko’ra 4 xil turga bo’linadi. Siz ulardan qay biriga mansubligingizni bilasizmi? Fe’l-atvoringizning eng nozik qirralarini-chi? U holda psixologiya sizga bu borada yordam beradi. Test yordamida temperamentni aniqlash Berilgan to’rt fikrdan birini tanlab, jadvaldagi o’sha harfga (+), qolganlariga (-) qo’yiladi. Hamma (10 ta) fikrlardan o’zingizga taalluqlisini belgilaganingizdan so’ng qaysi qatorda ko’p (+) bo’lsa, o’sha sizning temperamentingiz hisoblanadi. Savollar varaqasini o’qishdan oldin o’zingizga javoblar varaqasini chizib oling.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling