O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Telestudiya tizimlari va ilovalari kafedrasi
Ishlab chiqarish amaliyoti
Amaliyot hisoboti
511-20-gurux talabasi
Bajardi: Ashirov A
Tekshirdi: Umarova D
Toshkent-2023
Kirish
Ishlab chiqarish amaliyoti talabalarning 9oy davomida universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llab sinab ko’rish, nazariy holatda tushunmagan holatlarini tushunib yetish hamda universitetda professor o’qituvchilar tomonidan berilgan bilim va ko’nikmalarni yanada boyitish va mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu boisdan oliy ta’lim muassasalari o’z talabalariga o’quv yili nihoyasiga yetgach ya’ni har 2 semestrda soha bo’yicha xususiy va davlat korxonalari tashkilotlarga amaliyot o’tash uchun yo’llanma beradilar.
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Televizion texnologiyalari fakulteti 3-kurs uchun amaliyot vaqti 26.06.2023 dan boshlanib 05.08.2023 gacha haftada 5kun(shanba va yakshanba)dan tashqari bo’lib o’tdi. Men xar kunlik bajarilgan ishlarni rasmga olib yozib chiqdim.
Texnika xavfsizligi
Men birinchi kuni amaliyot rahbarlarim bilan tanishib oldim, keyin televideniya texnik xodimlari bizni texnika xavfsizligi bo’yicha tanishtirdilar, bizga televideniyadagi barcha apparatlar haqida ma’lumotlar berishdi. Qaysi uskunalar bilan ishlash kerak va qaysilariga tegmaslik kerakligini o’rgatishdi
Keyin esa elektr qurilmalari yerga ulanish qoidalarini va yerga ko’milgan trubalar orasida qancha masofa bo’lishi kerakligini o’rgatishdi.
Amaliyot maqsadi
Bizning amaliyot o’tashdan asosiy maqsad va vazifalarimiz shundan iboratki, biz egallagan bilimlarimizni amaliy jihatdan mustahkamlashdir. Tasvirga olish jarayoni, undagi holatlar, operatorlar bajaradigan ishlar, teledasturlar tayyorlash, sohaga tegishli bir qancha ko’nikmalarni amaliyotda o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |