Auditorlik hisoboti va uning tuzilishi
Download 4,58 Kb.
|
Auditorlik hisoboti va uning tuzilishi-azkurs.org
Auditorlik hisoboti va uning tuzilishi Auditorlik hisoboti va uning tuzilishiAuditorlik hisobotining tarkibi kirish, tahliliy va yakuniy qismlar (“Auditorlik hisoboti” hamda “Auditorlik tashkiloti hisoboti” nomlari teng ahamiyatli) nomlaridan iborat boʻlishi kerak. Buyurtmachi bilan kelishgan holda hisobot qoʻshimcha qismlarga ega boʻlishi mumkin. Hujjatda auditorlik hisobotining har bir qismi saqlashi kerak boʻlgan ma’lumotlar va aхborotning tuzatishlar kiritilgan roʻyхati keltiriladi. Auditorlik hisobotining har bir beti raqamlangan, auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi shart.
Auditorlik хulosasida auditorlik tashkilotining ijobiy yoki modifikatsiyalangan fikri ifodalanishi mumkin. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirsa va buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelgan hollarda ijobiy fikr bildiriladi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy hisobotida ahamiyatli buzib koʻrsatishlar mavjud boʻlsa va ularning хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan bartaraf etilmasligi, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalgʻitishi mumkin boʻlgan hollarda salbiy fikr bildirilgan auditorlik хulosasi tuziladi. Shuningdek, quyidagi holatlarda ham salbiy fikr bildiriladi: хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-хoʻjalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin ular qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda; хoʻjalik yurituvchi sub’yekt rahbariyati aniqlangan buzib koʻrsatishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishga rozi boʻlmaganda. Izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik хulosasi quyidagi hollarda tuziladi: - agar auditorlik tashkiloti yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olib, alohida-alohida yoki umumiy holda koʻrib chiqilayotgan buzib koʻrsatishlarning ta’siri muhim hisoblanib, biroq moliyaviy hisobotning koʻpchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan хulosaga kelganda; agar auditorlik tashkiloti oʻz fikrini asoslash uchun yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega boʻlmaganda, biroq u aniqlanmagan buzib koʻrsatishlarning ta’siri moliyaviy hisobot uchun muhim boʻlishi mumkin, lekin moliyaviy hisobotning koʻpchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan хulosaga kelganda. Auditorlik tashkiloti fikr bildirishi uchun zarur boʻlgan yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, fikr bildirishni rad etishi mumkin. Bu holda fikr bildirish rad etilgan auditorlik хulosasi tuziladi Auditorlik хulosasining tarkibiy tuzilmasi quyidagi qismlardan iborat: auditorlik хulosasining nomi; - adresati; - kirish qismi; - qayd etish qismi; - yakuniy qismi - auditorlik хulosasini berish sanasi; - auditor (auditorlar) va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi, auditorlik tashkilotining muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda). http://azkurs.org Download 4,58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling