Mavzu: Moliyaviy hisobotning tuzilishi


Download 396.5 Kb.
bet1/6
Sana23.03.2023
Hajmi396.5 Kb.
#1288252
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mundarija kirish 3 Buxgalteriya balansi to‘g‘risidagi hisobot

Kurs ishi


Mavzu: Moliyaviy hisobotning tuzilishi


Ilmiy rahbar: Imamova N






MUNDARIJA:




KIRISH 3
“Buxgalteriya balansi” to‘g‘risidagi hisobot 5
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 8
“Xususiy kapital” to‘g‘risidagi hisobot 11
“Pul oqimi ” to‘g‘risidagi hisobot 14
ILOVALAR 19
Xulosa 31
Foydalanilgan adabiyotlar: 33


KIRISH

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning buxgalteriya hisoboti va foydalanuvchilarni axborot bilan ta'minlashning eng muhim vositasi va muloqotning asosiy vositasi hisoblanadi. Korxonalar, tashkilotlar iqtisodiy faoliyatining iqtisodiy samaradorligini prognozlash, rejalashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash uchun buxgalteriya ma'lumotlari talab etiladi. Buxgalteriya hisoboti - muayyan davr uchun tashkilotning mol-mulki va moliyaviy holatini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar tizimi. Ko'rsatkichlar tizimi jadvallar to'plami (hisobot shakllari) shaklida taqdim etiladi. Buxgalteriya hisoboti tashkilotning moliyaviy holati, uning faoliyatining moliyaviy natijalari va uning moliyaviy holatidagi o'zgarishlar to'g'risidagi yagona ma'lumotlar tizimi sifatida buxgalteriya ma'lumotlari asosida tuziladi.


Buxgalteriya hisobotining konseptual qoidalari.
Konseptual qoidalar tizimi 1980 yillarda Moliyaviy Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi va Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi tomonidan AQSH, Kanada va Avstraliyada yaratilgan. Xalqaro moliyaviy hisobotlar standarti (IFRS) qoidalar tizimida vazifalari, o‘ziga xosligi va chegarasi yozib qo‘yilgan qaysi moliyaviy hisob va qayd qilish ajratiladi. Buxgalteriya konseptual qoidalar tizimi mavjud amaliyot tizimlarini rivojlangan yangi amaliyotlar bilan tayyorlanishini qabul qilinishini belgilab beradi. Konseptual qoidalar tizimi buxgalteriya ishi tomonidan cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Bu moliyaviy hisobotlar tayyorlashning obyektlari, hisobotning sifat harakteri, moliyaviy hisobotning elementlari va boshqarish ishlarini o‘z ichiga oladi. Boshqarish ishlari mahsulotlarni tan olish, hisobotda qiymatlarning o‘lchovi, moliyaviy hisobotning taqdimoti va korxonaning hisoboti tayyorlanishini qamrab oladi. U yana yuqorida har bir qismda eslatib o‘tilgan qoidalar, prinsiplar va cheklovlarni ifoda etadi.
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” nomli BHMSga binoan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir: hisoblash; ikki yoqlama yozuv usulida hisob kitobni yuritish;
uzluksizlik;xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash;ishonchlilik;ehtiyotkorlik;mazmunningshakldan uzunligi;ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;moliyaviy hisobotdagi betaraflik;hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi;tushunarlilik aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;ahamiyatlilik;jiddiylik;haqqoniy va xolis taqdim; tugallanganlik; izchillik;o‘z vaqtida taqdim etish; Zamonaviy sharoitlarda buxgalteriya hisobi quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

  • baholash axborot

  • analitik

Normativ hujjatlar asosida oraliq hisobot va yillik hisobotlarning tarkibini o'z ichiga oladigan asosiy hisobot shakllar quyidagilar:

  • Forma 1 “buxgalteriya balansi ” to‘g‘risidagi hisobot

  • Forma 2 “moliyaviy natijalar” to‘g‘risidagi hisobot

  • Forma 3 “Xususiy kapital” to‘g‘risidagi hisobot

  • Forma 4 “Pul oqimi” ” to‘g‘risidagi hisobot

  • Izohlar va tushuntirishlar

  • Auditorlik xulosasi

Yuqoridagi shaklllar xalqaro standart asosida tavsiya etilgan shakllar bo’lib buxgalteriya hisobotida hammasidan foydalanish shart emas. Harqanday firma o’zining xususiy hisobot shakllarini yaratish mumkin.Amma yaratish jarayonida xalqaro standartlardagi majburiy bo’limlarni keltirib o’tishi kerak. Oraliq hisobot hisobot davri tugaganidan keyin 30 kun ichida, yillik hisobot davri tugagan kundan boshlab 90 kun ichida taqdim etiladi. Hisobotni taqdim etishning aniq sanasi muassislar yoki umumiy yig'ilish tomonidan belgilanadi. Shu bilan birga, yillik hisobot hisobot yilining oxirida 60 kundan ilgari taqdim etilmaydi. Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish sanasi uning amal qilish muddati yoki haqiqiy taqdim etilgan kun hisoblanadi. Agar taqdim etilgan sana ishlamaydigan kunga to'g'ri keladigan bo'lsa, unda taqdim etilgan muddat birinchi, keyingi ish kuni hisoblanadi. Korxonaning filiallari va vakolatxonalari mavjud bo'lgan taqdirda, jamlama hisobot tayyorlanadi. Agar korxona sho‘ba korxonalariga ega bo'lsa, unda konsolidatsiyalangan hisobot tuziladi.Kichik tadbirkorlik sub'ektlari, shuningdek notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari yillik hisobot tarkibida forma 3,4,5 lar va tushuntirish taqdim etmaslik huquqiga ega.Yillik hisobotni tuzishdan oldin quyidagi tayyorgarlik ishlari olib boriladi:

  • hisobot tuzish sanasida analitik va sintetik hisob ko'rsatkichlarini solishtirish (qoldiq va aylanma summalarning tengligi)

  • tashkilotning mol-mulkini inventarizatsiya qilish, hisob-kitoblari va moliyaviy majburiyatlarini hisoblash

  • hisobot uchun tayyorgarlik jarayonida aniqlangan xatolar bo'yicha buxgalteriya yozuvida tuzatishlar kiritish

  • buxgalteriya hisobida aks ettirilgan aktivlar va majburiyatlarni baholashni aniqlashtirish

Moliyaviy hisobotlarni tuzishda u quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Tashkilotning mulkiy va moliyaviy ahvoliga oid axborotni taqdim etishning ishonchliligi va to'liqligi.

  • Hisobotlarning o’z vaqtida taqdim etilishi

  • Neytral malumotliligi (hisobotdagi ko’rsatkichlar turli xil guruh foydalanuvchilariga xizmat qilishi kerak ularning qaror qabul qilishiga tasir ko’rsatmasligi kerak)

  • Hisobot ko’rsatkichlarning turli vaqt shkalalarida solishtirish imkoni(hisobotlarda minimum 2 yil birga keltirilishi kerak)

Buxgalteriya balansi” to‘g‘risidagi hisobot


Balans - hisobot sanasidagi mol-mulk va moliyaviy ahvol to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hisobot shaklidir.


Balans quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:

  • Kirish (tashkiliy) – korxonada buxgalteriya hisobi ochilgan birinchi balans.

  • Davriy - hisobot yilida (oy, chorak, yarim yil, 9 oy) tuzilgan balans.

  • Yillik (yakuniy)- yil uchun ish natijalari bo'yicha tuzilgan balans

  • Birlashtirilgan - ikki yoki undan ortiq tashkilotni birlashtirganda tuzilgan balans

  • Ajratilgan-tashkilotni kichik korxonalarga ajratishda tuziladi.

  • Likvidlilik balansi -b oshqa balanslardan farq qiladi, chunki undagi mulk sotish qiymati bo'yicha baholanadi. "Kelgusi davrlar xarajatlari", "kelgusi davrlar daromadlari", "kelgusi xarajatlar zaxiralari" hisoblari bo'lmasligi mumkin, ammo "firma narxi" bo’limi paydo bo'lishi mumkin.

  • Jamlama-tashkilotning filiallari va vakolatxonalari ma'lumotlarini o'z ichiga olgan balans

  • Konsolidatsiyalangan - sho'ba korxonalarining bosh korxona joylashgan mablag'lar miqdori bo'yicha ish natijalarini hisobga olgan holda tuziladi

Balansni tuzish jarayonida quyidagi ishlar olib boriladi:

  • Korxonaning barcha mulklari inventarizatsiyadan o’tkaziladi

  • Mol-mulklar qayta baholanadi

  • Tegishli hisobot davrlari o'rtasida daromad va xarajatlar o'rtasidagi farqlar o’rganiladi

  • Barcha hisoblar yopiladi

  • Aktivlar va passivlar tengligi tekshiriladi

Balans asosan ikki element aktiv va passiv va besh bo’limdan iborat bo’ladi. Aktiv va majburiyatning umumiy natijalari har doim teng bo’lishi kerak. Balansning aktivi korxona mulkini tavsiflaydi. Balansning aktivlari ikki qismdan iborat: uzoq muddatli va joriy aktivlar.

Download 396.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling