Mavzu: Moliyaviy hisobotning tuzilishi


Aktivlarga quyidagilar kiradi


Download 396.5 Kb.
bet2/6
Sana23.03.2023
Hajmi396.5 Kb.
#1288252
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mundarija kirish 3 Buxgalteriya balansi to‘g‘risidagi hisobot

Aktivlarga quyidagilar kiradi:
Nomoddiy aktivlar ,Asosiy vositalar,Tugllanmagan qurilish,Zahiralar,Uzoq muddatli aktivlarga tikilgan sarmoyalar,Debitorlik qarzdorligi,Qisqa muddatli moliyaviy sarmoyalar,Pul mablag‘lari
Passivlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Ustav kapitali,Rezerv kapital,Qo’shilgan kapital,Taqsimlanmagan foyda Qarz va kreditlar,Moliyaviy hisobotlarni shakllarni to’ldirish qoidalari:
Mazkur Qoidalarga muvofiq moliyaviy hisobotni O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlar (budjet tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno), shuningdek o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob hisobiga ega bo‘lgan soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchi hisoblanadigan alohida bo‘linmalar taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 15-iyunda 47-son bilan tasdiqlangan Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 942, 2000-yil 3-iyul) bilan belgilanadi.
2. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl;
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl;
g) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — 4-son shakl;
d) xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 5-son shakl.
3. Yarim yillik va choraklik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl;
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl.




Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yilning 27-dekabrdagi 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalar” barcha hisobot shakllarini,jumladan “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”ni tuzish tartibini belgilab beradi. Mazkur Qoidalarga muvofiq moliyaviy hisobotni mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar (bundan sug‘urta tashkilotlari va banklar mustasno),shuningdek mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo‘lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchi hisoblanadigan alohida bo‘linmalar taqdim etadi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000 yil 15 iyunda 47-son bilan tasdiqlangan “Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” qonunning 10-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil 5-son) ko‘rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15- mayidan kechiktirmay, moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi to‘g‘risida auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar. Tashabbusli auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan taqdirda korxona moliyaviy hisobotining to‘g‘riligi to‘g‘risida auditorlik xulosasining nusxasi soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15-kun davomida taqdim etiladi.Hisobotda ma’lumotlar ikkita davr uchun, ya’ni joriy (hisobot)yil uchun va o‘tgan yilning mos davri uchun aks etriladi. Misol uchun,agar biz 2017 yil uchun hisobot tuzadigan bo‘lsak, bu hisobotda 2016yil ko‘rsatikichlarini ham keltirishimiz kerak. 2018-yilning I choragi hisoboti uchun o‘tgan yilning mos davri – 2017-yilning I choragi


bo‘ladi. Forma 2 hisobot davrida kompaniya tomonidan olingan sof foyda (zarar) qiymatini oldingi davrga nisbatan ortib borayotgan natijalar bilan tavsiflaydi.
U quyidagi qismlardan tuziladi:

  • Tovarlar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlar sotishdan tushgan tushum (kompaniya tomonidan oddiy faoliyatdan olingan daromadlar, QQS, aktsiz solig'i va boshqa to'lovlar bundan mustasno)

  • Sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlar tannarxi(ko’rsatadi

  1. ) sanoat va xizmat ko'rsatish korxonalari uchun - mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlar

  2. savdo korxonalari va umumiy ovqatlanish uchun - sotilgan tovarlarning narxi (sotib olish qiymati)

  3. ulgurji savdo bilan shug‘illanadigan korxonalar uchun – sotib olingan narxi

  • Yalpi foyda(tushumdan tannarxni ayrigandagi qiymatga teng bo’ladi)

  • Tijorat xarajatlar (sotilgan mahsulotlar bilan bog'liq savdo xarajatlari)

  • Mamuriy xarajatlar (foyda olish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar.masalan ofis ijarasi,mamuriyat xodimlari maoshlari va boshqalar)

  • Sotishdan foyda(zarar) – yalpi foydadan tijoriy va mamuriy xarajatlarnig ayrimasiga teng

  • Olinadigan foizlar (korxonaning turli xil aksiya obligatsiyalardan oladigan foizlari,bankga qo’ygan depositlardan foizlar va boshqalar)

  • To’lanadigan foizlar(korxonaning aksiya va obligatsiyalarining egalariga to’lanadigan divedentlar,bank kreditlarining foizlari)

  • Boshqa daromadlar (korxona binolarini ijaraga berishdan,intelektual mulkini sotish yoki litsensiya berishdan,asosiy vositalar sotuvidan,nomoddiy mulklar sotuvidan ,o’tgan yilgi hisobotdan aniqlangan foyda,boshqa korxonalar bilan shartnomalardan penya va jarimalar,ijobiy valyuta kursi)

  • Boshqa zararlar (binolar ijarasi,intelektual mulk ijarasi,o’tgan yilgi hisobotda aniqlangan zarar,shartnomalarga binoan to’lanadigan penya va jarimalar,valyuta kursidagi salbiy o’zgarishlar,qidirilish davri tugagan debitorlik qarzlari,tabiy ofatlar natijasida korxona mulklarining zarar ko’rishi)

  • Soliqqa qadar foyda( sotishdan foydadan to’lanadigan foizlar,olinadigan foizlar, boshqa daromadlar,boshqa zararlarning ayrimasiga teng)bub o;limda barcha soliqqa hiobotlar bo’ladi

  • Sof foyda – bu kompaniyaning butun yil davomidagi faoliyati natijasini ko’rsatadi.

Har qanday moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotlar tushumdan boshlanib Sof foyda bilan tugaydi.


Xususiy kapital” to‘g‘risidagi hisobot


Xususiy kapital buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri bo‘lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslanildi.Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi.



Download 396.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling