Reja: Kirish: I bob: Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi


Download 34.48 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi34.48 Kb.
#1602621
  1   2   3   4   5
Bog'liq
elshod kurs ishi[1]

KURS ISHI


Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar auditi


Reja:
Kirish:

I - bob: Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi:


1.1 Asosiy faoliyatdan olingan qo'shimcha daromadlarni hisobga olish.
1.2 Boshqa daromadlarning hisobvaraqlar rejasida aks ettirilishi.

Asosiy qism:


II- bob: Korxonaning daromad keltiruvchi qo'shimcha faoliyat turlari.

2. Korxonaning dividend ko’rinishidagi daromadlari yoki uni taqsimlash


3. Valyuta kurslari farqidan olingan daromadlar
4. xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar
5. O’ztemiryo’lyo’lovchi” АJ faoliyatining moliyaviy ko’rsatkichlari.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish


Korxonalarda mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo’lishi mumkin. Bunday daromadlar kelib tushish manbalariga qarab quyidagi: 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishdan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarnining chiqib ketishdan foyda», 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar», 9340-«O’tgan yillar foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360- «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar», 9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari», 9380-«Тekin moliyaviy yordam», 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyotlarda hisobga olinadi. Bular tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlarga mansub.
Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foyda (daromad) ning ko’payishi, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi milliy standat bilan tartibga keltiriladi.38
9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotida asosiy vositalarni sotish va boshqa ko’rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi», Kt 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyoti.
9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida nomoddiy aktivlar, qimmatli qog’ozlar va shunga o’xshagan boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda summasi quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», Kt 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti.
9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar» schyotida shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, boqimandalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag’larini hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 schyoti kreditlanadi. Lekin bunday jarima va boqimandalar aybdor tomonidan tan olinib hali puli o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9330- schyot kreditlanadi.
9340-«O’tgan yillar foydalari» schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab yuborilgan materiallar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida mol yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo’natilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan summa va shunga o’xshaganlar kiradi.
Bunday foyda o’tkazib berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. Agar bunday foyda hali o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4010-«Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib, 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi.
9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schyotining kreditida 4820-«Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti bilan korrespondentlangan holda mulklarni qisqa muddatli ijaraga berishdan olinadigan daromadlar aks ettiriladi. Qisqa muddatli ijara haqi olinganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4820-«Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti kreditlanadi.
9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotida da’vo qilib olish muddati o’tgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlara ks ettiriladi. Bunday hollarda quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt-6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6990-«Boshqa majburiyatlar», Kt 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotlari.
9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari» schyotida korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona balansida turadigan sog’liqni saqlash, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari obyektlari, turar-joy-kommunal xo’jaligi, madaniyat, sport obyektlari kiradi.
Yuqorida keltirilgan obyektlarning daromadlari xarajatlaridan ko’p bo’lsa, farqi quyidagicha daromadga o’tkaziladi: Dt 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» schyotining tegishli analitik schyoti, Kt 9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari» schyoti.
9380-«Тekin moliyaviy yordam» schyotining kreditida pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda qaytib olmaslik sharti bilan pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari ko’rinishida olingan daromadlar aks ettiriladi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 5110-5530-schyotlar, Kt 9380«Тekin moliyaviy yordam» schyoti.
9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyotida boshqa operatsion faoliyatidan daromadlar hisobga olinadi. Bu schyotining kreditida, xususan, quyidagilar hisobga olinadi:
-asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda ortiqcha chiqqan tugallanmagan ishlab chiqarishlar, umumxo’jalik omborlarida ortiqcha chiqqan materiallarning kirimga olinishi, Dt 2010, 2310, 2510, 2710-schyotlar, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti».
- oldin hisobdan chiqarilgan debitor qarzlarni undirib olishdan olingan daromadlar, Dt 4010- «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti».
Shu bilan birga balansdan tashqari 007- «Тo’lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o’tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi» schyotidan chiqim qilinadi;
- mulk sug’urtasi bo’yicha sug’urta organlaridan tushgan to’lovlarga, Dt 4510- «Sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlari», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti;
- zaxira tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha dargumon qarzlar zaxiraidan foydalanilmagan qismini daromadga o’tkazilishiga, Dt 4910-«Dargumon qarzlar bo’yicha zaxira», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
- ortiqcha chiqqan mahsulot va tovarlarning kirimga olinishi, Dt 2810-2890, 2910-2990-schyotlari, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
- tugallanmagan qurilishda aniqlangan ortiqcha chiqishlarni daromadga olinishiga, Dt 0810-0890-schyotlar, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
-xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’nak summalarni talab qilib olinmaganligi uchun hisobdan chiqarilishiga, Dt 6310-6390-schyotlar, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Bu xil daromadlar hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi: Dt-9310, 9320, 9330, 9340,9350, 9360 ,9370 ,9380, 9390-schyotlari, Kt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari tarkibiga Xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan daromadlarni ham kiritishimiz mumkin.


Xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq faoliyat turlarida daromadlarni tan olish shu faoliyat turi bo’yicha bitim bilan bog’liq daromad yillik moliyaviy hisobot tuzish vaqtida bitimning bajarilish bosqichiga qarab tan olinadi. Ushbu bitimning yakunlanish bosqichiga qarab daromadlarning tan olinishi bitim necha foiz bajarilishi nuqtai nazaridan qarab chiqiladi. Ya’ni bu usulga ko’ra xizmatlar ko’rsatilgan hisobot davridagi daromadlar aynan shu hisobot davrining daromadlari hisoblanadi va tan olinadi. Bunga muvofiq bajarilgan ishlar hajmi va hisobot davridagi faoliyat natijalari xususida foydali axborot olish mumkin. Xizmatlar ko’rsatish bo’yicha bitim imzolanayotganida quyidagi shartlar bo’yicha kelishuvga erishilishi lozim:
 Xizmatlarni ko’rsatish va qabul qilish bilan bog’liq tomonlarning da’vo qilish kuchiga ega bo’lgan huquqlari
 Ko’zda tutilayotgan o’zaro to’lovlar
 O’zaro hisob-kitob qilish usullari va shartlari Xizmatlar ko'rsatish(ishlar bajarish) bilan bog'liq daromadlarni tan olish
Ko'rsatkichlar Xizmatlar bo'yicha daromadlarni tan olish mezonlari
1 O’rnatish uchun to’lov O’rnatish ya’ni montaj uchun to’lov o’rnatishning yakunlanish bosqichi ko’rsatilganda tan olinadi
2 Sotishdan keyingi xizmatlar Bunda mahsulotlar bahosi o’z ichiga sotishdan keyingi xizmatlarni olganda, ushbu summa kelgusi davrga o’tkaziladi va xizmatlar ko’rsatilgan hisobot davrida daromad sifatida tan olinadi.
3 Reklama xizmatlari Ommaviy axborot vositalari tomonidan vositachilik haqi reklama yoki reklama tasmasi omma oldida namoyish etilganda tan olinadi. Ishlab chiqarish vositachilik haqi esa loyihani yakunlanish bosqichi ko’rsatilganda tan olinadi.
4 Sug’urta agentliklarining Bunda sug’urta agentligi tomonidan olingan yoki olinishi lozim bo’lgan vositachilik haqi sug’urta xizmatlari agentlikning keyinchalik xizmat ko’rsatish talab etilmasa, agent tomonidan sug’urta polisi kuchga kirgan yoki tiklangan kundan keyin daromad sifatida tan olinadi. Ammo polis amalda bo’lgan davrdan keyin xizmat ko’rsatish talab qilinsa, komission haq va uning qismi kechiktiriladi va shu davr mobaynida daromad tan olinadi
5 Moliyaviy xizmatlar Moliyaviy xizmatlarni ko'rsatganlik uchun daromadni tan olishda moliyaviy xizmatlarni ko'rsatish maqsadiga va u bilan bog'liq bo'lgan har bir moliyaviy instrumentni hisobga olish asoslariga e'tibor qaratiladi.
6 Abonement yig'imlari Bu san'atkorlarning chiqishlari, banketlar va boshqa alohida hollardan tushum hisoblanib, bunda daromad ushbu hollar ro'y berganda tan olinadi.
7 O'qitish xizmatlari Bunda daromad o'qitish davri mobaynida tan olinadi.
8 A'zolikka qabul qilish va a'zolik xizmatlari Bunda daromadni tan olish ko'rsatiladigan xizmatlar tavsifiga bog'liq bo'lib, badallar faqat a'zolikni nazarda tutsa daromad sifatida tan olinadi.
9 Franshiza uchun to'lov Franshiza uchun to'lovlar uni undirilish maqsadini aks ettirgan holda daromad sifatida tan olinadi.

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi boshqa daromadlarni hisobga oluvchi 9300 schyoti bo’yicha tegishli subschyotlar


9310 "Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda"
9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda"
9330 "Undirilgan jarima, penya va neustoykalar"
9340"O'tgan yillarning foydalari"
9350 "Operativ ijaradan daromadlar"
9370 "Xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklar daromadlari"
9360 "Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar"
9380 "Tekin moliyaviy yordam"
9390 "Boshqa operatsion daromadlar"
Moliyaviy faoliyat bo’yicha moliyaviy natijani aniqlash xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy daromadlaridan moliyaviy xarajatlarini ayirib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobini yuritish uchun 9500 schyotlaridan foydalaniladi. 9500 schyoti moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyot bo’lib, u quyidagi subschyotlardan tarkib topadi:
-9510-“Royalti ko’rinishidagi daromadlar”

-9520-“Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar”


-9530-“Foizlar ko’rinishidagi daromadlar”
-9540-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
-9550-“Moliyaviy ijaradan daromadlar”
-9560-“Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar”
-9590-“Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” Yuqorida qayd etilgan daromadlar hisobot davri davomida ushbu schyotlarning kreditida hisobga olib boriladi hamda ular debitorlik qarzi, pul mablag’lari, majburiyatlar va hokazolar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.

Download 34.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling