"O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi "Axborot tizimlari" filiali


Download 37.71 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2023
Hajmi37.71 Kb.
#1649977
  1   2   3
Bog'liq
ДИ bo\'lim boshlig\'i uzb


“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi

“Axborot tizimlari” filiali


Yangi xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqarish xizmati


Yangi xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash


bo‘limi


___ - son LAVOZIM YO‘RIQNOMASI
bo‘lim boshlig’i






TASDIQLAYMAN


“O‘zbektelekom” AK


“Axborot tizimlari”
filiali direktori

_____________Z. Kurbanov


_____________

  1. Umumiy qoidalar

    1. Mazkur lavozim yo‘riqnomasi “O‘zbektelekom” AK “Axborot tizimlari” filialining (keying matnlarda – Filial deb ataladi) yangi xizmatlarni joriy etish va boshqarish xizmati (keyingi matnlarda – Xizmat deb ataladi) yangi xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (keying matnlarda – Bo‘lim deb ataladi) boshlig’ining lavozim majburiyatlarini, huquq va javobgarligi hamda o‘zaro munosabatlarini belgilaydi.

    2. Bo‘lim boshlig’i lavozimiga oliy texnik ma’lumot va muhandis-texnik hamda rahbar lavozimlarida kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassis tayinlanadi.

    3. Bo‘lim boshlig‘i amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda Filial direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va egallayotgan lavozimidan ozod etiladi.

    4. Bo‘lim boshlig’i bevosita Xizmat boshlig’iga bo‘ysunadi.

    5. Bo‘lim boshlig’i o‘z ish faoliyatida quyidagilarga amal qiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amaldagi me’yoriy hujjatlariga;

  • O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining amaldagi tashkiliy-farmoyish hujjatlariga;

  • “O‘zbektelekom” AK (keyingi matnlarda – Kompaniya deb ataladi) va Filialning amaldagi tashkiliy-farmoyish va me’yoriy hujjatlariga;

  • Mehnat qonunchiligi, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etish asoslariga;

  • Kompaniya ustavi, Yagona jamoa shartnomasi, Filial ichki mehnat tartibi qoidalari, Filial to‘g‘risidagi nizomga, Xizmat to‘g’risidagi nizomga;

  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi talablariga;

  • Mazkur lavozim yo‘riqnomasiga.

    1. Bo‘lim boshlig’i quyidagilarni bilishi kerak:

  • Investitsiya faoliyati, qimmatli qog’ozlar va korxonani aksionerlashtirishga oid qonunchilik, me’yoriy-huquqiy va normativ hujjatlarni;

  • Kompaniya va Filialning sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, faoliyat yo‘nalishlarini, profilini va ixtisosligini belgilaydigan ko‘rsatma materiallarni;

  • yuqori organlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlari;

  • kompyuter texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan foydalanish qoidalari, axborot yig’ish, baholash va tahlil qilish usullari;

  • tegishli ishlarni bajarish qoidalari va shartlari;

  • tegishli faoliyat sohasidagi mahalliy va xorijiy tajriba;

  • ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ishi va holatini tahlil qilish;

  • texnologiyalar va/yoki ishlatilgan dasturlarning ta’rifi;

  • mehnatni muhofaza qilish va yong’in xavfsizligi qoidalari va normalari;

  • mehnat qonunchiligi asoslari;

  • ichki mehnat tartib qoidalari;

  • hozirda Kompaniyaning telekommunikatsiya tarmog’ida ishlaydigan hisob-kitoblarni olib borish avtomatlashtirilgan tizimlari va resurslarni hisobga olish platformalarining ekotizimlarining ishlashi.

    1. Bo‘lim boshlig’i MS Office (Word, Excel, Powerpoint) dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

    2. Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmagan davrida (taʼtil, kasallik, xizmat safari) uning vazifalarini Bo‘lim boshlig‘i bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda tayinlangan shaxs bajaradi, u tegishli huquqlarga ega bo‘ladi va unga yuklatilgan vazifalarni to‘g’ri bajarishi uchun javobgardir.




  1. Lavozim majburiyatlari

    1. Bo‘limning umumiy rahbarligini amalga oshiradi.

    2. Xizmat Nizomiga muvofiq belgilangan talablarga rioya etilishini hamda yangi xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqarish xizmati boshlig‘i bilan kelishilgan ish rejasiga muvofiq vazifalar va funksiyalarning bajarilishini nazorat qiladi.

    3. Ko‘rsatilgan xizmat ko‘rsatish sinfiga (SLA) muvofiq axborot tizimlarini texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni tashkil qiladi.

    4. Xizmatlarni tegishli sifatda uzluksiz ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha ishlarning bajarilishini tashkil qiladi.Tizim ichidagi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va jarayonlarini axborot bilan ta’minlash bilan bog’liq uslubiy materiallarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi.

    5. Yangi xizmatlar va ularning ishlashini sinab ko‘rish, xususiyatlarini monitoring qilish, tahlil qilish va yechimlarni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlashni tashkil qiladi. Biznes jarayonlarini tavsiflash, modellashtirish, yangilash va optimallashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi.

2.6. Ish jarayonidagi texnik qo‘llab-quvvatlash paytida tizimlarning ishlashini tahlil qiladi, ishlab chiquvchilarga hisobot taqdim etishda kamchiliklarni aniqlaydi.
2.7. Yangi xizmatlarni taqdim etishda kelgusidagi ishlarni amalga oshirish uchun Buyurtmachining talablariga muvofiq qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
2.8. Axborot tizimlarining funksionalligini takomillashtirish va mukammallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
2.9. Axborot tizimi texnologiyalari bo‘yicha yangi, samarali yechimlarni o‘rganish va taqdim etish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
2.10. Axborot tizimlari muhitining holati bo‘yicha zarur texnologik va statistik hisobotlarni tayyorlashni tashkil qiladi.
2.11. Operatsion tajriba va axborot tizimlarini texnik qo‘llab-quvvatlash asosida jarayonni optimallashtirish uchun material tayyorlashni ta’minlaydi.
2.12. Mavjud tizimlarning funksional imkoniyatlarini kengaytirish uchun axborot tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi texnologiyalarning amaliy tajribasini o‘rganishda ishtirok etadi.
2.13. Axborot tizimlari va texnologiyalarini tanlash, sotib olish (yaratish), joriy etish va ulardan foydalanishning umumiy tendensiyalariga muvofiq uni takomillashtirish (unifikatsiya qilish) uchun foydalaniladigan amaliy dasturiy ta’minot ro‘yxatini shakllantirishda ishtirok etadi;
2.14. Turli profildagi dasturiy ta’minot va axborot tizimlarini istiqbolli integratsiyalashuvi va transformatsiyasini amalga oshirish ishlarini tashkil qiladi.




  1. Download 37.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling