"O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi "Axborot tizimlari" filiali
Download 37.71 Kb.
|
ДИ bo\'lim boshlig\'i uzb
O‘zaro munosabatlar
Bo‘lim boshlig’i o‘z faoliyati davomida quyidagilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi: Buxgalteriya bilan xodimlarga haq to‘lash, inventarizatsiya qilish va hisobdan chiqarish, ish haqi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar va xizmat safari hisobotlarini taqdim etish malalalari bo‘yicha; Personal bilan ishlash xizmati bilan mataxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning mehnatini hisobga olish, bo‘lim xodimlarining yillik ta’tillari jadvalini taqdim etish, ta’tillar, xizmat safarlari ish joyidan olingan ma’lumotnomalar, Xizmat xodimlarining ish vaqtini hisobga olish jadvali masalalari bo‘yicha; Byudjetni rejalashtirish xizmati bilan ish rejalarini tuzish va ularni amalga oshirish bo‘yicha, hisobotlarni tuzish, bo‘lim xodimlarini rag’batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish va jazolash yuzasidan takliflarni taqdim etish bo‘yicha; Axborot xavfsizligi xizmati bilan axborot xavfsizligini ta’minlash va antivirus dasturlarini o‘rnatish bo‘yicha; Hujjat almashinuvi va nazorat bo‘limi bilan topshiriq muddatlarini uzaytirish, nazoratdan chiqarish, ish yuritishni tashkil etish masalalari bo‘yicha; Lokal infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan lokal tarmoq va elektron pochtani tashkil etish masalalari bo‘yicha; Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandis bilan mehnatni muhofaza qilish, yong'in xavfsizligi masalalari, xavfsizlik texnikasi masalalari bo‘yicha; Fuqaro muhofazasi va safarbarlik ishlari bo‘yicha 1-toifali muhandis bilan fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha; Bosh yuriskonsult bilan tashkiliy-ma’muriy hujjatlarni, tuzilgan shartnomalarni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha; Standartlashtirish va sifat menejmenti tizimi bo‘limi bilan normativ hujjatlarni ta’minlash, ishlab chiqish, tasdiqlash, o‘zgartirish va bekor qilish, bo‘linmaning normativ hujjatlari ro‘yxatini tasdiqlash, xizmat faoliyatida nomuvofiqliklarni aniqlash va bartaraf etish masalalari bo‘yicha; Ekspluatatsiya-xo‘jalik ishlari xizmati bilan mebel va xonalarni ta’mirlash ishlarini olib borish, xarid qilish tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, xizmat transportini ajratish masalalari bo‘yicha; Bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda Filialning barcha xizmat va bo‘linmalari, Kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy filiallari bilan yaqindan hamkorlik qiladi, zarur xizmat ma’lumotlarini almashadi, faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha so‘rov va vazifalarni qabul qiladi. Yangi xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqarish xizmati boshlig’i Y. Gafurov Personal bilan ishlash xizmati boshlig’i N. Izbasarova Bosh yuriskonsult U. Muhiddinov Yo‘riqnoma bilan tanishdim ________________ H. Begmatov ________________ Download 37.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling