Esse Tayyorlovchi: Y. Quvondiq Qabul qiluvchi: B. Nasriddinov
Download 14.11 Kb.
|
ESSEEEE
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadli moliyaviy sanksiyalar qo‘llash masalalari bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 5mm-22 guruh talabasi Yaqupboyev Quvondiqning Moliya huquqi fanidan esse Tayyorlovchi: Y.Quvondiq Qabul qiluvchi: B.Nasriddinov Mavzu:Moliyaviy va huquqiy sanksiya va turlari Kirish
Bir shaxs tomonidan ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, moliyaviy sanktsiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda undiriladi. Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo‘lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qo‘llaniladi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga - soliq to‘lovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‘llaniladi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to‘lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno. Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qo‘llaniladi, penya hisoblash hollari bundan mustasno. Soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya materiallar sudga berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda tadbirkorlik sub’yekti - soliq to‘lovchi o‘ziga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaganligi uchun jarimalar qo‘llanilishidan ozod qilinadi. Maqsadli moliyaviy sanksiyalar qo‘llash masalalari bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi Bosh prokuratura Akademiyasida “Maqsadli moliyaviy sanksiyalar qo‘llash masalalari” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi. Trening pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatga jalb qilingan tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun tashkil qilindi. Trening dasturi maqsadli moliyaviy sanksiyalar qo‘llashning mazmun-mohiyati, benefitsiar mulkdorlarni aniqlash bo‘yicha xalqaro standartlar, shuningdek, xaridorlarni, xususan xorijiy mamlakatlar ommaviy mansabdor shaxslari va ularning oila a’zolari hamda yaqinlarini lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralarni aniqlash va qo‘llash kabi masalalarni o‘z ichiga olgan. Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha xorijiy va milliy amaliyotning qiyosiy tahlili o‘tkazildi. Tadbirga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda katta amaliy tajribaga ega Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Moliya vazirligining mutaxassislari jalb qilindi. Download 14.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling