Ilmiy seminar
Download 25.98 Kb.
|
3- semestr Ilmiy seminar hisobot (2)GULNOZA
70540101 Matematika (Algebra va funksional analiz) mutaxassisligi II-kurs 421-guruh magistranti Diyorova Gulnoza Baxtiyor qizining ILMIY SEMINAR bo’yicha 2022-2023 o’quv yili III-semestrida amalga oshirgan yarim yillik ishlari HISOBOTI Men Diyorova Gulnoza Baxtiyor qizi 2022-2023-o'quv yilida Ilmiy seminar bo'yicha barcha topshiriqlarni muntazam ravishda bajarib bordim. Har hafta davomida Algebra va geometriya kafedrasi tomonidan o'tkaziladigan ilmiy seminarlarda qatnashdim. Menga Ilmiy rahbar etib f.m.f.f.d O.Qurbonov tayinlangan edi. Mening dissertatsiya mavzuim "Filtratsiya tenglamasi uchun bitta noklassik masala” deb nomlanadi. Ilmiy rahbarim O.Qurbonov bilan birgalikda oldingi semestrlarda "Filtratsiya tenglamasi uchun bitta noklaasik masala” mavzusidan ko’pgina ma’lumotlarni oldim va ular bilan tanishib chiqqan edim. Bundan tashqari bu mavzu bo'yicha birinchi va ikkinchi boblarim tayyor bo’ldi. Hozirgi kunda uchinchi bob yuzasidan Parabolik tenglamalarga oid masalalarini o'rganyapman. Ushbu semestr davomida ilmiy seminarlarda o'z dissertatsiya mavzuim yuzasidan daklat qildim va tushunmagan qismlarimni o'rganib oldim. Shu vaqtgacha dissertatsiya mavzuim yuzasidan bitta maqola,bitta tezis chiqardim. Maqolam Xalqaro AMERICA(WASHINGTON)da bo'lib o'tgan konferensiyada “Filtratsiya jarayonlarining egri chiziqli soha uchun matematik modeli” mavzusi ostida chop etildi. Ikkinchisi esa 2022-yilning 17-18-noyabr kunlari Termiz davlat universitetida bo'lib o'tgan konferensiyada Differensial tenglamalar va matematik fizikaning nostandrat masalalari shubasida “Filratsiya tenglamasi uchun bitta noklassik masala “ mabvzusida chop etildi. Bundan tashqari Kafedra miqyosida o`tkazilgan ilmiy yig`inlarda faol ishtirok etdim. Ilmiy rahbarim f.-m.f.n.(dots.) O.Qurbonov dan magistrlik dissertatsiya mavzuim bo'yicha yangi ko'rsatmalar oldim. O`quv ishlarni tashkil etishga bog`liq me`yoriy hujjatlar: malaka talabi, o`quv dasturlari, o`quv rejalari, ishchi o`quv rejalari bilan tanishdim. Ilmiy rahbarim F.m.f.f.d(dots.) O.Qurbonov yordamida dissertatsiya ishini ma`lum bosqichga yetkazdik. Dissertatsiya mavzuim bo’yicha ilmiy seminarlarda doklad qildim. Magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha manbalar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, maqolalar, ma`ruzalar, uslubiy adabiyotlar va boshqalarni o`rgandim. Magisrtlik dissertatsiyasining birinchi bobi "Xususiy hosilali differensial tenglamalarning klassifikatsiyasi" mavzusi yuzasidan o'rganilgan ma'lumotlar jamlanib elektron varianti tayyorlandi. Magistrlik dissertatsiyasining ikkinchi bobi "Parabolik tipdagi tenglamalar" mavzusi yuzasidan o'rganilgan ma’lumotlar jamlanib elektron varianti tayyorlandi. Magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobi "Parabolik tipdagi tenglamalar uchun chekli tipdagi masalalarni yechish" mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman. Ushbu hisobotni “Algebra va geometriya” kafedrasiga 2023-yil ________ topshirdim. Magistratura talabasi: Diyorova GulnozaDownload 25.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling