Reja: Tezlik rejalari, nazariy asosi va xossalari
Download 389.46 Kb.
|
МАРУЗА 4 Word
4 – MA’RUZA. Mavzu: ANALITIK USULIDA MEXANIZMLAR KINEMATIKASINI TEKSHIRISH. Reja: 1. Tezlik rejalari, nazariy asosi va xossalari. 2. 1-sinf 2-tartibli mexanizm xolatiga tezlik rejasini qurish. Mexanizmlarni kinematik tahlil qilishda grafoanalitik usul qo`llaniladi. Bunda vektor tenglamalardan foydalanib, tezlik rejalari quriladi. Tezlik va tezlanish rejalarining vektor tenglamalardan foydalanib qurishni birinchi bo`lib 1870 yilda Otto Mor taklif etgan va ishlab chiqqan. 6.1. Tezlik rejalari, nazariy asosi va xossalari. Mexanizm bo`g’inlari nuqtalarining shu ondagi tezliklari miqdorlari va yo`nalishlariga teng vektorlarni kesmalar tarzida chizmada ko`rsatilishiga yoki bo`g’inlarning tezlik rejalari qutblari bitta nuqtada bo`lgan chizmaga mexanizmni tezlik rejasi deb ataladi. Mexanizm tarkibida bo`g’inlarning uch xil tekis harakatini uchratish mumkin: qo`zg’almas o`q atrofida aylanma harakat, to`g’ri chiziqli ilgarilanma-qaytma harakat va ikkala harakatni o`z ichiga oluvchi tekis murakkab harakatdir. Quyida turli harakatlanuvchi bo`g’inlarning tezlik rejalariga to`xtalamiz. 1. Aylanma harakatlanuvchi boshlang’ich bo`g’inning tezliklar rejalari. Mexanizm boshlang’ich bo`g’ini aylanma harakatlansa, uning burchak koordinatasi umumlashgan koordinata hisoblanadi. (6.1a-rasm) 6.1-rasm. Bo`g’in V nuqtasining chiziqli tezligi Ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi bo`g’inning tezliklar rejalari. Mexanizmda tekis parallel harakatlanuvchi bo`g’inlar ko`p uchraydi (6.2-rasm). 6.2-rasm. Bunda bo`g’inning barcha A,V,C,S, nuqtalari qo`zg’almas bo`g’inga nisbatan parallel harakat qiladi. Bo`g’inning harakati X,U tekislikdagi harakati orqali belgilanadi. Bo`g’in yoki nuqtaning asosiy sistemaga nisbatan harakati absolyut harakat deb ataladi. 6.3-rasm. 6.2-rasmda V nuqtaning VB absolyut tezlik vektoriga CV bo`g’in xolatiga tik nisbiy tezlik vetorini qo`shamiz, ya`ni tezlik rejasining b nuqtasidan VC – bo`g’inga tik chiziq o`tkazamiz. Shuningdek, D nuqta VD tezlik vektori uchidan CD bo`g’in xolatiga tik o`tkazib, ikkita tik chiziqlar kesishgan nuqta C nuqta bo`lib, uni R-qutb nuqtasi bilan tutashtirsak, C nuqtaning absolyut tezlik vektori kelib chiqadi. Tezlikning xaqiqiy qiymatini topish uchun Rs kesmani tezlik rejasi masshtabiga ko`paytirish kerak: Tezliklar rejasida: VB = Rb V nuqtaning absolyut tezligi; D nuqtaning absolyut tezligi; S nuqtaning V nuqtaga nisbatan tezligi; C nuqtaning D nuqtaga nisbatan tezligi; Bo`g’in yoki nuqtaning qo`zg’aluvchan sistemaga nisbatan harakati ko`chirma harakat deb ataladi. 1-sinf 2-tartibli mexanizm xolatiga tezlik rejalarini qurish. 2. 1-sinf 2-tartibli mexanizmning tezliklar rejasi Turli Assur guruxlaridan iborat bo`lgan mexanizmning (4a-rasm) berilgan xolati uchun tezlik rejasi qurish bilan tanishamiz. 4-rasm. a) 1-sinf 2-tartibli mexanizm b) 1-sinf 2-tartibli mexanizm uchun tezlik rejasi Tezlik rejalarining nazariy asosi Mexanizmlarni kinematik tahlil qilishda grafoanalitik usul qo`llaniladi. Bunda vektor tenglamalardan foydalanib, tezlik rejalari quriladi. Tezlik va tezlanish rejalarining vektor tenglamalardan foydalanib qurishni birinchi bo`lib 1870 yilda Otto Mor taklif etgan va ishlab chiqqan. Mexanizm bo`g’inlari nuqtalarining shu ondagi tezliklari miqdorlari va yo`nalishlariga teng vektorlarni kesmalar tarzida chizmada ko`rsatilishiga yoki bo`g’inlarning tezlik rejalari qutblari bitta nuqtada bo`lgan chizmaga mexanizmni tezlik rejasi deb ataladi. Mexanizm tarkibida bo`g’inlarning uch xil tekis harakatini uchratish mumkin: qo`zg’almas o`q atrofida aylanma harakat, to`g’ri chiziqli ilgarilanma-qaytma harakat va ikkala harakatni o`z ichiga oluvchi tekis murakkab harakatdir. Quyida turli harakatlanuvchi bo`g’inlarning tezlik rejalariga to`xtalamiz. Tezlik rejalarining xossalari quyidagilardir 1. Tezlik rejasining R-qutbidan o`tuvchi vektorlar absolyut tezliklarni ifodalaydi (Rv. Rs). 2. Nuqtalarni o`zaro tutashtiruvchi va qutbdan o`tmaydigan vektorlar nisbiy tezlikni ifodalaydi (vs, sd…) 3. Tezliklari nolga teng nuqtalar qutbda yotadi. 4. Tezliklar rejasidagi nisbiy tezliklardan xosil bo`lgan rasm mexanizmdagi bo`g’in rasmiga o`xshash bo`lib, unga nisbatan 900 burilgan bo`ladi. 6.2. 1-sinf 2-tartibli mexanizm xolatiga tezlik rejasini qurish. Turli Assur guruxlaridan iborat bo`lgan mexanizmning (6.4a-rasm) berilgan xolati uchun tezlik rejasi qurish bilan tanishamiz. Quyidagilar berilgan lAB, lBC, lCD, lED, lEF, (mm), 6.4-rasm. Vazifa quyidagi tartibda bajariladi: 1. Krivoship V nuqtasining tezligi aniqlanadi VB krivoship xolatiga tik yo`naladi. 2. Tezlik rejasining masshtabi hisoblanadi. Bu erda Rv-tezlik rejasida qabul qilingan kesma, mm. R-qutb nuqtasini tanlab, AV-krivoship xolatiga tik chiziq o`tkazamiz va Rv kesmani qabul qilamiz. 3. S nuqtaning tezligini aniqlash uchun V va D nuqtalarning tezliklari bilan bog’lab vektor tenglamalar tuziladi. Tenglamani birinchisiga binoan (vektorlarni qo`shish qoidasiga binoan) tezliklar rejasidagi V nuqtadan VS bo`g’in xolatiga tik o`tkazamiz. D nuqta tezligi nolga teng bo`lgani uchun, ikkinchi tenglamaga ko`ra, qutubdan CD ga tik o`tkazib, ikkala tik chiziqning kesishuv nuqtasini S bilan belgilaymiz. Natijada S nuqtaning absolyut tezlik vektori aniqlanadi. 4. E nuqtaning tezliklar rejasidagi o`rnini quyidagi proportsiya orqali belgilaymiz Aniqlangan Re kesma Rs chiziqda R qutubdan boshlab qo`yiladi va «e» nuqta aniqlanadi. 5. Ғ nuqtaning tezligi 4 va 5 bo`g’inlarning harakatiga bog’lab quyidagi vektor tenglamalardan aniqlanadi. Birinchi tenglamaga binoan «e» nuqtadan ҒE ga (4 bo`g’in xolatiga) tik chiziq, qutbdan esa XX ga paralel chiziq o`tkazamiz. Bu ikkala chiziq f nuqtada kesishadi. Natijada Pf-F nuqtaning absolyut tezlik vektori kelib chiqadi. 6. Tezliklar rejalari va mashtabdan foydalanib, nuqtalar tezliklarining qiymatlari aniqlanadi: VC=μVPC, VE= μVPE, VF= μVPF Nisbiy tezliklar aniqlanadi: VCB= μV.cv VFE= μVfe 7. Bo`g’inlarning burchak tezliklari aniqlanadi: Savollar. Nisbiy tezlik qanday tezlik? Absolyut tezlik qanday tezlik? Tezligi nolga teng nuqta rejada qaerda bo`ladi? Bo`g’inning burchak tezligi qanday aniqlanadi? Tezlik rejasini qurishda o`xshashlik teoremasini qo`llanilishini tushuntiring. Tezlik rejasidan foydalanib, chiziqli tezliklar qanday aniqlanadi? Oniy tezlik markazi nima? Aylanma harakatda bo`g’in nuqtasining tezlanishlar rejasi qanday quriladi? Ilgarilanma harakatlanuvchi bo`g’in nuqtalarining tezlanishlari qanday aniqlanadi? Murakkab harakatlanuvchi bo`g’inning tezlanishlar rejasi qanday quriladi? Koriolis tezlanishi qanday tezlanish? 1-sinf 2-tartibli Assur guruxlarining tezlanish rejalari qanday quriladi? Bo`g’inlarning burchak tezlanishlari qanday aniqlanadi? Tezlanish rejasini qurishda o`xshashlik teoremasi qachon qo`llaniladi? 1-sinf 2-tartibli mexanizmning tezlanishlar rejasi qanday tartibda bajariladi? Misollar keltiring. Koriolis tezlanishining miqdori qanday aniqlanadi? Koriolis tezlanishi yo`nalishi qanday aniqlanadi? Burchak tezlanish yo`nalishi qanday aniqlanadi? Download 389.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling