1 -amaliy mashg’ulot. Mavzu: Qorako‘lchilik hududlari yaylov tiplari Mashg‘ulotning maqsadi


Download 62.5 Kb.
bet2/3
Sana28.03.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1301451
1   2   3
Bog'liq
1 -Amaliy mashg’ulot

Gipsli cho‘l o‘z maydoni va ahamiYati jihatidan qumli cho‘ldan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab, tuproq-gidrologik sharoitlarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonda gipsli cho‘llarning eng yirik maydoni Ustyurt platosidir. Gipsli cho‘lning tuprog‘i asosan sur tusliqo‘ng‘ir- tuproqlar bo‘lib turli darajada gipslangan. Gips qatlamining qalinligi va uning tarqalish chuqurligi turlicha. Gipsli qatlam aksariYat hollarda tuproq yuzasidan 50-60 sm va undan chuqurlikda joylashgan.
Iqlimi o‘zgaruvchan. Yillik yog‘ingarchilik miqdori 100-120mm atrofida.
Asosiy Yaylov tipi – Yarim buta – efemerli o‘simliklardan iborat.
Eng ko‘p tarqalgan ozuqabop o‘simliklar jumlasiga Seriphidium, kenja turkumidagi Artemisia (shuvoq) turlari, shuningdek Salsola orientalis, S.gemascens, Anabasis salsa kabi Yarim butalar hisoblanadi va gipsli cho‘lga, shuningdek bir yillik sho‘radoshlarga mansub turlar ham kiradi.
Kam sho‘rlangan maydonlarda ob-havo qulay kelgan yillarda Poa bulbosa,Anisantha tectorum (Yaltir bosh) va Malcolmia (chitir) kabi efemer va efemeroidlarning jadal rivojlanishi kuzatiladi.
Gipsli cho‘lning salbiy xususiYatlari jumlasiga-Yaylovlar hosidorligining yuqori emasligi (0,7-2,5 s/ga), shuningdek, ozuqa zahirasining mavsumlar davomida keskin o‘zgaruvchanligi ayniqsa yozgi ko‘kat ozuqalarning tanqisligi kiradi.
Tog‘ yonbag‘irlari shuvoq – efemerli Yaylovlar garchand Yalpi noqulay ekologik sharoitlari bilan ta’riflansa ham, ozuqaboplik manbai jihatidan bir talay nisbiy ustunliklarga ega. Ularga xos tipik tuproq tipi- bo‘z va sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar hisoblanadi.
Mazkur tuproqlarga qo‘yidagilar xos: tarkibida gumus miqdori kam (1,0% atrofida), boshqa asosiy ozuqa moddalari (azot, fosfor, kaliy)ga ham o‘ta kambag‘al. Biroq tuproqlar tarkibida karbonatlar va gips miqdori o‘ta mo‘l. Granulometrik tarkibi jixatidan soz zarrachalardan tortib qumoq, qumlilargacha o‘zgarib turadi (Lobova, 1960).
Havoning yillik o‘rtacha harorati 15-160S, eng jazirama davr – iyul; o‘ta izg‘irin sovuq davr – Yanvar, fevral.
Yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori 160 mm atrofida bo‘lib yillar bo‘ylab 82 mm dan 297 mm gacha o‘zgarib turadi. YOg‘in – sochinlarning yillik eng yuqori taqsimlanishi qish – erta bahor mavsumlariga (XII-III) to‘g‘ri keladi. Eng qurg‘oqchil davr-iyun- noYabr oylari hisoblanadi.
O‘simlik qoplamida Yarim buta –efemerli turlar ustivorlik qiladi. O‘simlik qoplamlarida shuvoq, rang, qo‘ng‘irbosh va bir yillik turlar ustunlik qiladi. Bir yillik sho‘ralardan seta, donashur, baliqko‘z qo‘proq. Bir yillik o‘tchil turlar (efemerlar) Yaltirbosh, arpaxon, chitir va boshqalardan iborat.
YAylov mahsuldorligi past: gektaridan 1,5-3,6 sentner.
Adirlar – Markaziy Osiyo tog‘li hududlari yonbag‘rlarini qamrab oluvchi maydonlar bo‘lib, ular turli nuqtalarda dengiz sathidan 350 metrdan 1200 (1600) metrgacha balandlikda tarqalgan.
Er yuzasi sathidan balandligiga qarab tuproqlari ochiq, tipik va to‘q bo‘z tuproqlardan iborat. Tuproqning mexaniq tarkibi jihatidan, aksariYat, loy va qumoqlardan tashkil topgan.
Havoning o‘rtacha yillik harorati 150S, eng issiq oyning (iyul) harorati + 260S, eng sovuq davr – (Yanvar) – 0,5-1,50S.
Yillik yog‘ingarchilik miqdori 250 mm atrofida bo‘lib, yillar bo‘ylab 108 mm dan 400 mm gacha o‘zgarib turadi. YOg‘ingarchilikning yil davomida taqsimlanishi – kuz, qish, erta bahor. Jumladan, eng mo‘l yog‘in miqdori noYabr-aprel oylariga to‘g‘ri keladi. Qurg‘oqchilik davri may-oktYabr oylari hisoblanadi.
O‘simlik qoplami – efemer va efemeroid turlardan tashkil topgan. SHuningdek, efemer o‘simliklar tarkibida karrak, Yantoq, oq, quray, iris kabi yirik o‘tchil turlar ham mavjud.
Adir Yaylovlarining hosildorligi ob-havoning kelishiga qarab o‘zgaruvchan va o‘rtacha gektaridan 3-7 sentner. Ular qo‘y – qo‘zilar uchun baxor – yoz mavsumi davomida yuqori to‘yimli o‘tloqlar hisoblanadi. Biroq, kuz-qishga borib mazkur Yaylovlarning mahsuldorligi keskin pasaYadi. Ulardan butun yil davomida samarali foydalanish uchun maxsus chora-tadbirlar tizimini qo‘llash lozim.
SHunday qilib, cho‘l Yaylovlari nisbatan hosildorligi past o‘tloqlar bo‘lib, ularning mahsuldorligi yillar va mavsumlar bo‘ylab keskin o‘zgartirib turadi: yil qulay kelgan yillari ozuqa zahiralari 2 barobar oshishi, noqulay kelgan yillari esa o‘rta yilga nisbatan 3-5 barobar kamayib ketadi (GaevskaYa, 1971).
10 yil davomida 1 yil o‘ta hosilli, 2 yil – hosilli, 4 yil – o‘rta hosilli, 2 yil – kam hosilli va 1 yil – o‘ta kamhosilli bo‘lishi qayd etilgan (GaevskaYa, 1971,Nechaeva, 1958).
Mavsumlar bo‘ylab nafakat hosildorlik kamaymasdan, balki, ozuqaning to‘yimlilik ko‘rsatkichlari ham sezilarli pasaYadi. CHunonchi, xo‘l protein miqdori bahordan qishgacha 20% dan 5% gacha pasaYadi (Blagovetsenskiy, 1958).
100 kg quruq xashak tarkibida ko‘klamda 80-105 ozuqa birligi bo‘lsa, qishga borib 18-25 ozuqa birligiga tushib qoladi (Morozov, 1968).
O‘zbekiston cho‘l Yaylovlarining hozirgi holati inson faoliYati (me’yoridan oshirib mol boqish, buta va Yarim butalarning tartibsiz chopib olinishi, razvedka-qidiruv ishlari, qazilma boyliklardan xo‘jasizlarcha foydalanish va x.k.) oqibatida Yanada jiddiylashmoqda.
Hozirgi kunda qorako‘lchilikda oziqa zahiralari, asosan 3 manba:

  • cho‘l va adir tabiiy Yaylovlari;

  • mahsuldorligi Yaxshilangan Yaylovlar;

  • qo‘shimcha oziqlantirish (maxsus tayyorlangan, xarid qilingan) hisobidan barpo etiladi.

Mazkur manbalar orasida qorako‘lchilik uchun tabiiy Yaylovlarning ulushi va ahamiYati o‘ta muhim. O‘z navbatida, cho‘l tabiiy Yaylovlari quyiidagi o‘ziga xos xususiYatlarga ega:

  • ularning ozuqa zahiralari foydalanish nuktai nazaridan mavsumiy foydalanishga Yaroqli;

  • ozuqa zahiralari yillar va mavsumlar bo‘ylab o‘ta o‘zgaruvchan

  • Yaylovdan foydalanishning muhim shartlaridan biri - uning suv manbai (quduq, quvur, skvajina) bilan ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq;


Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling