1 – amaliy mashg’ulot. O'Zbekiston respublikasi mehnat kodeksini mehnat muhofazasi bo'yicha moddalarini o'rganish va alohida toifadagi ishchilarga beriladigan imtiyozlarni sharhlash. Reja
Download 21.91 Kb.
|
1-Amaliy mashg\'ulot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 211-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari
- 213-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi
- 214-modda. Tibbiy ko‘rik
1 – AMALIY MASHG’ULOT. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSINI MEHNAT MUHOFAZASI BO'YICHA MODDALARINI O'RGANISH VA ALOHIDA TOIFADAGI ISHCHILARGA BERILADIGAN IMTIYOZLARNI SHARHLASH. REJA: 1. O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksini mehnat muhofazasi bo'yicha moddalarini o'rganish 2. Alohida toifadagi ishchilarga beriladigan imtiyozlarni sharhlash. 211-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi. 212-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish normalari, qoida va yo‘riqnomalariga rioya etish majburiyati Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo‘riqnomalariga, shuningdek ma’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida o‘zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, uchastka boshlig‘i va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart. 213-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog‘liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak. Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart. 214-modda. Tibbiy ko‘rik Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart: o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar; oltmish yoshga to‘lgan erkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar; nogironlar; mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar; oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar; umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlari. Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlarning ro‘yxati va ularni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir. Xodimlarning mehnatidan ularning sog‘lig‘i holatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilishga haqlidir. Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar. Download 21.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling