t1 – himoyani boshlang‘ich vaqti;
t2- siklli sinxronlashning tiklash vaqti;
t3 – himoyani oxirini ko‘rsatuvchi vaqti;
t1 – vaqt himoya sxemasini ishlatish bilan asoslangan. Shu tufayli davr sinxronlash tizimi davr sinxrosignalidagi ayrim xatoliklarga sezgir emas. Bu xatoliklar ko‘pincha kommutatsiya uskuna tomonidan o‘tishlar bilan ta’siri natijasida vujudga keladi, qisqa vaqt oralig‘ida harakat qiladi va jamlangan xarakterga ega bo‘ladi, davr sinxronlashdan haqiqiy chiqish bo‘lganda kuzatilayotgan xatoliklar uzluksiz xarakterga ega bo‘ladi. Boshlang‘ich himoya vaqtini aniqlash uchun asos bo‘lib jamlangan xatoliklar to‘plamining davomiyligini statistik aniqlash hisoblanadi.
t2 – bu davrli sinxronlashni tiklash jarayonining davomiyligidir. U davr sinxrosignalda ishlatiladigan timsollar soniga va davrli sinxronizmni tanlangan usuliga bog‘liq.
t3 – bu vaqt davomida davr sinxronizmni tiklash jarayoni tugagandan so‘ng tiklangan davr sinxronizm haqiqiyligini tekshiradi. Bu vaqt shunday usul bilan tanlanadiki, unda yuzaga keladigan raqamli xatoliklar ehtimolligi juda xam kichik bo‘lishi kerak va bir vaqtning o‘zida davr sinxronizmi tiklanishini tekshirish mumkin bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |