Paxta tolasining tuzilishi va xossalari
Paxta tolasining tuzilishi va kimyoviy xossalari.
Paxta tolasi naychadan iborat bo‘lib, chigitdan ajratilganda
bir uchi uziladi. Tolaning xossalari uning kimyoviy tarkibi
va tuzilishi bilan belgilanadi.
Paxta tolasi quyidagi moddalardan iborat, %:
Seyalyulozalar…………………………………. 97
Pektin moddalar va pentodlar…………………..1,5
Azot va oqsil moddalar ………………………...0,3
Yog‘lar va mum…………………………………..1
Kul moddalari ………………………………….0,2
1.1-расм. Pahta mahsulotlari
Paxta tolasining asosiy moddasi bo‘lgan sellyuloza molekulalari aralashmalar
bilan birga uzunchoq shaklda bo‘lgan makromolekulalarga – fibrillarga birikadi. Ular
bir-biriga birikib uzunchoq jism – paxta tolasini hosil
qiladi. Naycha –tolada kimyoviy elementlar notekis taqsimlangan. Tola sirtida
asosan yoq-mum moddalari yupqa qatlam tarzida joylashib himoya qatlami –
kutikulani hosil qiladi. Keyingi qatlamlar asosan sellyuloza (kletchatka) dan
iborat
bo‘ladi. Uning xossalari paxta tolalarining fizik-mexanik
xossalari ssalarini
belgilaydi.
Paxta — kimyoviy turqun modda. U suv va yoruqlik ta'sirida
uzoq muddat
yemirilmaydi, ishqor hamda kislotalarning kuchsiz eritmalari ta'siriga
yaxshi
chidaydi. Paxta tolasi kislotalar (sul`fat, xlorid va azot kislotalar) ning
kontsentrlangan eritmalarita'sirida, shuningdek quyoshning to‘g‘ri tushgan
nurlari ta'sirida yemiriladi. Kislotalar ta'sirida paxta hatto ko‘mirga aylanadi.