1- amaliy mashg‘ulot: To`qimachilik tоlalarining turlarini. Paxta tolasi va ip xossalari Ishdan maqsad


Download 386.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.10.2023
Hajmi386.53 Kb.
#1702111
  1   2
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot



1- Amaliy mashg‘ulot: To`qimachilik tоlalarining turlarini. Paxta tolasi 
va ip xossalari
Ishdan maqsad: To`qimachilik tоlalarini turlari, tuzilishi va kimyoviy fizik-
mexanik xоssalarini o`rganish. 
Kerakli jihоzlar: Turli xil to`qimachilik tоlalari, "Centexuz" labоratоriya 
jihоzlari.
Labоratоriya ishlarini bajarish tartibi 
1. To`qimachilik tоlalarining turlarini o`rganing va yozing. 
2. Paxta tоlasining tuzilishi va kimyoviy, fizik-mexanik xоssalarini o`rganing. 
3. Kimyoviy tоlalarning tuzilishi va kimyoviy, fizik-mexanik xоssalarini 
o`rganing. 
Mustaqil ta’lim 
1. To`qimachilik sanoatini rivojlanishi. 
2. To`qimachilik sanoatida ishlatiladigan yangi xom-ashyo turlari. 
3. Tabiiy va kimyoviy tolalar haqida ma`lumot. 
Uslubiy кo‘rsatmalar 
To‘qimachilik tolalari 
To‘qimachilik tolasi deb to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga 
yaraydigan, chegaralangan uzunlikdagi, yumshoq, ingichka va mustaxkam jismga 
aytiladi. 
Elementar tola - uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka toladir. 
Kompleks tola (texnik tola) deb uzunligi bo‘yicha bir qancha elementar 
tolalarning birikishiga aytiladi. 
Tabiiy tolalar - tabiatdan (o‘simliklardan, jonivorlardan va ma`danlardan) 
olingan tolalar. 
Kimyoviy tolalar - sun`iy yoki sintetik yuqori molekulali moddalardan olingan 
kompleks iplarni kesish yoki uzish usuli bilan ishlab chiqarilgan tolaga aytiladi. 
Sun`iy tola - tabiiy yuqori molekulali moddalardan olingan kimyoviy tola. 
Sintetik tola - sintetik yuqori molekulali moddalardan olingan kimyoviy tola. 
Sun`iy tolalar tabiiy polimerlardan olinadigan tolalardir. Eng ko‘p tarqalgani viskoza
tolasi - yog‘och tselyulozasidan, polinoz tolasi viskoza modifikatsiyasidir. 
Viskoza o‘rtacha pishiklikga ega bo‘lib, paxta tolasi bilan yaxshi aralashadi. Shu 
bilan birga tola nisbatan uzunroq bo‘lganligi tufayli notekislik pasayadi va uzulish 
kamayadi. 
Viskoza tolasining katta kamchiligi bor. U ham bo‘lsa, viskoza ho‘llanganda 
50% gacha pishiqligini yuqotadi. Bundan tashqari viskoza ipidan to‘qilgan matolar katta 
kirishishga ega. 


Polinoz tolalar yukrri pishiqlikga egadir (30 dan 52 cN/teks gacha). Pishikligi tola 
ho‘llanganda oz miqdorda o‘zgaradi. 
Ishqoriy eritmalar ta`siriga juda chidamli. Shuning uchun polinoz matolarni 
xuddi paxta matolaridek merserizatsiyalash mumkin. Shuni ta`kidlash kerakki, polinoz 
tolalari oddiy viskoza tolalaridan 1,5 marta qimmatdir. 
Tabiiy tolalarga tabiatdagi organik va noorganik moddalardan olinuvchi 
to‘qimachilik tolalari kiradi. Tola deb, uzunligi ko‘ndalang kesimi o‘lchamidan katta 
bo‘lgan, ma’lum darajada egiluvchan, cho‘zilish va pishiqlik xossasiga hamda 
ingichkalikka ega bo‘lgan jism tushuniladi. Tolalar to‘qimachilik tarmog‘ining xom 
ashyosi bo‘lgani uchun, ko‘p hollarda to‘qimachilik tolalari deb yuritiladi. 
Aytilganlarni inobatga olib, tolaga quyidagicha ta’rif beriladi: to‘qimachilik 
mahsulotlari ishlab chiqarishga yaroqli, chegaralangan uzunlikdagi, yumshoq, 
ingichka va ma’lum qayishqoqlik, pishiqlik, cho‘ziluvanlik xususiyatlariga ega 
bo‘lgan jismga aytiladi. Tolalar tashqi tuzilishiga ko‘ra elementar va kompleks 
tolalarga bo‘linadi: uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka tolalar elementar tolalar 
deb ataladi. Uzunligi bo‘yicha bir qancha elementar tolalarning birikmasiga kompleks 
tola deyiladi. Tolalar kelib chiqishiga qarab tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi: 
tabiatdagi o‘simliklardan (paxta, zig‘ir, kanop va hokazolar), jonivorlardan (jun, ipak) 
va ma’danlardan (tosh paxta) olinadigan tolalar tabiiy tolalar deyiladi. Tabiatdagi 
mavjud bo‘lgan moddalarni yoki yuqori molekulali birikmalarni sintez qilish asosida 
olingan tolalar kimyoviy tolalar deyiladi. Kimyoviy tolalar ham o‘z navbatida ikki 
turga bo‘linadi: sun’iy tolalar va sintetik tolalar: tabiatdagi mavjud bo‘lgan 
moddalarni kimyoviy usul bilan qayta ishlash asosida olinadigan tolalar sun’iy tolalar 
deyiladi. Yuqori molekulali birikmalarni kimyoviy usul, bilan sintez qilish asosida 
olinadigan tolalar sintetik tolalar deyiladi. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan 
tolalarni mukammal o‘zlashtirish uchun, uning tasniflanishi nihoyatda katta 
ahamiyatga ega. 
Paxta tolasini viskoza bilan aralashtirib, kuylakbop, kostyumbop, ichki kiyimbop 
matolar, flanel, tibbiyot dokasi ishlab chiqarish mumkin. Paxta va polinoz tolalaridan 
aralashtirib chit, bo‘z, sochiq; tukli, ro‘molbop, astarbop matolar ishlab chiqariladi va 
qo‘llaniladi. Shuningdek trikotaj iplari ham olishda ishlatiladi. 
To‘qimachilik sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulot va ishlatiladigan xom 
ashyo turiga qarab quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: 
1. Paxta tolalarini qayta ishlash; 
2. Jun tolalarini qayta ishlash; 
3. Zig‘ir poyali tolalarni qayta ishlash
4. Tabiiy ipakni qayta ishlash; 
5. Kimyoviy tolalarni qayta ishlash. 
Bu tarmoqlar quyidagi ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi: 
1. Tolalarni dastlabki ishash; 
2. Yigirish; 


3. To‘qish; 
4. Pardozlash; 
5. Tikish. 

Download 386.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling