Videoprotsessorlarning bu quvvatidan oddiy-hisob kitoblarda ham
foydalanish mumkin. Maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot
yordamida
videoprotsessorda 80 xonali (o’nli sanoq sistemasida) aniqlikda matematik hisob
ishlari bajariladi.
Hozirgi paytda videoprotsessor o’rniga PCI Express slotiga o’rnatiladigan,
32 yadroli mikroprotsessorga ega va sekundiga yarim
trilliongacha amal bajara
oladigan bloklar ishlab chiqarilmoqda. Bu bloklar yordamida oddiy kompyuterni
superkompyuterga aylantirish mumkin. Videoprotsessorlarning asosiy parametrlari
bu
uning razryadlari soni, videoxotirasi sig’imi va bir sekundda nechta triangel
(uch o’lchovli tasvirning eng kichik bo’lagi)ni qayta ishlay olishidir.
Amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari.
Berilgan nazariy ma’lumot bilan tanishib chiqiladi va topshiriqlar variantlari
ketma-ket bajariladi va natijalar olinadi.
Kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya –
gigiyena
talablariga amal qilinadi.
Topshiriqlar variantlari (masala, misol, keyslar).
Do'stlaringiz bilan baham: