№1 – Amaliy mashg‘ulot Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Ishning maqsadi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-1-Amaliy Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezkor xotira
Mikroprotsessor boshqacha qilib aytganda markaziy protsessot ingliz tilida
CPU Central Processor Unit. Mikroprotsessor kompyuterning qolgan ichki qurilmalarida bajarilayotgan operatsiyalarni ishlash printsipini boshqaradi. Mikroprotsessor sovutuvchi ya’ni kuller deb yuritiladi. Kullerning vazifasi markaziy protsessorning qizib ketishini oldini oladi va uni sovutadi. Tezkor xotira rus tilida оперативная памят. Tezkor xotira kompyuter tok manbaiga ulanib toki tok manbaidan uzilgunga qadar ma’lumotlarni vaqtincha xotirada saqlovchi qurilma xisoblanadi. Mikroprotsessor tsirkdagi ko’z boylagichga o’xshaydi. Ko’zboylagich turli mo’jizalar ko’rsata oladi, Lekin o’zidan bir necha metr naridagi koptokni ola olmaydi. Ko’zboylagichga o’xshab, mikroprotsessorga ham yordamchi kerak. Bu vazifani tezkor xotira bajaradi. Tezkor xotirada mikroprotsessor uchun dasturlar, ma’lumotlar va hisob-kitob natijalari saqlanadi. Tezkor xotira elektron qurilmalar – tranzistorlardan yasaladi va mikrosxema ko’rinishida bo’ladi. Mikrosxemalarda yasalgan xotiraning qulay tomonlari: o’lchamlari kichik, kam quvvat sarflaydi, sig’imi katta va tez ishlashidir. Tezkor xotira mikrosxemalari ikki xil bo’ladi: dinamik va statik. Statik mikrosxemalarda har bir xotira katakchasi registr ko’rinishida bo’lib, bu registrlarning har biri uchun 6 ta tranzistor ishlatiladi. Bu mikrosxemalar nisbatan tez ishlaydi. Dinamik mikrosxemalarda har bir katakcha ikkita tranzistor yordamida yasaladi, ulardan biri katakchani tanlash uchun kalit vazifasini bajarsa, ikkinchisi mitti kondensator vazifasini bajaradi, kondensatorning zaryadlangan holati 1 ga, zaryadsiz holati 0 ga mos keladi. Bunday mikrosxemalardan yasalgan tezkor xotira nisbatan sekin ishlaydi va ulardagi ma’lumot o’chib ketmasligi uchun ularni bir sekundda bir neche o’n ming marta zaryadlab turish kerak bo’ladi. Bu kamchiliklariga qaramay, ularning sig’imi kattaroq va ularning narxi ancha arzon. Hozirgi paytda tezkor xotiralarning deyarli barchasi dinamik mikrosxemalar asosida ishlab chiqiladi. Tezkor xotiraning asosiy parametrlari ularning sig’imi va tezligi (takt chastotasi) dir. Tezkor xotiraning sig’imi har doim ikkining darajasi ko’rinishidagi songa teng bo’ladi. Bu ularning manzilini aniqlash bilan bog’liq. Hozirgi paytda DIMM, DDR, DDR II va DDR III rusumli tezkor xotiralardan foydalaniladi. DIMM xotiralarning sig’imi 32, 64, 128, 256, 512 MB bo’lishi mumkin, ularning takt chastotasi 66, 100, 133, 166, 200 MGts lardan biriga teng. DDR xotiralarning sig’imi 128, 256, 512, 1024 MB, takt chastotasi 266, 333, 400 MGts bo’lishi mumkin. DDR xotiralarda takt chastota bilan birga ma’lumot uzatish tezligidan ham foydalanila boshlandi. Masalan, DDR 2100 deb takt chastotasi 266 MGts bo’lgan xotira belgilangan. Bu chastotada ishlaydigan xotira bir sekundda 266 MGts * 8 bit q 2100 Megabit axborot uzata oladi. Shu kabi DDR 2700 va DDR 3200 rusumli xotiralar ham bor. DDR II turidagi xotiralar 512, 1024, 2048 MB sig’imli va 4200, 5300, 6400 Mb tezlikda, DDR III turdagi mikrosxemalar 1, 2, 4 GB sig’imli va 11000, 13000, 16000 va 20 000 Mb tezlikda bo’lishi mumkin. DIMM va DDR rusumidagi tezkor xotiralar hozir ishlab chiqarilmaydi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling