1- amaliy mashq`ulot mayzu: gidromexanik jarayonlar
Download 73.22 Kb.
|
ATJQ amal - 1
1- amaliy mashq`ulot mayzu: GIDROMEXANIK JARAYONLAR 1.1. Suyuqliklar va gazlarning asosiy fizik xossalari va o‘lchov birliklari A. Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash tenglamalari 1.1. 1980 yil 1 yanvarda birliklarning xalqaro sistemasi (SI) qabul qilingan. SI tizimining asosiy va qo‘shimcha birliklari mavjud (1.1-jadval). Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari fanida SI sistemasining to‘rtta asosiy birliklaridan foydalaniladi: metr (m), kilogramm (kg), sekund (s) va gradus Kelvin (°K). MKS sistemasining asosiy birliklariga mos keluvchi dastlabki uchta birliklardan barcha hosilaviy mexanik birliklar olinadi, °K asosida esa isssiqlik kattaliklarini o‘lchash uchun hosilaviy birliklari keltirib chiqariladi. 1.1-jadval. SI tizimining asosiy va qo‘shimcha birliklari
SI sistemasining hisoblashlarida tez-tez foydalaniladigan hosilaviy birliklarining ayrimlari va SI sistemasi birliklariga mos keluvchi, MKGSS, SGS sistemalari birliklariga, hamda sistemasiz birliklarga o‘tkazish ko‘paytmasining qiymatlari 1.2-jadvalda keltirilgan [3]. SI tizimining asosiy va qo‘shimcha birliklari o‘zaro nisbatlari va bo‘laklarini belgilovchi old qo‘shimchalar tasdiqlandi. 1.2-jadval. Kattaliklarning o‘lchov birliklari va SI sistemasi birliklariga o‘tkazish ko‘paytmasi qiymatlari
1.2. Zichlik (hajm birligidagi massa): ρ=m/V; [kg/m3] (1.1) bu yerda m - moddaning massasi, kg; V - uning hajmi, m3. Turli sistemalarda zichlik birliklarining o‘zaro bog‘liqligi: 1 kg/m3=0,102 kgk∙s2/m4= 0,001 g/sm3 Toza gazlarning normal sharoitdagi zichligini quyidagi tenglamadan topsa bo‘ladi: ρ0=M/22,4; [kg/m3] (1.2) bu yerda - molekulyar massa, kg/kmol. 1.3. Gazlarning ishchi holatdagi zichligi: ρ=ρ0∙(T0R/TR0); [kg/m3] (1.3) bu yerda T0=273K - normal sharoitdagi temperatura; T - ishchi temperatura; R - ishchi bosim, Pa; T - ishchi temperatura, K; R0=0,1 MPa - atmоsfera bosimi. 1.4. Gaz aralashmasining zichligi: ρap=u1ρ1+u2ρ2+…+unρn (1.4) bu yerda u1, u2, . . . , un - gaz aralashmasi komponentlarining hajmiy ulushi (mol ulushi), kmolA/kmol (A+V); ρ1, ρ2 ... ρn - komponentlarning zichliklari [4]. 1.5. Suyuqlik aralashmasining zichligi (aralashmaning tarkibi fizik-kimyoviy o‘zgarmagan hollarda): (1.5) Bu yerda - aralashma komponentlarining massa ulushi, kgA/kg(A+V); - aralashma komponentlarining zichliklari. 1.6. Suspenziyaning (tarkibida qattiq zarrachalari bo‘lgan suyuqlik) zichligi: (1.6) bu yerda - suspenziyadagi qattiq jismning massa ulushi; ρk va ρ - qattiq jism va suyuqlikning zichliklari. 1.7. Zichlik va solishtirma og‘irlik orasidagi bog‘liqlik: γ=ρg (1.7) bu yerda γ - solishtirma og‘irlik (hajm birligidagi og‘irlik), N/m3; g=9,81 m/s2 - erkin tushish tezlanishi. 1.8. Nisbiy zichlik (modda zichligining suvning zichligiga nisbati): Δ=ρ/ρsuv= γ/γsuv (1.8) 1.9. Zichlikka teskari bo‘lgan kattalik solishtirma hajm deyiladi: v=1/ρ ; [m3/kg] (1.9) 1.10. Dinamik qovushoqlik koeffitsientining (kelgusida shunchaki qovushoqlik deb yuritiladi) o‘lchov birligi: [µ]si=H∙s/m2=kg/m∙s=Pa∙s [µ]sgs=dun∙s/sm2=g/sm∙s=P (Puaz) [µ]mkgss=kgk∙s/m2 (1.10) Hisoblashlarda mikropuaz (1mkP=10-6 P), millipuaz (1mP=10-3 P) va santipuaz (1sP=10-2 P) kabi kichik birliklar ham uchraydi. 1.11. Qovushoqlikning kinematik koeffitsienti: v=µ/ρ; [m2/s] (1.11) 1.12. Gaz aralashmasining qovushoqligi quyidagi formuladan topiladi: Mar/µar=y1M1/µ1+ y2M2/µ2+…+ ynMn/µn (1.12) bu yerda Mar, , , … - aralashma va uning komponentlarining mol massalari; ar, 1, 2, … n - aralashma va uning komponentlarining qovushoqliklari. Gaz aralashmasini kg mol massasini quyidagicha topish mumkin: Mar=y1M1+ y2M2+…+ ynMn (1.13) 1.13. Gazlarning T ishchi temperaturadagi qovushoqligi: µ=µ0(273+C)/(T+C)(T/273)3/2 (1.14) bu yerda 0 - 0 oC dagi qovushoqligi; C - Saterlend doimiysi(ma’lumotnomalardan olinadi); T - ishchi temperatura, K [5]. 1.14. Suyuqlik aralashmalarining qovushoqligi: (1.15) yoki 1/µap=x1/µ1+x2/µ2+…+xn/µn (1.16) 1.15. Suspenziyalarning qovushoqligi [3,4]: a) qattiq jism konsentratsiyasi 10% (hajm) dan kichik bo‘lganda: µc=µ(1+2,5φ) (1.17) v) qattiq jism konsentratsiyasi 30% (hajm) gacha bo‘lganda: µs=(µ·0,59)/(0,77-φ)2) (1.18) bu tenglamalarda - suyuqlikning qovushoqligi; - qattiq fazaning suspenziyadagi hajmiy ulushi. 1.16. Suyuqlikning turli ikki temperaturadagi qovushoqligi aniq bo‘lsa, quyidagi chiziqlilik qoidasi asosida uning har qanday temperaturadagi qovushoqligini topish mumkin: tµ1-tµ2/θµ1-θµ2=K (1.19) bu yerda va - qovushoqligi topiladigan suyuqlikning temperaturalari; va - etalon suyuqlikning qovushoqligi izlanayotgan suyuqlikning 1 va 2 qovushoqliklarga mos keladigan temperaturalari. 1.17. Solishtirma issiqlik sig‘imining (1kg moddani 1K ga istish uchun ketadigan issiqlik miqdori) birligi: [c]=[J/(kg∙K)] 1.18. Eritmalarning solishtirma issiqlik sig‘imini taqriban quydagicha topish mumkin: (1.20) bu yerda c1, c2, …cn - komponentlarning solishtirma issiqlik sig‘imlari; - komponentlarning massa ulushlari. 1.19. Suvli eritmalarning solishtirma issiqlik sig‘imlari (erigan moddaning konsentratsiyasiga bog‘liq holda): a) : x<0,2 (1.21) b) bo‘lganda (1.22) bu yerda csz - suvsiz moddaning solishtirma issiqlik sig‘imi. 1.20. Gazlar uchun issiqlik sig‘imi ikki xil bo‘ladi: o‘zgarmas bosimdagi (hisoblarga ishlatiladi) va o‘zgarmas hajmdagi. Ular orasidagi bog‘liqlik: cp=(8314,4/M)-sv; [J/(kg∙K)] (1.23) bu yerda sv - o‘zgarmas hajmdagi solishtirma issiqlik sig‘imi [6]. 1.21. Issiqlik o‘tkazuvchanlikning o‘lchov birligi: [λ]=[Bm/m∙kg] (1.23) Issiqlik o‘tkazuvchanlikning qiymati ma’lumotnomalarda berilmagan bo‘lsa uni quyidagi tenglamalardan topish mumkin: λ=Acρ(ρ/M) 1/3 (1.25) bu yerda A - suyuqlikning assotsialanish darajasiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient; s - solishtirma issiqlik sig‘imi; - suyuqlikning zichligi; M - molekulyar og‘irlik; A=3,58∙10-8∙m3/kmol-1/3∙s-1 - assotsialangan suyuqliklar (masalan suv) uchun; A=4,22∙10-8∙m3/kmol-1/3∙s-1 - assotsialanmagan suyuqliklar (masalan benzol) uchun. 1.22. Gazlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi[5,6]: λ=Vsvµ (1.26) bu yerda V=0,25·(9k-5); k=sp/sv - adiabat ko‘rsatkichi: sp va sv - gazning o‘zgarmas bosim va hajmdagi solishtirma issiqlik sig‘imi; - gazning dinamik qovushoqlik koeffitsienti. Bir atomli gazlar uchun V=2,5; ikki atomli gazlar uchun V=1,9 va uch atomli gazlar uchun V=1,72 ga teng. h balandlikdagi sathga ega suyuqlik qatlamining og‘irligi bilan aniqlanadi: p=ρgh (2.2) 2) hamma vaqt suyuqlikdan qabul qiluvchi sirtga perpendikulyar yo‘nalgan; 3) suyuqlikning bir xil sathida barcha yo‘nalishlarda uning qiymati bir xil; 4) siquvchi hisoblanadi, ya’ni suyuqlik zarrachasini uni har tomondan o‘rab turgan boshqa zarrachalar siqadi. Suyuqlik ustidagi, ya’ni sirtiga ta’sir qilayotgan bosim р0 bo‘lganda gidrostatik bosim quyidagiga teng bo‘ladi: р = р0 +ρgh (2.3) Bu tenglama tinch turgan suyuqlikning ixtiyoriy nuqtasidagi bosimni topish imkonini beradi. Gidrostatikaning asosiy tenglamasini suyuqlikning biror 0-0 gorizontal sirtdan z1 va z2 masofadagi sathlar uchun yozsak quyidagi ko‘rinishiga keladi (2.1-rasm): z1+ р1/ρg=z2+ р2/ρg (2.4) Tenglamadagi z kattalik ixtiyoriy holda tanglangan taqqoslash tekisligidan qaralayotgan nuqtagacha bo‘lgan balandlik bo‘lib, nivelir balandlik yoki geometrik napor deyiladi va u berilgan nuqtaning tanlangan taqqoslash tekisligi ustidagi holatining solishtirishma potensial energiyasini ifodalaydi. (2.4) tenglamadagi р/ρg had statik yoki pezometrik napor deyiladi va berilgan nuqtadagi bosimning solishtirma potensial energiyasini ifodalaydi. Gidrostatikaning asosiy tenglamasining fizik ma’nosi quyidagicha ta’riflanadi: tinch turgan suyuqlikning har bir nuqtasi uchun nivelir balandlik va statik naporlar yig‘indisi o‘zgarmas kattalikdir. Bu tenglamaning energetik ma’nosi: tinch turgan suyuqlikning har bir nuqtasidagi solishtirma potensial energiya o‘zgarmaydi.
Gidrostatikadan (2.4) ko‘rinishidagi tenglamasidan Paskal qonuni kelib chiqadi:
р1= р2+ρg(z2+z1) (2.5) Paskal qonuniga ko‘ra tinch turgan va siqilmaydigan suyuqlikning har qanday nuqtasida tashqi kuchlar yordamida hosil qilingan bosim, uning butun hajmidagi nuqtalariga bir xilda uzatiladi. B. Misollar Download 73.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling