1-§. Biologiya fani rivojlanishining konseptual asoslari reja
Download 159 Kb.
|
1-mavzu
Biologiya fanining differensiyasi va integratsiyasi.(XIX-XXI asrlar). XIX
asrning birinchi yarmiga kelib,tabiatshunoslikning turli shoxobchalarida tо‘plangan dalillar organik olam qotib qolmaganligini, о‘zgarishini kо‘rsatdi. Biroq ,organik olam evolyutsiyasi haqida yagona nazariya hali yaratilmagan edi. Organik olamdagi о‘zgaruvchanlik e’tirof qilinsa ham nima sababdan, har bir organizm turi о‘zi yashaydigan muhit sharoitiga moslashgan, degan muammo hali о‘z yechimini topmagan edi. Tabiatshunoslik oldida turgan asosiy vazifa, uning turli shoxobchalarida yig’ilgan dalillarni, fikr-mulohazalarni tо‘plash, xulosalash va ular zamirida organik olam evolyutsiyasi haqida yaxlit nazariya ishlab chiqish edi. Shundagina tabiatshunoslik fani sohasida uzoq asrlardan beri hukmronlik qilib kelayotgan notо‘g’ri dunyoqarashlarga xotima berilgan va biologiyaning bundan keyingi rivoji ilmiy asosga yо‘naltirilgan bо‘lar edi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun haddan tashqari sinchkov va keng mantiqqa ega bо‘lgan zukko shaxs zarur edi. Charliz Darvin о‘zining aynan shunday shaxs ekanligini amalda namoyon etdi.Charliz Darvin professor Genslo uning dunyo safariga otlanayotgan «Bigl» kemasiga tabiatshunos sifatida qabul qilinishiga tavsiyanoma berdi. Mazkur kemada Darvin besh yil mobaynida Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining kо‘pgina orollarida, Janubiy Amerikaning sharqiy, g’arbiy qirg’oqlarida, Avstraliya, Afrikaning janubiy о‘lkalarida bо‘ldi. Bu besh yillik safar organik olam evolyutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos bо‘lgan dalillarni tо‘plash imkoniyatini yaratdi va Darvinning kelajagini belgilab berdi. Olim organik olam evolyutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, о‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. U evolyutsiyon ta’limotning asoschisiga aylandi. 1 - rasm.Yadroning hujayrada joylashishi. 1831 - yilda ingliz botanigi R. Broun hujayralarda yadro mavjudligini aniqlaydi. Chex olimi Ya. Purkine 1839 - yilda hujayra tarkibidagi suyuqlikni protoplazma deb atashni taklif etadi. Shunday qilib, XIX asr boshlarida о‘simlik va hayvon organizmlari hujayralardan tashkil topgan degan xulosa vujudga keladi. 1838-1839 - yillarda nemis olimlari: botanik M. Shleyden va zoolog T. Shvann о’sha vaqtgacha fanda tо‘plangan hujayra haqidagi ma’lumotlarga tayanib hujayra nazariyasini yaratdilar. 1848 - yilda nemis botanigi Vilgelm Gofmeystr tradeskansiyada xromosomalar shaklini aniqladi. 1875 - yilda nemis botanigi Eduard Strasburger о‘simlik hujayrasida mitozni kashf qildi. 1859 - yili Rudolf Virxov hujayrasiz hayot yо‘qligini, hujayra faqat avval mavjud hujayralarning kо‘payishidan paydo bо‘lishini isbotlab berdi. Virxov hujayralarning buzilishi natijasida kasalliklar kelib chiqishini asoslab, hujayra patologiyasiga asos soldi. 1876 - yilda Belgiyalik embriolog Eduard Van Beneden va 1888 - yilda nemis sitolog va embriolog olimi Teodor Boveri «hujayra markazini» aniqladi. 1878 - yilda Shleyxer yadroni bо‘linishini kariokinezni aniqladi. 1882 - yilda nemis gistologi va sitologi Flemming Valter hayvon hujayrasida, nemis botanigi Eduard Strasburger о‘simlik hujayrasida xromosomalarni aniqladi. 1882 - yilda esa Strasburger о‘simliklarda amitozni kashf qildi. 1884-yilda Strasburger profaza, metafaza, anafaza terminlarini fanga kiritdi.1884 -yilda Van Beneden meyozni kashf etdi. 1885-yilda nemis anatom va gistolog olimi Valdeyer Vilgelm fanga «xromosoma» terminini kiritdi. 1887-yilda Uitman «sitokinez»ni aniqladi. 1894-yilda nemis patologoanatom va gistolog Karl Benda mitoxondriyani, 1894 - yilda nemis fizolog va gistolog olimi Geydengayn telofaza terminini kiritgan. 1897 - yil Lyoffler va Frosh yilda uy hayvonlarida oqsil kasalligini bakteriyalardan ham mayda о‘lchamdagi parazitlar qо‘zg’atishini aniqladi. 1898 - yilda italyan gistologi Kamilo Golji «Golji apparati»ni aniqladi. Ivan Petrovich 1904 - yil ovqat hazm qilish mexanizmini tekshirishlariga Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan. 1905 - yilda Mur va Former «meyoz» terminini fanga kiritdilar. Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotning asoschisi bо‘lib, noosfera tushunchasini kengaytirdi, ya’ni uning fikricha, noosfera inson mehnati va ilmiy faoliyati ta’sirida о‘zgargan biosferadir deb ta’rifladi. Hozirgi davrda ham biologiya sohasining turli yо‘nalishlarida о‘zbek olimlarining hissalari juda katta va salmoqlidir. Jumladan, akademiklarimizdan Q. Zokirov, A. Muzaffarov kabilar botanika, T. Zoxidov, Muxammadiev, J. Azimovlar zoologiya, Yo.Tо‘raqulov, B.Toshmuxammedovlar biokimyo va endokrinologiya, J. Xamidov hujayra va hujayra injeneriyasi, Zufarov hujayraning kimyoviy tarkibi bо‘yicha, S. Mirahmedov, N. Nazirov, O. Jalilovlar g’о‘za seleksiyasi sohasida, J. Musaev, A. Abdukarimovlar genetika sohasida, akademik I. Abdurahmonov, professorlar Sh. Azimova, R. Muhammedov, O.Odilovalar genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida, akademik K.Sh.Tojiboev О‘zbekiston florasini о‘rganish sohasida katta ilmiy tadqiqot ishlarini о‘z shogirdlari bilan olib bormoqda. Shuningdek О‘.T. Allanazorova О‘zbekiston va MDH davlatlari о‘simliklar qoplamining tarqalish qonuniyatlariga asoslanib, geobotanik xaritasini tuzish sohasida ilmiy izlanishlar olib borib fan rivojiga katta hissa qо‘shganlar va qо‘shib bormoqda. Biologiya - hayot haqidagi fan bо‘lib, yunoncha «bios» - hayot, «logos» -ta’limot (fan) degan ma’noni anglatadi. Biologiya atamasi 1802-yilda fransuz olimi J.B. Lamark va nemis olimi G. R. Treveranus tomonidan fanga kiritilgan. Biologiya hayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari tо‘g’risidagi fandir. Biologiya tekshirish obektiga kо‘ra, bir qancha sohalarga bо‘linadi: Botanika – о‘simliklarning tuzilishi, kо‘payishi, rivojlanishi, tur tarkibi, populyatsiyasi va kelib chiqishi haqidagi umumiy ma’lumotlarni beradi. Zoologiya – hayvonlar haqidagi fan bо‘lib, ularning tuzilishi, kо‘payishi, rivojlanishi, tarqalishi, tur tarkibi, populyatsiyasi, turlararo munosabatlar va hayotiy jarayonlarini о‘rganadi. Anatomiya – organizmlar organlari tuzilishini va о‘ziga xos jihatlarini tadqiq etadigan biologiyaning alohida sohasi sanaladi. Sistematika – о‘simlik va hayvonlarning sistematikasini, tirik organizmlarni sistematikaga solish qonuniyatlarini, sistematik guruhlarning о‘zaro aloqasini va bir-biri bilan о‘zaro umumiy munosabatini о‘rganadi. Ekologiya – tirik organizm bilan muhit omillarining о‘zaro munosabatlarini, populyatsiyalar tarkibi, biotsenozlar, insonning tabiatga bevosita va bilvosita ta’sirini о‘rganadi. Fiziologiya – tirik organizmlar organ va organlar sistemasining funksional jarayonlarini, fiziologik kо’rsatkichlarini о’rganadi. Paleontologiya – tirik organizmlarning qazilma qoldiqlari asosida qadimda yashagan turlar, ularning о‘zaro о‘xshashlik belgilarini о‘rganib, turlarning kelib chiqishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Embriologiya – о‘simlik va hayvonlarning kо‘payishi bosqichlari, embrional taraqqiyot jarayonining turlararo taqqoslash, gistogenez va organogenezni о‘rganadigan sohadir. Biologiyaning ba’zi sohalari boshqa tabiiy fanlar hamkorligida paydo bо‘lgan. Biologik sistemalarda rо‘y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlar haqidagi biofizika, organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlar tо‘g’risidagi biokimyo fanlari shular jumlasiga kiradi. Bionika ham biologiyaning bir yо’nalishi bо‘lib, organizmlar hayot faoliyatining о‘ziga xos jihatlaridan texnik sistemalar yaratishni, biotexnologiya esa tirik organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qо‘llashni maqsad qilib qо‘yadi. Biologiya kompleks fan b‘lib sitologiya, embriologiya, gistologiya, anatomiya, fiziologiya, antropologiya, genetika, evolyutsion ta’limot, ekologiya, paleontologiya, biotexnologiya, zoogeografiya, etologiya va boshqa sohalaridan tashkil topadi. Biologiyaning ilmiy - tadqiqot metodlariga kuzatish, taqqoslash, tarixiy, eksperimental va modellashtirish usullari kiradi. Download 159 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling