1-§. Biologiya fani rivojlanishining konseptual asoslari reja
Download 159 Kb.
|
1-mavzu
1-§. BIOLOGIYA FANI RIVOJLANISHINING KONSEPTUAL ASOSLARI Reja: 1. Biologiyaning rivojlanish bosqichlari . 2. Biologiyaning tadqiqot metodlari. 3. Biologiya fanining dolzarb muammolari. Asosiy tayanch iboralar: botanika, zoologiya, sistematika, ekologiya, fiziologiya, paleontologiya, embriologiya, umumiy biologiya, tafakkur, xotira, tо‘qima, organ, organizm, yog’, uglevod, oqsil, xromosoma, irsiy kasalliklar, gen, nav, zot, genofond, genetik injeneriya va biotexnologiya, allofen organizm. XIX asrda tirik va о‘lik tabiat о‘rtasida fundamental farqlar aniqlangandan va hayot haqidagi tushunchalar shakllangandan sо‘ng, biologiya fan sifatida shakllandi. Tabiat haqidagi qarashlar qadimgi davrlardan boshlab paydo bо‘la boshlagan. Biologiyaning rivojlanish bosqichlarini shartli ravishda quyidagi davrlarga bо‘lish mumkin: 1.Antik davr. 2.О‘rta davr. 3.Uyg’onish davri (XVII asr). 4.Biologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi (XVIII asr). 5.Biologiya fanining diferensiyasi va integratsiyasi.(XIX-XXI asrlar). Biologiya rivojlanish tarixini ramziy ma’noda klassik biologiya va zamonaviy biologiyaga ajratib olishimiz ham mumkin. Klassik biologiyaning rivojlanish bosqichini XX asrgacha belgilab undan to hozirgi kungacha zamonaviy biologiya bosqichi deb qarash mumkin. Antik davr.Tabiatning tuzilishi, unda rо‘y beradigan voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar eramizdan bir necha ming yillar ilgari qadimgi Sharq mamlakatlari : Misr, Xitoy, Hindistonda paydo bо‘lgan. Xususan, donli, sabzavot, mevali daraxtlar ekib о‘stirilgan. Qoramol, ot, qо‘y, echki, eshak, chо‘chqalar boqilgan. Bir о‘rkachli tuya, ohu, mushuk, g’oz, о‘rdak, kaptar, oqqush turlari xonakilashtirilgan. Qadimgi Hindistonda yashovchilar tabiat olov, yer, suv, havo, efirdan tashkil topgan deb hisoblashgan; tabiatdagi yer, suv, havo va olovning о‘zaro kombinatsiyasidan tirik organizmlar, о‘simliklar, hayvonlar paydo bо‘lgan, ular о‘t, shilimshiq modda bilan о‘zaro aralashishi natijasida qon, gо’sht, yog’, suyak, miya hosil bо‘lgan degan fikrni yoqlaganlar. Tirik mavjudotlarda bolalarning ota-onalarga о’xshashligini ta’minlovchi о‘zgarmas irsiy sifatlar mavjud. Bola erkak va ayolning urchish organlarining qо‘shilishidan paydo bо‘ladi. Miloddan oldingi IX - VII asrlarda Xitoyda yozilgan asarlarda tabiatdagi barcha narsalar : suv, olov, yer, metallar bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan moddiy zarrachalardan paydo bо‘lgan, ular о‘z navbatida о‘simliklar, hayvonlar, odamlarning kelib chiqishi uchun asos deb hisoblashgan. Miloddan oldin yashagan xitoyliklar ikki ming yil mobaynida dehqonchilik, qoramolchilik bilan shug’ullanishgan, shu sababli ham Xitoy kо‘pgina madaniy о‘simliklar, xonakilashtirilgan hayvon turlarining vatani sanaladi. Sharq mamlakatlarida miloddan avvalgi davrlarda paydo bо‘lgan о’lik va tirik tabiat tо‘g’risidagi tasavvurlar, tushunchalar keyinchalik qadimgi Yunon va Rim faniga о‘z ta’sirini kо‘rsatgan. Miloddan avvalgi V asrgacha yashagan yunon olimlari tushunchasiga kо‘ra, olam - suv, olov va havodan paydo bо‘lgan. Dastlabki hayvonlar esa suvdan kelib chiqqan. Ular tanasini tangachalar qoplagan. Quruqlikda yashashga о‘tishi bilan esa tangachalar yо’qolgan. Geraklit «tabiat о‘zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi» degan. Yunon olimlaridan Empedokl (490-430) fikriga kо‘ra, barcha о‘lik va tirik tabiat bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan olov, suv, havo, tuproqdan kelib chiqqan. Dastlab hayvonlarning a’zolari, qismlari alohida-alohida paydo bо‘lgan, sо‘ng ,ular «Muhabbat» ta’sirida о‘zaro qо‘shilib, organizmlarni hosil etgan. Organlarning bir-biriga muvofiq qо‘shilishidan normal, nomuvofiq qо‘shilishidan esa anormal organizmlar rivojlangan. Oldingilari urchib nasl qoldirgan, keyingilari esa о‘lib ketgan. Qadimgi Yunonistondagi tabiatshunoslik rivojiga Aristotel (384-322), ayniqsa, katta hissa qо‘shgan. U hayvonlar klassifikatsiyasi asosini yaratgan. Solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarini bayon etgan. U «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlar tanasining qismlari» degan asarlarni yozgan. Aristotelning shogirdlaridan biri Teofrast о‘simliklarning 400 dan ortiq turini о‘rgangan. Ularning tuzilishini, fiziologiyasini, amaliy ahamiyatini tasvirlab bergan. U bir o‘simlik turi boshqa turga aylanishi mumkin, degan fikrni quvvatlagan. Rim olimi Lukretsiy Kar (er.av. 99-55) olam о‘z-о‘zidan paydo bо‘lgan, hayvonlar nam yerdan kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari, keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan о‘zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bо‘lgan, degan. Klavdiy Galen (130-200) tibbiyot asoschilaridan biri bо‘lgan. U qо‘y, it, ayiq va boshqa umurtqali hayvonlarning tuzilishini о‘rgangan. Maymun va odam tana tuzilishi о‘xshashligini e’tirof etgan О‘rta davr, o‘rta asrga kelib, Yevropada fan rivojlanishi tо‘xtadi. Sharqda esa jadal ildiz otib rivojlana bordi. О‘rta Osiyoda yashagan olimlardan Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshunoslik faniga juda katta hissa qо‘shganlar. Abu Rayhon Beruniy fikricha ,tabiat 5 ta element: bо‘shliq, havo, olov, suv, tuproqdan yaratilgan. Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati, axloqi turlicha bо‘lishi faqatgina irsiyat emas, balki atrof-muhit sharoiti ham bog’liq deydi. Beruniy 1116 ta dorini tar’iflaydi. Ulardan 750 tasi o‘simlik, 101 tasi hayvonlardan tayyorlanadi. Beruniy Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron, Afg’onistonda keng tarqalgan о‘simliklar, hayvonlar, ularning ekologiyasi, etiologiyasi, tarqalishi haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) mashhur «Tib qonunlari» asarining muallifidir. Ushbu asarda Abu Ali ibn Sino odam tanasidagi organlarning tuzilishi, funksiyasi, turli kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, oddiy va murakkab dorilar va bu dorilarning organizmga kо‘rsatadigan ta’siri haqida keng ma’lumotlar berib о‘tadi. Insonning salomatligini yaxshilashda tо‘g’ri ovqatlanish, sport bilan shug’ullanish, ya’ni organlarni chiniqtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib о‘tadi. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) buyuk davlat arbobi, shoir bо‘libgina qolmay, yirik tabiatshunos olim hamdir. U о‘zining dunyoga mashhur «Boburnoma» asarida Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning tarixi, xalqlarning turmush tarzi, madaniyati, shuningdek, о‘simliklar va hayvonot olami tо‘g’risida qiziqarli ma’lumotlarni yozib qoldirgan. U о‘zining kuzatuvlari asosida tо‘ti, laylak, tovus, о‘rdak, fil, maymun, delfin, timsoh, kiyik va boshqa hayvonlarning tashqi qiyofasini, hayotiy jarayonlarini tasvirlab beradi. Download 159 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling