1-§. Biologiya fani rivojlanishining konseptual asoslari reja
Download 159 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqqoslash metodi.
- Tarixiy metod .
- Eksperimental yoki tajriba metodi
- Modellashtirish metodi .
Kuzatish metodi. Eng dastlabki metodlardan bо‘lib, biologiya fanining ilk
rivojlanish davrida keng qо‘llanilgan. Uning yordamida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta’riflash mumkin. Kuzatish usuli bugungi kunda ham о‘zining ahamiyatini yо‘qotgan emas. Hozirgi vaqtda u botanika, zoologiya, ekologiya va biologiyaning boshqa kо‘pgina sohalarida keng qо‘llaniladi. Bu metoddan tirik organizmlarni miqdor va sifat kо‘rsatkichlarini ta’riflashda kо‘p foydalaniladi. Taqqoslash metodi. Bu metod-tirik organizmlarning turli sistematik guruhlar, organizmlar, biogeosenozlarning tarkibiy qismlaridagi о‘xshashlik va farqlarini aniqlash yо‘li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan. Bu usul turli hodisalar uchun umumiy hisoblangan qonuniyatlarni ochishga imkon yaratdi. Bu metodlar yordamida olingan ma’lumotlar asosida hujayra nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy о‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni kashf etilgan. Tarixiy metod. Bu metodning biologiyada qо‘llanishi Ch. Darvinning nomi bilan bevosita bog’liq. Bu metod biologiyada chuqur sifatiy о‘zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bо‘lgan omillarni о‘rganadi. Tarixiy usul hayotiy hodisalarni о‘rganishning asosiga aylangan. Chunki bu metod yordamida hozirgi zamon olamini va uning о‘tmishini kо‘rsatuvchi ma’lumotlar asosida tirik tabiatni rivojlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. Mazkur metod yordamida organik dunyoning evolutsion ta’limoti yaratildi. Eksperimental yoki tajriba metodi biologiyada o‘rta asrlarda (Abu Ali ibn Sino) boshlangan bо‘lsa, hozirga davrda esa fizika va kimyo fanlarining ravnaqi tufayli keng qо‘llanila boshlandi. Eksperimental metod orqali tirik tabiatdagi organizmlardagi voqea-hodisalar boshqa metodlarga nisbatan chuqur о‘rganiladi. Modellashtirish metodi. Bu metodning mazmuni tirik tabiatdagi biror voqea-hodisa yoki uning muhim jihatlarini model tarzida qayta tiklab о‘rganishdan iborat. Tasvirli modelni matematik belgilarga aylantirish orqali u tirik tabiatda kelgusida rо‘y beradigan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkonini beradi. Bugungi kunda yuqorida berilgan usullar biologiyaning tegishli sohalarida foydalanib kelinmoqda va ular bir-birini tо‘ldiradi. Download 159 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling