1-§. Biologiya fani rivojlanishining konseptual asoslari reja


Biologiya fanidagi muammolar


Download 159 Kb.
bet5/6
Sana04.04.2023
Hajmi159 Kb.
#1325056
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

Biologiya fanidagi muammolar. Biologiya fanida hali о‘z yechimini topmagan bir qancha muammolar mavjud. Ulardan biri hayotning, ikkinchisi odamning paydo bо‘lishi; uchinchisi tafakkur va xotira qonuniyatlarini bilish maqsadida bosh miya faoliyati mexanizmlarini о‘rganish; tо‘rtinchisi hayvonlar, odamlarning embrional taraqqiyotida genetik axborot tufayli tо‘qima, organlar va organizm rivojlanishini о‘rganish;beshinchisi bir hujayrali va kо‘p hujayrali organizmlaming boshqarish funksiyalarini aniqlash;oltinchisi odam umrini uzaytirish kabi muammolardir.
Biologiya fanining ahamiyati. Hozirgi davrda insoniyat oldida bir qancha
muammolar vujudga kelmoqda. Ulardan biri oziq-ovqat bilan bog’liq muammodir.Jahon aholisining soni yildan yilga kо‘payib bormoqda. XXI asrning boshida sayyoramiz aholisining soni 6 mlrd dan ortib ketdi. Har bir kishi normal hayot kechirishi uchun bir kecha-kunduzda 100-120 gr oqsil iste’mol qilishi zarur. Vaholanki, kо‘pchilik aholining iste’mol qiladigan kunlik oqsili 50-60 gr dan oshmaydi. Inson hayoti uchun zarur bо‘lgan yog’li, uglevodli ozuqalarning yetishmasligi ham sezilmoqda. Binobarin, biologiya fani oldida turgan birinchi vazifa insonlarning oziq-ovqatga bо‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada kоp yillardan beri qоllanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, genetik injeneriya - genlarni sintez qilish, kоchirib o‘tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bоladi. Biologiya fanining ikkinchi muammosi inson salomatligi bilan aloqador. Inson genetikasi sohasida tadqiqot olib borayotgan olimlarning e’tirof etishicha, hozirgi vaqtda odamlarda 5000 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjud. Ular asosan, xromosoma va genlar tuzilishi, funksiyasining оzgarilishi bilan bog’liq. Insonlardagi irsiy kasalliklar genetikasini оrganish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish
nihoyatda muhim sanaladi. Bu muammoni ijobiy hal etish faqat inson genetikasigina emas, shu bilan birga genetik injeneriya va biotexnologiya rivoji bilan uzviy bog’liq. Hozirgi vaqtda eng xavfli tus olayotgan hodisalardan biri,tabiatning tobora kambag’allashib borayotganligidir. Bu ayniqsa,inson faoliyati uchun nihoyatda foydali bоlgan оsimlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligida yaqqol kozga tashlanadi. Faqat Оzbekistonning оzida 400 dan ortiq оsimlik turi, 400 hayvon turining noyobligi buning yorqin dalilidir.
Keyingi vaqtda yangi navlar va zotlarning tarqalishi hisobiga xalq seleksiyasi
tomonidan chiqarilgan, mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan nav va zotlar kamayib, ba’zan esa tamomila yоqolib ketmoqda. Xususan, Yevropada mahalliy hayvonlarning 175 zotidan 115 tasi tamomila yоqolib ketish arafasida turibdi. Demak, biologiya fani oldida turgan muammolardan yana biri yovvoyi, xonakilashtirilgan hayvonlar, madaniy оsimliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Yangi shaharlar, sanoat markazlarining bunyod etilishi ilmiy-texnika taraqqiyoti, qishloq xо’jaligi va shaxsiy hayotda turli kimyoviy moddalardan foydalanish, sanoat, transport va inson chiqindilari tufayli tabiatning ifloslanishi avj olmoqda. Tabiatni muhofaza qilishda qishloq xо’jaligida оz-оzidan bargini tоkadigan g’оza navlarini yaratish, almashlab ekishni joriy etish, parazit va zararkunanda hasharotlar va boshqa organizmlarga qarshi kurashning, shuningdek, suv, havoning ifloslanishi,
tuproq eroziyasi, shо’rlanishning oldini olishning biologik usullarini izlab topish va amaliyotda qоllash nihoyatda dolzarb hisoblanadi.

Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling