Ijorces december


Download 319.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.05.2023
Hajmi319.9 Kb.
#1455314
Bog'liq
012 IJORCES #10



1
International journal of conference series on
education and social sciences. (Online)
December | 2022
(Vol 2. No.8)


2
IJORCES
December | 2022
International journal of conference series on education
and social sciences. (Online)
December 2022
Copyright © 2022
By
All rights reserved.
Available at 
ijorces.org
Published:
ISSN 2717-7076
Bursa
Bursa, Turkey
IJORCES
Science Editor: 
Sari Lindblom
Vice-rector and professor at University of Helsinki
Çorum: Ocerint -International Organization Center of Academic Research
Çorum: Ocerint -International Organization Center of Academic Research


3
International journal of conference series on
education and social sciences. (Online)
December | 2022
(Vol 2. No.8)
Editorial Board Members
Prof. 
Hakan Mete Dogan. Tokat Gaziosmanpasha University, Turkey
Prof. 
Afsun Sujayev, Institute of Additive Chemistry of the ANAS,
Azerbaijan
Prof. 
Nadir Mammadli, Azerbaijan Architecture and Construction
University, Azerbaijan
Prof. 
Munevver Sokmen, Konya Food and Agriculture University,
Turkey
Copyright © 2022


44
IJORCES
December | 2022
SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALARNI KANDIDOZGA QARSHI
HUSUSIYATLARINI O'RGANISHVA TADQIQ ETISH
Abdulaxadova Gulnora Sherali qizi
O'zRFA mikrobiologiya instituti, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent
abdulakhadova.g@gmail.com
Hozirgi kunda dunyo miqyosida Kandidoz kasalligining keng tarqalganligi va uning
terapevtik muolajalarga chidamliligi oshishi tufayli muqobil yondashuvlar talab etilmoqda.
Ulardan biri antifungal faollikka ega probiotiklarni yaratish va ulardan oqilona foydalanishdir.
Probiotik bakteriyalarning zamburug'lar bilan kurashish mexanizmlari kimyoviy
preparatlarga qaraganda boshqacha bo'lishi mumkin. Probiotiklarning asosiy xususiyati,
zamburug'larning ko'payishini oldini oladigan tabiiy sog'lom mikrobiomani tiklashdir.
Probiotiklar patogen zamburug'larni oziqa manbalari uchun biologik faol birikmalar
ishlab chiqarish orqali ingibirlash, bu esa kandidozning o'sishiga va ularning shilliq pardalarga
(kislotalar, bakteriotsinlar , sirt faol moddalar va boshqa ingibitorlar) biriktirilishiga
to'sqinlik qiladi. Sut achituvchi bakteriyalarning bu xususiyatlari juda muhim, chunki
ular odatda terapiyaga chidamli bo'lgan eng xavfli zamburug' infektsiyalarini keltirib
chiqaradigan shartli patogenlarini shakllanishiga to'sqinlik qiladi.
Farmatsevtika sanoatining muvaffaqiyatiga qaramay, antifungal dorilarning assortimenti
va samaradorligi kandidoz bilan muammoni hal qilish uchun yetarli emas. Bundan
tashqari, patogen zamburug'lar tezda ushbu dorilarga qarshilik ko'rsatadi va ularning
yuqori toksikligi klinikada keng qo'llanilishini cheklaydi. Yosh bolalar, qariyalar va
immuniteti pasaygan odamlarda og'iz bo'shlig'ining kandidozi juda keng tarqalgan, ayniqsa,
og'ir yallig'lanish bilan birga keladi. Bu esa sezilarli noqulaylik tug'dirib. hayot sifatiga
sezilarli darajada ko'rsatadi. Mikrobiomaning jiddiy buzilishi sharoitida kandidozning
sepsis, jigar, o't pufagi, oshqozon osti bezi va boshqa ichki organlarning shikastlanishi
kabi hayot uchun xavfli shakllari rivojlanishi mumkin . Kandido'z sepsis bilan bog'liq
o'lim darajasi 70% ga yetadi.
Kandidozining yangi qo'zg'atuvchisi Candida auris barcha ma'lum antifungal dori
vositalarga chidamli bo'lib, zaiflashgan bemorlarda ko'plab o'lim holatlariga olib keladi.
Bugungi kunda ushbu xavfli patogen dunyo bo'ylab muttasil tarqalayotgani va yuzlab
holatlari qayd etilgani tashvishli. Kandidozli bemorlarni davolash uchun antifungal
xususiyatlarga ega probiotiklarni qo'llashda bemorlarning sog'lig'iga zarar yetkazmaslik
uchun juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Zamburug' infektsiyalarini
muvaffaqiyatli davolash antifungal xususiyatlarga ega bo'lgan maxsus probiotiklardan
foydalanishni talab qiladi.
Probiotiklar nafaqat kandidozni davolash uchun, balki, birinchi navbatda, ularning
oldini olish uchun ishlatilishi kerak. Bu antibiotiklar, gormonal dorilar va mikrobiomaga
muqarrar ravishda zarar yetkazadigan, immunitetning buzilishiga olib keladigan boshqa
kuchli dorilar haqida gap ketganda alohida ahamiyatga ega . Bunday kasalliklarning oldini
olish va immunitetni himoya qilish mexanizmlarini qo'llab-quvvatlash uchun probiotiklarni
aholining barcha toifalari vitamin-mineral komplekslari, adaptogenlar va boshqa profilaktika
vositalaridan foydalanish kabi faol qo'llanilishi kerak. Zamburug'larga qarshi faolligi,
mikrobiomani samarali tiklash, immunitet mexanizmlarini tartibga solish va metabolizmga
ijobiy ta'sir ko'rsatish qobiliyatiga qo'shimcha ravishda, probiotiklar vitaminlar,
antioksidantlar va minerallarning ajoyib manbai bo'lib, ularning sog'lig'ini mustahkamlash
uchun muhim bo'lgan xususiyatlar bilan to'ldiradi. Sut achituvchi bakteriyalarni kompleks
qo'llash ovqat hazm qilish tizimini patogen zamburug'lar tomonidan to'plangan toksik


45
International journal of conference series on
education and social sciences. (Online)
December | 2022
(Vol 2. No.8)
birikmalardan samarali tozalash vasog'lomlashtirish salohiyatini to'liqroq amalga oshirish
uchun sharoitlarni optimallashtirish orqali davolash samaradorligini oshiradi

Download 319.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling