Tushuncha deb predmet, hodisalarning muhim va umumiy belgilarini inson ongida yaxlit tarzda aks ettiruvchi tafakkur shakliga aytiladi. Tushunchalarda faqat tashqi obyektiv borliq emas, balki inson


Download 37 Kb.
bet1/14
Sana19.11.2023
Hajmi37 Kb.
#1786396
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
xulosa


Tushuncha deb predmet, hodisalarning muhim va umumiy belgilarini inson ongida yaxlit tarzda aks ettiruvchi tafakkur shakliga aytiladi.Tushunchalarda faqat tashqi obyektiv borliq emas, balki inson, uning ruhiy-subyektiv borlig‘i ham ifodalanadi. Masalan, «imon», «e’tiqod», «vijdon» va b. ana shunday tushunchalardir.
Belgi deb bir predmet, hodisani boshqasidan farq etuvchi va ayni paytda ularning o‘xshashligini ifodalovchi xususiyatlariga aytiladi. Har bir buyum, hodisa o‘ziga xos xususiyat, xossalarga egaki, ular shu orqali boshqalaridan ajratiladi va ayni paytda muayyan jins, sinfga birlashtiriladi. Masalan,muayyan xususiyatlariga ko‘ra demokratik davlatni totalitar davlatdan, ziyolini paxtakordan, falsafani tarixdan va h.k. farqlash bilan bir vaqtda ularni o‘xshash, umumiy belgilari bo‘yicha “davlat”, «moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratuvchi», “ijtimoiy fan” kabi tushunchalarda , umumlashtiramiz.
Ta’riflaniluvchi tushunchaning xarakteriga ko‘ra, ya’ni unda predmet yoki uni ifodalovchi nom (so‘z)ining mazmunining ochilishiga ko‘ra tariflash ikki xil bo‘ladi: nominal va real tariflash.
Tushunchani ifodalovchi so‘zning (nomning) lug‘aviy ma’nosini ochib berishga qaratilgan hamda fanga kiritilayotgan atamaning qay ma’noda qo‘llanishi talabini ifodalovchi mantiqiy usulga nominal ta’rif deb ataladi. Masalan: «Grammatika lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, til qurilishi va uning qonunlari haqidagi fandir». Shuningdek, nominal ta’rif vositasida ma’lum predmetni tasvirlash orqali yangi atama (nomlar)lar ham kiritiladi. Masalan: «Tabiat va jamiyat o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar va ularni hal etish muammosi bilan shug‘ullanuvchi fan sohasi ekologiya deb yuritiladi».
Real ta’riflashda predmetning muhim belgilari ko‘rsatib beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday ta’riflashda predmetning muhim xususiyatlari aniqlanishi asosida u muayyan sinfga kiruvchi boshqa turlardan ajratiladi. Masalan: «Olmosh – bu ot, sifat, son o‘rnida keluvchi mustaqil so‘z turkumidir»,degan ta’rifda olmoshning muhim belgisi ko‘rsatilishi bilan u boshqa so‘z turkumlaridan ajratib olinmoqda.
Ta’riflanuvchi va ta’riflovchi tushunchalarning munosabatiga ko‘ra ta’riflash ikki xil bo‘ladi: aniq va noaniq.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling